1.7- rasm. Inson resurslarini boshqarish xizmatining vazifalari 2. Ana shunday personalni qaysi yo‘l bilan (ishchi va muta-xassislarni tashqaridan jalb etish orqali yoki korxonada mavjud bo‘lgan ishchi kuchidan foydalangan holda) ishga jalb etish.
3.Personalni o‘qitish, malakasini oshirish, qayta tayyorlash uchun qanday o‘rgatuvchan va personalni rivojlantiradigan dasturlar zarur bo‘lishini aniqlash imkonini beradi.
Kompaniya yoki firmaning inson resurslariga qo‘shimcha ehtiyoji ma’lum bo‘lgandan so‘ng personalni tanlash yuzasidan amaliy ishga kirishiladi.
Qisqacha xulosalar
Personalni boshqarish — bu alohida xodim va umuman korxona manfaatlari maqsadida inson salohiyatidan samarali foydalanishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy, psixo-logik, axloqiy va huquqiy munosabatlar tizimidir.
„Personalni boshqarish" fani mehnat munosabatlari va insonning korxonadagi faoliyatini ilmiy tadqiqetib, ushbu ilmiy izlanishlar quyidagi darajalarda olib boriladi: boshqaruv jarayonlari darajasi; korxona darajasi va inson darajasi.
Personalni boshqarish yoki personal menejmenti deyilganda, ham alohida menejerlar, ham umuman butun boshqaruv apparatining faoliyat turlari, eng avvalo boshqaruv faoliyati tizimi tushuniladi.
Xodimlar salohiyatini shakllantirish — bu personal mehnat munosabatlarini personalni boshqarish xizmati tomonidan belgilangan tartib-qoidalar asosida tashkil etishdir.
Boshqaruv nazariyasi va amaliyoti rivojlanishiga Sohibqiron Amir Temur va g‘arb olimlaridan A.Smit, F.Teylor, G.Emerson, A.Fayol, G.Ford va boshqalar o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shganlar.
Personalni boshqarish zamonaviy yo‘nalishlari „inson resurslarini boshqarish" tushunchasini qamrab oladi. Inson resurslarini boshqarish ishlab chiqarishda inson omilini hisobga olishga asoslangan.
? Savol va topshiriqlar „Personalni boshqarish" fanining vujudga kelishi va fan sifatida shakllanishini gapirib bering.
Boshqaruv personali va ishlab chiqarish personali deganda nimani tushunasiz?
Personalni boshqarish qanday tamoyillarga asoslanadi?
Personalni boshqarishning'mohiyati va maqsadlarini tushun-tirib bering?
Xodimlar salohiyatini shakllantirish deganda iimani tushu-nasiz?
Persopalni boshqarish jarayonidagi asosiy ishtirokchi guruhlar xususi0000da nimalarni bilasiz?
Personalni boshqarish va ishlab chiqarish vazifalari o‘rtasida qanday aloqadorlik mavjud?
Mehnat munosabatlari omillarini tushuntirib bering.
Boshqaruv rivojlanishining asosiy bosqichlarini izohlang.