Kishi ijobiy xislat va fazilatlari insonning olijanobligi ekanligiga ishontirish.
Ishontirish tarbiya metodi - talabalar ma’naviy-axloqiy dunyoqa-rashini shakllantirishdagi asosiy metodlaridan biri hisoblanadi. Ishontirish metodida o’qituvchi talabalar ongiga, ruhiga, oriyatiga, irodasi-ga ta’sir etish yo’li bilan ularning xarakteridagi axloqiy intellektual va boshqa ijobiy xislatlarini shakllantiradi, illatlarni kamaytiradi. Salbiy xislatlardan saqlaydi. Ishontirish shakllanayotgan shaxsga umuminso-niy qadriyatlarga, milliy udum va anhanalarga, falsafiy dunyoqarash-ga asoslanib, milliy mafkuraning asl mohiyatini chuqur tushuntirishga tayanadigan metod hisoblanadi.
Bahs-munozaralar uyushtirish. Bunda qutlug’ sanalarni nishonlash bo’yicha, allomalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid qarashlari bo’yicha, kitob va kitob xosiyati haqida; kasb va hunar haqida; hamkorlik - taraqqiyot omili ekanligi xususida; «zukkolik va bilimdonlik-aql oynasi» ekanligi bo’yicha; giyohvandlik, terrorchilik va ularning barkamol avlod tarbiyasiga ta’sirlari to’g’risida, ma’naviy . yetuk va ma’naviy qashshoq insonlarning jamiyatdagi o’rni haqida; «mustaqillik va ilm-fan»; «mustaqillik va ta’lim-tarbiya», «mustaqil-lik va imkoniyat hamda mashuliyat» ruknlaridagi jarayonlar; halol-lik va fidoyilik va h.k. shu kabilar orqali tarbiyaviy tadbirlar amal-ga oshiriladi hamda bahs-munozarani boshqaruvchi mashg’ulotning ma’naviy-axloqiy jihati bo’yicha xulosalarni bayon qiladi.
Talaba-yoshlar ma’naviy-axloqiy kamolotini tahminlashda muno-zaralar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’naviy-axloqiy mavzu-lardagi munozaralar talabalarda muayyan holat, hodisalarga nisba-tan to’g’ri baho berishga, bu borada fikr yuritishga o’rgatish hamda e’tiqodni shakllantirishga xizmat qiladi. Munozara o’y-fikrlarni tar-tibga soladi, talabalarni mustaqil fikrlashga, bahs yuritishni tashkil etishga, o’rtog’ini tinglashga, o’z fikrini ilgari surish va uni obraz-li tarzda himoya qilishga, ayni chog’da o’z xatolarini tan olishga o’rgatadi.
Uchrashuvlar. Bunda quyidagi holatlarda tarbiyaviy tadbirlar o’tkazish maqsadga muvofiq: O’zbekiston Respublikasining mad-hiyasiga bag’ishlab «Adolat mezoni - yetuklik belgisi» mavzusida uchrashuv; «14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan «Vatan - sajdagoh kabi muqaddasdoir» mavzusida O’zbekiston qurolli kuchlarining yetuk mutaxassislari bilan uchrashuv; «l-mart - giyohvandlik va giyohvand moddalar bilan savdo qilishga qarshi kurash kuni» bilan bog’liq uchrashuvlar; «1-oktabr-Xalqaro qariyalar kuni» va «1-oktabr - O’qituvchilar va murabbiylar kuni»ga oid uchrashuvlar; «5-oktabr - Xalqaro o’qituvchilar kuni» va «5-oktabr - Xalqaro shifokorlar kuni»ga bogliq uchrashuvlar; «24-oktabr - Xalqaro BMT kuni»ga oid uchrashuvlar; «4-noyabr - YuNESKO tashkil topgan kun»ga oid uchrashuvlar va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |