1-MAVZU. PEDAGOGIK MAHORATNING ASOSIY KOMPONENTLARI. O‘QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK QOBILIYAT
Mashg`ulot rejasi:
1.Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari.
2. Pedagogik fikrlar taraqqiyotida o‘qituvchi mahorati masalalari.
3.Qobiliyat va pedagogik qobiliyat haqida tushuncha.
4. Pedagogik qobiliyatning turlari va ularning tavsifi.
5.Pedagogik qobiliyatni shakllantirish yo‘llari.
UMUMIY TUSHUNCHA:
Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari. Pedagogik mahorat yaxlit tizim sifatida quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo’ladi:
- pedagog shaxsini insonparvarlik yo’nalishiga ega bo’lishi, uning qiziqishlari, qadriyat yo’nalishlari va ideallarining oliy maqsad-barkamol avlod tarbiyalashga yo’naltirilganligi;
- mutaxassislik fanlari, o’qitish metodikasi, pedagogika-psixologiyadan mukammal bilimga ega bo’lish;
- pedagogik qobiliyatga ega bo’lish (muloqotga moyillik, ishchanlik, kelajakni tasavvur qila olish, kasbiy mustaqillik, sensor axborotlarni tezlik bilan anglash (yuzidan uqib olish);
- pedagogik madaniyat va texnikani egallash, ya’ni o’z-o’zini boshqara olish, o’zaro ta’sir etish va hamkorlikda ishlashni uddalash.
1-rasm. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari
Qobiliyatning psixologik tavsifi. Qobiliyat – odam psixikasining eng muhim hususiyatlaridan biri bo’lib, bu xususiyatlarni xaddan tashqari keng to’ldirish imkoni oqibatida qandaydir bir qobiliyatning nisbiy zaifligi, hattoki shunday bu qobiliyat bilan hammasidan ko’ra bir-biri bilan chambarchas bog’liq faoliyatning muvafaqqiyatli bajarish imkoni aslo yo’q emas.
Qobiliyat bilimdan farq qiladi. Bilim – bu ilmiy mutolaalar natijasidir, qobiliyat esa insonning psixologik va fiziologik tuzilishiga xos bo’lgan xususiyatdir. Qobiliyat bilim olish uchun zaruriy shart-sharoit yaratadi, shu bilan birga, u ma’lum darajada bilim olish mahsulidir. Umumiy va maxsus bilimlarni o’zlashtirish, shuningdek, kasbiy mahoratni egallash jarayonida qobiliyat mukammallashib va rivojlanib boradi.
Qobiliyatga yaqinroq turadigan tushunchalar ko’nikma va malakalardir.
Ko’nikmalar – o’qituvchining kasbiy faoliyati jarayonida hosil qilingan tajriba va bilimlar asosida bajariladigan ishning mukammal usuli.
Malakalar – o’qituvchining ongli faoliyatni bajarishi jarayonida hosil qilingan kasbiy intellektual faoliyatning avtomatlashgan komponentlari yig’indisi.
Qobiliyatlar bilim, ko’nikma va malakalarda aks etmaydi, balki ularni egallash dinamikasida namoyon bo’ladi. Faoliyat uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish jarayonida yuzaga chiqadigan farqlar qobiliyatlar to’g’risida mulohaza yuritish imkonini beradi.
Demak, shaxsniig faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan, bilim ko’nikma va malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo’ladigan individual psixologik xususiyati qobiliyatlar deyiladi. Ushbu xususiyatni aniqlash uchun ba’zi bir omillarni tahlil qilish maqsadga muvofik; a) shaxsning muayyan sifatlari yig’indisi belgilangan vaqt oralig’ida egallagan faoliyati talablariga javob bersa-unda mazkur faoliyatga nisbatan qobiliyati mavjuddir; b) inson shunday holatlarda faoliyat talabiga javob bera olmasa-psixologik sifatlar, ya’ni qobiliyatlar mavjud emasdir (juda zaifdir). Lekin xususiyatli shaxs ko’nikma va malakalarni egallay olmaydi, degan ma’no anglatmaydi, biroq ularni egallash vaqti cho’zilib ketadi, xolos.
Shunday qilib, qobiliyatlar individual psixologik xususiyatlar bo’lishi bilan birga: a) ularni shaxslarning mavjud boshqa xusu-iyatlariga, aqliy sifatlarga, xotira xislatlarga xarakter fazilatlariga, hissiy kechinmalariga va boshqalarga qarama-qarshi qo’yish mumkin emas; b) shuningdek, qobiliyatlarni shaxsning mazkur xususiyatlari bilan qatorga qo’yish, ularni ayniylashtirnsh ham nuqsonlarni keltirib chiqaradi. Shuni ta’kidlash joizki, mulohaza bildirilgan sifatlardan ba’zi biri yoki ularning yig’indisi faoliyat talablariga javob bera olsa yoki ularning ta’sirida vujudga kelsa, u holda shaxsning mazkur individual xususiyatlarini qobiliyatlar deb atash imkoniyati tug’iladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |