1-mavzu:
Pedagogik konfliktologiyaning mohiyati, ob’ekti, predmeti, maqsadi,
vazifalari va fan sifatida paydo bo‘lishi
Reja:
1.
Pedagogik konfliktologiya fanining maqsad va vazifalari.
2.
Pedagogik konfliktologiyaning ilmiy asoslari.
3.
Pedagogik konfliktologiya fanining ilmiy-tadqiqot metodlari.
Tayanch so’z va iboralar:
pedagogik konfliktologiya, konflikt, ilmiy-
tadqiqot metodlari, konflikt turlari, ijtimoiy konflikt, pedagogik konflikt
ADABIYoTLAR:
1.
Ahmedova M.T.Pedagogikkonfliktologiya. –T.: Adabiyot uchqunlari, 2017. -
320 b.
2.
AnsupovA.Ya. Osnovыkonfliktologii. –M.: 1998;
3.
To‘ychieva G.U., Asadova E. Yoshlar va konfliktlar yechimi. Manual. –T.:
2008.
4.
Azizxo‘jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – Toshkent:
Nizomiy nomidagi TDPU, 2006.
5.
Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Darslik. N.T.Omonov,
N.X.Xojaev, S.A.Madiyarova, Ye.I.Eshkulov. T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2009.
6.
Xoliqov A. Pedagogik mahorat. – T.: IQTISOD-MOLIYA, 2011.
7.
Hikmatnoma. //To‘plovchi N.Eshonqulov. Toshkent: Cho‘lpon, 1992.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov
ta’kidlaganidek, “Uzoq va yaqin tarixiy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, har qanday
nizoga befarq bo‘lmaslik kerak. Doimo ogoh bo‘lish, kelishmovchiliklarning oldini
olish hayotda va jamiyatda muvozanat va rivojlanishni ta’minlaydi”.
1
Hayot konfliktlarga to‘la. Insonning jamiyatdagi yashash tarzini turli
ziddiyatlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Turli nizo va ziddiyatlar bilan umr
davomida, har qanday yoshda, har qanday joyda, har qanday vaziyatda to‘qnash
kelish mumkin. Konfliktlar uyda, maktabda, ko‘chada, o‘quvchilar orasida, ota-
onalar va farzandlar, xodim va uning rahbariyati orasida, jamoa a’zolari o‘rtasida
sodir bo‘lishi mumkin. Konfliktlar, odatda, ko‘p vaqt odamlar birga bo‘ladigan
hollarda, ya’ni ular uzoq muddat bir-birlari bilan va ruhiy muloqotda bo‘ladigan
hollarda, ular ma’lum muddat o‘zaro birga bo‘lishga majbur bo‘lgan paytlarida
ko‘proq sodir bo‘ladi.
Hech bir inson o‘zini konfliktlardan doimiy muhofaza qilinganman deb
hisoblay olmaydi. Chunki konfliktlar ba’zan qo‘qqisdan, hech kutilmagan holda
vujudga kelishi hamda inson hayot tarzini tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin.
1
И.А.Каримов. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида. –Т.: Ўзбекистон, 1997. 23-24 бетлар.
Konflikt har bir inson hayotining ajralmas qismi bo‘lib, hech bir inson
konfliktlardan o‘zini “kafolatlanganman” deb ishonch bilan ayta olmaydi. Har
birimiz bolalik davrlarimizdan konfliktli vaziyatlarga tushamiz va bu holatlardan
chiqib ketish yo‘llarini, usullarini qidiramiz. Shu nuqtai nazardan qaraganda,
konflikt ijtimoiy hodisa hisoblanadi. Chunki u ko‘pchilik insonlarning kundalik
turmush tarziga oid voqea va hodisalarni qamrab oladi hamda konflikt rivojidan
har bir inson, yaqin qarindoshlar, mehnat jamoasi o‘rtasidagi tinch va totuvlikka
asoslangan osuda hayot tarzi zarar ko‘rishi mumkin.
Ulg‘ayganimiz sari konfliktli voqea, hodisalar o‘z kuchi va ta’sirini ham
kuchaytirib boradi. Ammo biz konflikt nimaligini bilamizmi?! Har doim ham
konfliktli vaziyatga tushib qolganda o‘zimizni to‘g‘ri tutamizmi? Konflikt bizning
hayotimiz uchun tahdid ko‘rsatadimi? Konfliktning o‘z ichki tabiati qanday?
Konfliktdan qanday qutilish ya’ni undan qanday chiqib ketish kerak? Ziddiyat
qanday qonuniyatlar asosida rivojlanadi? Nizoni rivojlantiruvchi omillarni oldindan
bartaraf etsa bo‘ladimi? Inson ziddiyatlarsiz yashashga o‘rganishi mumkinmi?! kabi
savollar butun bir vujudimizni qurshab oladi.
Konfliktologiya, yoki konfliktlar yechimi sohasi yangi rivojlanib kelayotgan
va taraqqiy etayotgan fan sohalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Shu bois,
konfliktologiya sohasining nazariy asoslari, uning milliy xususiyatlari, ijtimoiy
o‘ziga xosliklari, konfliktlarning jamiyat hayoti bilan aloqadorligi, shaxslararo
konfliktlar, konfliktlarning huquqiy aspektlari, mehnat jamoasidagi konfliktlar
masalalari
ko‘pchilik
tadqiqotchilarni
qiziqtiradi.
Ko‘rinib
turibdiki,
konfliktologiyaning o‘z ichki yo‘nalishlari ko‘p. Konfliktologik kayfiyat va
xususiyatlarni o‘rganish jamiyatdagi inqirozlarning kelib chiqishi va ijtimoiy
to‘qnashuvlarning oldini olishga ko‘mak beradi. Ammo bu sohadagi tadqiqotlar
unchalik ko‘p bo‘lmay, mazkur qo‘llanmani yozishda konfliktologiya asoslari
bo‘yicha ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi ba’zi ma’lum manbalarga tayanildi.
AQShning bir necha universitetlari qoshida konflikt yechimlarini o‘rganishga
yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqot markazlari faoliyat olib boradi. Mayamida
tashkil etilgan “Tinchlik ta’limi tadqiqotlari markazi”
ana shunday tashkilotlardan hisoblanadi. Rossiya Fanlar Akademiyasi Sotsiologiya
instituti qoshida ham “Konfliktologik tadqiqotlar markazi” ish olib boradi. Ushbu
markazlar asosan konfliktli vaziyatlarni oldini olish chora-tadbirlarini ishlab
chiqish bilan shug‘ullanadilar.
Konflikt o‘zi nima? “Konflikt” atamasi “Nizo” tushunchasining dastlabki
ekvivalenti sanaladi. Bu fan o‘rganuvchi ob’ektlar nimalardan iborat? Konfliktlarni
kelib chiqishini, sabab va oqibatlarini o‘rganuvchi fan
Do'stlaringiz bilan baham: |