Mustahkamlash uchun “Keys” topshiriqlari:
1-vaziyat. Ota-onalar ko‘pincha bolalarning mujmal nutqlariga haddan tashqari yuqori baho berib, ularni vunderkind, deb aytadilar. Abdulazizga onasi: “Uzoqqa qochib ketma!” desa, Abdulaziz: “Xavotir olmang, oyi, men qochib ketaman va qaytib kelaman!” deb javob beradi.
Muammo: Bunday hodisa nima bilan bog‘liq?
2-vaziyat. Ota-onalar bolalari bilan muloqot paytida ko‘pincha ularni boshqa bolalar bilan taqqoslaydilar. Shirinning onasi, o‘z qizining xulqidan xursand, ko‘pincha u: “Sen borgan sari aqlli bo‘layapsan. Sen hammadan ham yaxshisan”, “Sen eng chiroylisan”, -deydi. Dilnozaning onasi esa qiziga “Hamma bolalar ham bola, faqat sen mening tentagimsan”, “Qaragin, Dilfuza qanday aqlli qiz. U hamma ishni eplaydi, senda esa, hech nima chiqmaydi”, kabi jumlalarni ishlatadi.
Muammo:
1. Ikkala ona ham o‘z bolalariga yaxshilik istaydilar, lekin ularning aysinisi tarbiyada yaxshiro natijaga ega bo‘ladi?
2. Bolalarning xulqini “loyihalash” yo‘nalishi onalarning shaxsiy xususiyatlariga bog‘liqmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |