1-Mavzu. Pedagogik dasturiy vositalar haqida tushuncha Reja


Pedagogik dasturiy vositalar yaratishda o’quvchilarning psixofiziologik hususiyatlarini hisobga olish



Download 1,66 Mb.
bet19/25
Sana20.03.2022
Hajmi1,66 Mb.
#502497
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
Bog'liq
Pedagogik dasturiy vositalar haqida tushuncha.

Pedagogik dasturiy vositalar yaratishda o’quvchilarning psixofiziologik hususiyatlarini hisobga olish

«Pedagogik ergonomika fan va texnika yutuqlarini qo’llash asosida pedagogik jarayonni o’rganishga qaratilgan ijtimoiy faoliyatning alohida shakli hisoblanadi. Shu ma‘noda pedagogik ergonomika faqat pedagogika va psixologiya sohasidagi yangiliklarga asoslanmasdan, balki tibbiyot, mehnat gigienasi, muhandislik psixologiyasi, dizayn hamda qator texnik fanlar yutuqlaridan ham foydalanadi». PDVlarni yaratishda ob‘ektlarni ergonomik loyihalashning ahamiyati katta. Ob‘ekt sifatida ekrandagi tasvirlar, ularni uzatish usullari, ekrandagi shartli belgilarning tushunarli bo’lishi hamda joylashishi, o’quvchi bilan kompyuter orasidagi muloqot usullari va hokazolar tushuniladi. Bunday xatti-harakat qulayliklarini yaratish uchun ergonomika yutuqlariga tayaniladi. «Ergonomika ijtimoiy, tabiiy va texnik fanlar sintezida shakllangan fan hisoblanadi» Bu qulayliklarning umumlashgan natijasi ushbu ergonomik talablardan kelib chiqib baholanadi: o’quvchining ishga qiziqish bilan kirishib, belgilangan faoliyatni o’z xohishi bilan bajarishi; mazmuniy qiyinchiliklarni yengib o’tishi hamda ularni yengganligidan qoniqishi; o’quvchi tomonidan texnik ko’rinishdagi qiyinchiliklarga sarflanadigan xatti-harakatlarni kamaytirish. Zotan, insonning ishchanligini ishchanlikka ta‘sir qila olish omili — organizmning energiya bazasi, fiziologik xususiyatlar — qo’zg’alish va tormozlanish, psixologik xususiyatlar — faoliyat usullarini puxta o’zlashtirish darajasi va shu kabilarni o’rganish yo’li bilan asoslash mumkin. Ergonomik tadqiqotlarning maqsadi insonning fizik va psixologik imkoniyatlari, uning estetik didi va boshqa sifatlarini texnik vosita parametrlari bilan muvofiqlashtirishdan iborat.


Ekrandagi tasvirlarning rangiga qo’yiladigan talablar. PDVda turli rangdan foydalanish ma‘lumot tarkibini ajratishda, uning o’qilishini qulaylashtirishda, muhim ma‘lumotlarni ajratib ko’rsatishda katta imkoniyatlar yaratadi. Ranglarni tanlash va ularni muvofiqlashtirish tanlangan kompyuterning imkoniyatlari bilan belgilanadi. Ranglarning to’g’ri tanlanishi o’quvchilarning aqliy faoliyatiga, ishlash qobiliyatiga va ishining samaradorligiga katta ta‘sir ko’rsatadi. Shuning uchun ekranda tasvirlanayotgan belgilarning rangi, fon rangini tanlashda o’quvchilarning ko’rish imkoniyatlari chegaralarini inobatga olish, ko’zni toliqtiruvchi holatlarning oldini olish lozim.
Ekran rangi juda yorqin bo’lmasligi lozim, uni keragidan ortiq «bezash» kerak emas. Undagi ma‘lumotlar o’quvchining diqqatini asosiy qismga jalb etishga yordam berishi lozim. Masalan, ravshan, yarqiragan yoki qizil rangdan katta hajmdagi matnlarni yozishda foydalanish tavsiya qilinmaydi, chunki ko’z oq va yashil rangni toliqishsiz qabul qiladi, qizil va yorqin ranglar esa ko’zni toliqtiradi. Matnni ko’rsatishda foydalaniladigan ranglar soni uchtadan ortmagani ma‘qul.
Yorqin, o’tkir ranglar hissiy qo’zg’atuvchi sifatida displey fonida qisqa vaqt ishlatilishi mumkin. Masalan, qizil rangni xatoni ko’rsatuvchi yoki man qiluvchi, yashil rangni esa rag’batlantiruvchi yoki harakatga undovchi belgi sifatida ishlatish mumkin. Ekranda qora rangli ob‘ektlar soni iloji boricha kamaytirilishi ma‘qul hisoblanadi.

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish