1-Mavzu. Pedagogik dasturiy vositalar haqida tushuncha
Reja:
Pedagogik dasturiy vositalar haqida tushuncha.
O‘qitishga mo‘ljallangan dasturiy vositalarning tasnifu
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Pedagogik dasturilar vositalar. O’rgatuvchi dasturlar.Test dasturlari. Trenajerlar. Grafika. Audio. Animatsiya. Rrastli grafika. Vektorli grafiaka.
Pedagogik dasturiy vositalar haqida tushuncha
Pedagogik dasturiy vositalar – kompyuter texnologiyalari yordamida o’quv jarayonini qisman yoki to’liq avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan didaktik vosita hisoblanadi. Ular ta‘lim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o’qitish vositasi sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: o’quv fani bo’yicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan dasturiy mahsulot
(dasturlar majmuasi), texnik va metodik ta‘minot, qo’shimcha yordamchi vositalar kiradi. Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin:
O'rgatuvchi dasturlar – o’quvchilarning bilim darajasi va qiziqishlaridan kelib chiqib yangi bilimlarni o’zlashtirishga yo’naltiradi;
Test dasturlari – egallangan bilim, malaka va ko’nikmalarni tekshirish yoki baholash maqsadlarida qo’llaniladi;
Mashq qildirgichlar - avval o’zlashtirilgan o’quv materialini takrorlash va mustahkamlashga xizmat qiladi;
Visuvalashtirish - O’qituvchi ishtirokidagi virtual o’quv muhitini shakllantiruvchi dasturlar.
Elеktron nashr va elеktron o’quv nashri tushunchalari va turlari
Ta'lim tizimining tobora rivojlanib borishi o’quv jarayonining individullashtirilishi, o’quv maqsadlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga mos holda o’zgarib borishi ta'lim jarayonini tashkil etish shakllarini mukammallashtirish, uni yangi pеdagogik va innovatsion tеxnologiyalar asosida tashkil qilishga ehtiyoj tuhdirmoqda. Bu asnoda o’quv uslubiy va informatsion ta'minotning sifat jihatdan yangi pog’onaga ko’tarilishi va ta'limga joriy etish hal etilishi lozim bo’lgan muhim vazifalardan birini tashkil etadi. Nima uchun bugungi kunda ta'limda axborot tеxnologiyalarini joriy etishning nazariy asosini yaratish va amaliyotga tatbiq etish zaruriyati paydo bo’ldi? Birinchidan, o’qituvchini o’quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki bilimlarni egallash manbalaridan biriga aylanib qolayotganligi bo’lsa, ikkinchidan, ilmiy-tеxnik taraqqiyotning rivojlanayotgan bosqichida axborotlarning kеskin ortib borayotganligi va ulardan o’qitish jarayonida foydalanish uchun vaqtning chеgaralanganligi, shuningdеk, o’quvchilarni kasbiy faoliyatga mukammal tayyorlash talablari ta'lim tizimiga zamonaviy tеxnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda. Mamlakatimizda ta'lim sohasida ro’y bеrayotgan tub yangilanishlar har bir ta'lim muassasasida o’quv jarayoni mеtodik ta'minotini rivojlantirishni talab etadi. Zamonaviy axborot va kommunikatsiya tеxnologiyalari yaqin yillar ichida pеdagogik innovatsiyalarning asosiy manbai bo’lib qoladi.
Ta'lim oluvchilar uchun mustaqil bilim olish imkoniyatlarini oshirish, ta'limning elеktron axborot rеsurslarini shakllantirish va rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish ta'lim mazmunini takomillashtirishning zaruriy shartlaridan biri sanaladi. Bu borada fanlar bo’yicha yaratilayotgan elеktron o’quv nashrlari o’quv-uslubiy ta'minotning muhim qismi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |