1-mavzu: Pedagog ma’suliyati reja: Pedagogik muloqot madaniyati 2



Download 389,65 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana30.03.2022
Hajmi389,65 Kb.
#519340
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
0sBGwfPU7Bghj3jvMeNbdcvoaoHGy84MW9AwLKUM



1-mavzu: Pedagog ma’suliyati 
REJA: 
1.
 
Pedagogik muloqot madaniyati
 
2.
 
Pedagogning emotsional holati
 
Tayanch so‘zlar: 
muloqot, madaniyat, emotsiya, stress, jarayon, intellektual 
Mustaqillikdan keyin amalga oshirilayotgan ta‟lim tizimidagi islohotlar 
tufayli ulkan o„zgarishlar ro„y bermoqda. Odamlarning ongi, dunyoqarashi 
o„zgardi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va 
ma‟naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs 
sifatida namoyon bo„lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning 
amalga oshirilishida, har bir fuqaroning bilim olishida, ijodiy qobiliyatini 
shakllantirishda, intellektual jihatdan rivojlantirishda o„qituvchining muloqot 
madaniyati va muomalasi muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ta‟kidlash joizki, 
pedagogik kasbga nisbatan talab va javobgarlik ham kuchaydi, o„qituvchilarning 
jamiyat oldidagi vazifalari yanada oshdi. Buyuk ma‟naviyatimizni tiklash va 
yanada yuksaltirish, milliy ta‟lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy 
zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg„unlashtirish, uni jahon 
andozalari darajasiga chiqarish, o„quvchilarda mustaqil va erkin fikr yuritish 
ko„nikmalarini hosil qilish kabi vazifalarga javobgarlik hissi o„qituvchilar 
zimmasiga yuklatildi. 
Ma‟lumki, har qanday pedagogik texnologiya ta‟limning yangi loyihasi 
rivojlantirvchi ta‟lim tamoyillariga asoslangan bo„lib, o„quvchi shaxsiga 
yo„naltirilmog„i kerak. Ilg„or pedagogik texnologiyaning markazida esa ta‟lim 
jarayonining rahbari hamda shu jarayonning sub‟ekti-yu ob‟ekti bo„lgan o„qituvchi 
va o„quvchi turadi. Shunday ekan, bu ikki shaxsning hamkorligi, o„zaro muloqoti, 
bir-biriga ko„rsatadigan ta‟siri eng zamonaviy va milliy talablar asosida tashkil 
topishi lozim. Buning uchun birinchi navbatda, o„qituvchi ta‟lim-tarbiya jarayoni 
oldiga qo„yilgan talablar, ta‟limni tashkil etish va boshqarish prinsplari hamda 
yo„llari, o„quvchini aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantirish usullari, u bilan 


hamkorlik qilish, uni o„qishga, o„rganishga yo„naltirish, o„quvchi shaxsi faoliyatini 
to„g„ri 
tashkil 
etish, 
ular 
bilan 
muloqotga 
kirishish, 
muammo 
va 
kelishmovchiliklarni bartaraf etish, sinfda ijodiy, ishchan muhitni vujudga 
keltirish, o„quvchi faoliyatini aniq va to„g„ri baholash metodlari bilan qurollangan 
bo„lishi lozim. O„qituvchining o„quvchi bilan muloqoti pedagogik xarakterdagi 
muloqot bo„lishi, aniq pedagogik vazifani bajarishga yo„naltirilishi kerak. 
Jumladan: optimal, yaxlit, qulay o‟quv muhitini, ruhiy vaziyatni, o„quv faoliyatini 
optimallashtirish, o„qituvchi va o„quvchilar orasidagi munosabatni tashkil etish va 
shakllantirish nazarda tutiladi. O„qituvchi va o„quvchi orasidagi munosabat 
insonparvarlik mezonlari asosida tashkil etilib, noxush hissiyotlarni bartaraf 
etishga yo„naltirilmog„i lozim. Bu esa o„zaro pedagogik ta‟sirni tashkil etish 
uchun aloqa vositasi, “ko„prik” ni vujudga keltiradi. Boshqa bir tomondan olib 
qaraganda, pedagogik muloqotning tarkibiy qismi bo„lgan kommunikativ 
faoliyatni quyidagi sxema asosida tatbiq etish mumkin: pedagogik jarayonni 
modellashtish, sinf bilan muloqotga kirishish, bevosita muloqotni (kommunikativ 
hujumkorlikni) tashkil etish, rivojlantiruvchi pedagogik jarayonda muloqotni 
boshqarishni tashkil etish, ko„zda tutilgan faoliyatni amalga oshirish davomida 
muloqot tizimini modellashtirish. Ta‟lim-tarbiya ishini tashkil etishda o„qituvchi 
va o„quvchi orasidagi o„zaro munosabat va muloqotning turli yo„llari (stillari) 
mavjud. Ularni quyidagilarga o„qituvchining o„quvchilar jamoasiga nisbatan 
barqaror-ijobiy, sust-ijobiy hamda beqaror munosabatlariga ajratish mumkin. 

Download 389,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish