VII. Yakuniy qoidalar
73. SO rasmiylashtirilgan, bekor qilingan, to‘xtatilgan muvofiqlik sertifikatlarini, shuningdek sertifikat berish rad etilgan holatlarini hisobini olib boradi, shuningdek, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har oyda “O‘zstandart” agentligiga taqdim etadi.
74. “O‘zstandart” agentligi zarur hollarda SO lardan sertifikatlashtirish materiallarini (hujjatlar) so‘rab olishi mumkin.
75. Muvofiqlik sertifikatida ko‘rsatilgan ma’lumotlarning haqqoniyligiga, sertifikatlashtirish muddatlari va qoidalarining buzilishiga javobgarlik SO zimmasiga yuklatiladi.
76. Ushbu Qoidalar talablarini buzgan aybdor shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |