VI. Appelatsiyalarni ko‘rib chiqish
70. Manfaatdor tomonlar sertifikatlashtirish natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda “O‘zstandart” agentligining Appelatsiya kengashiga yoki bevosita sudga murojaat qilishga haqli.
71. “O‘zstandart” agentligining Appelatsiya kengashi sertifikatlashtirish organining va sinov laboratoriyalari (markazlari) ning qarorlariga nisbatan noroziliklarni ko‘rib chiqadi. Appelatsiyalar O‘z SMT protseduralarida belgilangan tartibga muvofiq ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.
72. “O‘zstandart” Agentligi, Appelatsiya kengashining qarori bo‘yicha qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat etilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |