3. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish, Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari;
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha “Harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi Farmonida olib borilayotgan isloxotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning xar tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha soxalarini liberallashtirish bo'yicha ustuvor yo'nalishlarni amalga oshirish maqsadida 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi tasdiklandi . Ushbu Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo'nalishlari aloxida muxim o'rin egallaydi.
Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning asosida albatta tarkiby o'zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobidan uning raqobatdoshligini oshirish masalasi turadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o'zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doyr loyixalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish borasida bajarilayotgan ishlar aloxida e'tiborga loyiq.
2016 yilda iqtisodiyotga 16,6 milliard AQSh dollaridan ko'p investitsiya kiritildi, bu 2015 yilga nisbatan 9,6 foizga ko'pdir. O'zlashtirilgan chet el investitsiya va kreditlari xajmi esa 11,3 foizga o'sib, 3,7 milliard dollardan ziyod bo'ldi.
2016 yilda Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 5,2 milliard dollarlik 164ta yirik ishlab chiqarish ob'ekti ishga tushirildi. Jumladan, Talimarjon IESda 450 MVt quvvatli ikkita bug'-gaz turbinasi va Angren IESda ko'mir kukunidan foydalanishga mo'ljallangan 130-150 MVt quvvatli energiya bloki qurish, Jizzax viloyatidagi sement zavodi quvvatini kengaytirish, “Indorama Qo'qon tekstilь” xorijiy korxonasi va “Fanteks” MChJda yigiruv ishlarini tashkil etish, “GM O'bekiston” aktsiyadorlik jamiyatida «T-250» ruso'midagi yengil avtomobillar ishlab chikarishni tashkil qilish», shu bilan birga, «Sirdaryo viloyatidagi «Guliston Med Texnika» qo'ushma korxonasida steril shpritslar ishlab chiqarish» va boshqa loyixalar shular jumlasidandir .
2017-2021 yillarda O'bekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturida tarkibiy o'zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish xisobidan uning raqobatdoshligini oshirish yo'nalishida korxonalarning mablag'lari, O'zTTJ, tijorat banklari kredita, xorijiy investitsiya va kreditlar xisobidan 2017-2021 yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSh dollari miqdoridagi 649 ta investitsiya loyixasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlari amalga oshiriladi.
Natijada kelgusi 5 yilda sanoat maxsulotini ishlab chiqarish 1,5 barobar, uning yalpi ichki maxsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizga, qayta ishlash tarmog'i ulushi 80 foizdan 85 foizga oshadi. 2017 yilda 75 dan ortiq yangi turdagi raqobatdosh tayyor maxxsulotlar o'zlashtiriladi.
2017 yilda umumiy qiymati 1 milliard dollarlik 145 ta ishlab chiqarish quvvatini foydalanishga topshirish, shu jumladan:
- meva-sabzavot va go'sht-sut maxsulotlarini qayta ishlash soxasida 147 million dollarlik 63 ta loyixa;
- rangli va qimmatbaxo metallarni chuqur qayta ishlash bo'yicha 217 million dollorlik 6 ta loyixa;
- kimyoviy xom ashyolarni chuqur kayta ishlash bo'yicha 25 million dollarlik 2 ta loyixa;
- uglevodorod xom ashyolarini kayta ishlashni chuqurlashtirish bo'yicha 342 million dollarlik 6 ta loyixa;
- tayyor charm-poyabzal maxsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish bo'yicha 6 million dollarlik 9 ta loyixa;
Do'stlaringiz bilan baham: |