2. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish. Qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenta Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevralda qabul qilgan “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi farmonida davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo'naltirilgan demokratik islohotlar va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning rolini yanada kuchaytirishga, davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish masalalariga ustuvor axamiyat qaratilgani ayniksa e'tiborga molik. Bu tarixiy xujjatda mamlakatning yaqin istiqboldagi rivojlanish yo'nalishlari belgilab berildi. “Iktisodiyotda davlat ishtirokini strategik asoslangan darajada qisqartarish, xususiy mulkni yanada rivojlantirish va uni himoya qilishga doyr kompleks masalalarni xal etish, hukumat, davlat boshqaruvi organlari va barcha darajadagi hokimliklar uchun eng muxim ustuvor vazifa sifatida belgilanadi” .
Davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirishda, davlat hokimiyati tuzilmalari (parlament, prezident, hukumat) o'rtasidagi munosabatlarning samarali tashkiliy va huquqiy mexanizmlarini yaratishda so'nggi yillarda konstitutsiyaviy qonunchilikka joriy qilingan yangi institutlar muhim axamiyat kasb etdi. Xususan, 2011 yil 18 aprelda qabul qilingan “O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida (78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga)”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni davlat hokimiyati tizimini yanada demokratlashtirishning muhim huquqiy asosi bo'ldi.
Hokimiyat sub'ektlari o'rtasida vakolatlar mutanosib taqsimlanishiga erishishda islohotlarning avvalgi bosqichida Asosiy qonunimiz 98-moddasiga kiritilgan tuzatishlar jiddiy axamiyat kasb etdi. Konstitutsiyaviy qonunchilikni takomillashtirishga yo'naltirilgan bu tuzatishlar, birinchidan, hokimiyat tarmoqlari mustaqilligining oshishiga xizmat kilsa, ikkinchidan, davlat hokimiyati tizimida o'zaro bir-birini tiyib turish mexanizmida yangi bo'g'inlarni nazarda tutadi. Masalan, Vazirlar Maxkamasi vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish, ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzish va unga raxbarlik qilish huquqi Prezident vakolatlari doirasidan chiqarildi. Bosh vazirning Prezidentga viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlarini tayinlash va lavozimdan ozod etish uchun taqdim qilish huquqining berilishi Bosh vazir boshchiligidagi ijro etuvchi hokimiyat mustakilligini va ta'sirini oshirishga xizmat qilsa, Bosh vazir nomzodini taklif etish va tasdiqlash tartibi, shuningdek, uning hisobotini tinglash va muhokama qilish tartib takomilining kiritilishi Parlament rolini yanada kuchaytirishga ko'maklashuvchi institut bo'ldi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirishga karatilgan yangiliklarning axamiyati yana shundan iboratki, ular davlat hokimiyatining sub'ektlari, ya'ni, davlat boshlig'i bo'lgan Prezident, qonun chikaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o'rtasidagi vakolatlarning yanada oqilona taqsimlanishini ta'minlashga qaratilgandir. Davlat hokimiyati taqsimlanishi to'g'risidagi ta'limotga
ko'ra, hokimiyat tarmoqlari vakolatlarining to'g'ri taqsimlanishi davlat idoralari faoliyatining barqarorligini, ular o'rtasida samarali hamkorlik yo'lga qo'yilishini kafolatlaydi. Qolaversa, davlat hokimiyatining konstitutsiyaviy tarzda mutanosib va adolatli taqsimlanishi pirovardida davlatning tom ma'noda demokratik tabiatga ega bo'lishi va inson huquqlari izchil ta'minlanishining garovidir.
Mamlakatning davlat boshqaruv tizimi uning siyosiy, ijtimoiy, huquqiy va ma'muriy madaniyatining uzviy qismidir. Boshqaruv madaniyati bir qator tarixiy, milliy, jug'rofiy, ma'naviy va boshqa omillar ta'sirida shakllanadi. Boshqaruv madaniyati davlat boshqaruvi tuzilmalariga nisbatan birmuncha barqaror va turg'undir. Shu tufayli siyosiy (davlat) boshqaruv madaniyatini tarixan qisqa vakt ichida o'zgartirish birmuncha mushkul. Masalan, davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini qonunchilik islohoti vositasida tarixan qisqa muddatda o'zgartirish (yangilash) mumkin, ammo bosharuvga bog'liq mafkurani, mentalitetni, ongni va madaniyatni darxol o'zgartirishning iloji yo'q.
Jamiyatni erkinlashtirishning xozirgi bosqichida davlat boshqaruvini modernizatsiya qilishning bir qator yo'nalishlari va vazifalari Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan.
Birinchidan, demokratik davlat boshqaruv mezonlarini belgilovchi printsiplarni hayotga sobitqadamlik va jadallik bilan joriy etib borish. Bular boshqaruvda inson huquq va manfaatlarining ustuvorligi, hokimiyatlar taqsimlanishi (shu jumladan, davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi organlar o'rtasida vakolatlarning oqilona taqsimlanishi), qonun ustuvorligi, davlat boshqaruviga xalq ommasi hamda fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb etish, davlat boshqaruvi organlari faoliyatining oshkoraligi va ochikligi kabi tamoyillardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |