Ikkinchidan, davlat boshqaruv apparata faoliyatining qonunchilik, huquqiy bazasini zamonaviy talablar asosida takomillashtirib borish nazarda tutiladi.
Uchinchidan, ijroiya hokimiyati tizimidagi boshqaruv bilan shug'ullanuvchi organlarning tarkibiy tuzilmasi va funktsiyalarini ratsionallashtirish ma'muriy islohotning muxim vazifasi xisoblanadi. Bunda davlat boshqaruvida muvoziy tuzilmalarning bo'lishi va bir-birining vazifalarini takrorlashning mavjud bo'lishini bartaraf etib borish talab etiladi.
Turtinchidan, davlat boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash, ularning fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligini ta'minlovchi samarali mexanizmlarni yaratish, ular faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini faollashtirish zurur.
Beshinchidan, davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish va ma'muriy islohotlar samarasini oshirishda tegishli vakolatli organlar faoliyatining huquqiy asoslarini (reglamentlarini) izchil takomillashtirish alohida axamiyat kasb etadi. Bunday huquqiy xujjatlar qatorida Ma'muriy protsessual kodeksning, “Ma'muriy protseduralar to'g'risida”gi va “Davlat xizmati to'g'risida”gi qonunlarning qabul kilinishi Harakatlar strategiyasida aytib o'tiladi.
O'zbekistan Respublikasida sudьyalar mavqeini oshirish bo'yicha sudьya lavozimida bo'lishning ilk marotaba besh yillik, keyin o'n yillik muddatini va
shundan so'ng muddatsiz davrini belgilash hamda sud raislarining sudьyalarga nisbatan intizomiy ish qo'zg'atishga oid vakolatini tugatish nazarda tutiladi.
O'zbekistan Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 fevraldagi “O'zbekistan Resiublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida≫gi PF-4966-son Farmoniga ko'ra, amaldagi sud kotibi lavozimi tugatilib, sudlarning tuzilmalariga sudьya katta yordamchisi, sudьya yordamchisi lavozimlarining kiritilishi kelgusida sudьyalarni odil sudlov bilan bevosita bog'liq bo'lmagan vazifalardan ozod qilishga hamda sudьyalar zaxirasining shakllanishiga xizmat kiladi.
Shuningdek, ushbu farmonga asosan sudьyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va tayinlash tartibini yanada takomillashtirish maqsadida sudьyalar xamjamiyatining oliy organi xisoblanadigan va O'zbekistan Respublikasida sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy printsipiga rioya etilishini ta'minlashga ko'maklashadigan O'zbekistan Respublikasi Sudьyalar oliy kengashi tashkil etildi. Kengashning asosiy vazifalari sifatida sudьyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlov asosida tanlash, malakali va mas'uliyatli mutaxassislar orasidan sudьyalarni tayinlash, raxbarlik darajasidagi sudьyalik lavozimlariga ko'rsatish uchun tavsiya berish yo'li bilan sudьyalar korpusini shakllantirish, sudьyalar daxlsizligi buzilishining va ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishning oldini olish bo'yicha choralar ko'rish, odil sudlovga erishish darajasini va uni amalga oshirish sifatini yaxshilash bo'yicha takliflar berish va boshqa muxim vazifalar belgilandi.
Shuningdek, sudyalarning aloxida maqomini inobatga olgan xolda, ularning mexnatiga xaq to'lash normalari va pensiya ta'minoti mexanizmini belgilash, shu jumladan, sudlar faoliyatini faqat byudjet mablag'lari xisobidan moliyalashtirish tartibini, xar yili respublika byudjetida qonunchilik va ijro hokimiyati organlaridan ajratilgan xolda aloxida qatorda belgilash tizimi joriy etiladi.
Sudya sud hokimiyatining sha'ni va mustaqilligini mo''tabar tutishi, xalol va beg'araz bo'lishi, qonunga rioya etishi va fuqarolarning huquqlarini xurmat kilishi, xar kanday nojuya harakatlar yoki shunday bo'lib ko'rinishi mumkin bo'lgan harakatlardan o'zini tiyishi, o'zining sudьyalik lavozimi nufuzidan shaxsiy manfaatlari yoki boshqa shaxslarning manfaatlari yo'lida foydalanishdan o'zini saqlashi, huquq sohasida o'zining kasb malakasini oshirib borishi, sud jarayonida taraflarga sabr-toqatliligini va obro'sini ko'rsatishi, shaxsiy xayotda yuksak ahlokiy qoidalarga amal qilishi shart.
O'zbekistan Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O'zbekistan Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining ikkinchi yo'nalishi qonun ustuvorligini va sudning chinakam mustaqilligini ta'minlash chora-tadbirlarini nazarda tutadi. Jumladan, O'zbekistan Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 fevraldagi “O'zbekistan Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-4966-son Farmoni bilan sudьyalar xamjamiyatining oliy organi xisoblanadigan va O'zbekiston Respublikasida sud
hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy printsipiga rioya etilishini ta'minlashga ko'maklashadigan O'zbekiston Respublikasi Sudьyalar oliy kengashi tashkil etildi.
Mazkur farmon bilan O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo'jalik sudini birlashtirish, fuqarolik, jinoiy, ma'muriy va iktisodiy sud ish yurituvi soxasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organi - O'zbekiston Respublikasi Oliy sudini tashkil etish; ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma'muriy nizolarni, shuningdek, ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqishga vakolatli bo'lgan Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma'muriy sudlarini, tuman (shahar) ma'muriy sudlarini tashkil etish; O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug va xududiy harbiy sudlarning 159 ta shtat birligini qisqartirish va O'zbekiston Respublikasi harbiy sudining qo'riqlash vzvodini tugatish;
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy xay'ati, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug va xududiy xarbiy sudlar shtat birliklarini sudьyalar va xarbiy sudlar xodimlaridagi xarbiy xizmatchilar huquqiy maqomi, shu jumladan xarbiy xizmatchilar uchun belgilangan huquq, imtiyoz va afzalliklar saklanmagan holda O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidan O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi tizimiga o'tkazish;
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Xarbiy xay'atini tugatib, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma'muriy ishlar bo'yicha sudlov xay'atini tashkil etish; Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xo'jalik sudlarini Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari etib o'zgartirish; ishlarni birinchi instantsiyada ko'rib chiqishga vakolatli bo'lgan 71 ta tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlarini tashkil etish; amaldagi sud majlisi kotibi lavozimini tugatib belgilangan umumiy shtat birligi doirasida sudlarning tuzilmalariga sudьya katta yordamchisi, yordamchisi lavozimlarini kiritish ma'qullandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |