O'zbekiston Respublikasining diplomatik aloqalarida
demokratik tamoyillar Istiqlolning dastlabki yillaridanoq bevosita mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov rahbarligida tashqi siyosatning ustuvor yo'nalishlari va asosiy tamoyillari belgilandi hamda og'ishmay amalga oshirila boshlandi.
O'zbekiston Respublikasi tashqi diplomatik aloqalarda amalga oshirilayotgan demokratik siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
1) mafkuraviy qarashlardan qat'iy nazar, hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik;
2) davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish;
3) nizolarni tinch yo'l bilan hal yetish;
4) kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik;
5) inson huquqlari va yerkinliklarini hurmatlash;
6) ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umume'tirof yetilgan qoidalari va normalarining ustuvorligi;
7) tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik;
8) davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o'zaro manfaatdorlik ustunligi;
9) tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko'p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik va boshqalar.
Bu tamoyillarga davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo'l bilan hal yetish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik kabi xalqaro huquqning umume'tirof yetilgan qoidalari asos qilib olinadi.
O'zbekiston bilan Fransiya o'rtasida munosabatlarni o'rnatish va rivojlantirish muhim ahamiyatga yega bo'ldi. O'zbekiston Fransiya bilan do'stlik va hamkorlik to'g'risida shartnoma, madaniyat, ilmiy-texninaviy va maorif sohasida hamkorlik qilish to'g'risida sarmoyalarni o'zaro rag'batlantirish, himoyalash to'g'risida bitimlar imzolandi. Bugungi kunda O'zbekiston-Fransiya o'rtasida iqtisodiy, ilmiy, madaniy aloqalar kengayib bormoqda. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, oziq-ovqat, gaz sanoati, qurilish va boshqa sohalarda hamkorlik qilinmoqda.
1993 yil 22-25 noyabrlarda O'zbekiston Prezidenti I.Karimov boshliq delegatsiyasining rasmiy amaliy tashrif bilan Buyuk Britaniya va SHimoliy Irlandiya birlashgan qirolligida bo'lishi ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlik tarixida buyuk voqea bo'ldi. "Toshkent-London" havo yo'li qatnash yo'lga qo'yildi.
Umuman, O'zbekiston Yevropadagi Finlyandiya, Avstriya, Belgiya, SHveysariya, Italiya, Ispaniya, Gretsiya, Polsha, Vengriya, CHexiya, Slovakiya, Xorvatiya, Bolgariya kabi Yevropa mamlakatlari bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy va madaniy aloqalar o'rnatib kelmoqda va bu aloqalar bugungi kunda. yanada kengayib borayapti.
O'zbekiston mustaqillik yillarida yaqin, O'rta SHarq va Arab mamlakatlari, shuningdek, SHarq va Tinch okean havzasi mamlakatlari bilan ham ikki va ko'p tomonlama aloqalarni o'rnatib, iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ilmiy-texnika sohasida istiqbolli natijalarga yerishmoqda.
O'zbekistonda investitsion muhitni shakllantirish, yeksportga yo'naltirilgan iqtisodiyotni vujudga keltirish bo'yicha aloqalar rivojlanib bormoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyatni yerkinlashtirish jarayoni izchillik bilan davom yettirilmoqda. Ayni paytda mamlakatni jahon bilan bog'lovchi kommunikatsion tizimlarni rivojlantirishga katta ahamiyat berilayapti. CHet yellardagi taniqli iqtisodchilar, xorijiy kompaniyalar vakolatxonalari rahbarlari va mutaxassislari, yozuvchilar va jurnalistlar bu tadbirlar tufayli O'zbekiston yaqin kelajakda mintaqadagi yeng ilg'or davlatlardan biriga aylanishini bashorat qilmoqdalar.
Mamlakatimizning boy yer osti va usti resurslari, malakali mutaxassislari, Markaziy Osiyodagi yetakchi mavqei ham jahon davlatlarini hamkorlikka undamoqda. O'zbekiston hozirgi paytda 130dan ortiq xorijiy mamlakatlar bilan savdo-sotiq qiladi. YUrtimizdagi 15 mingga yaqin korxona mahsulotlar yeksport-importi bilan shug'ullanmoqda. Xalqaro munosabatlar ravnaqi mamlakatimizda xavfsizlik va barqarorlikning, aholi turmush darajasini yuksaltirishning o'ziga xos kafolati yekanligi hech kimga sir yemas.
O'zbekiston bir qator xalqaro tashkilotlar - Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT), Iqtisodiy hamkorlik tashkildoti (EKO) bilan teng huquqli a'zo sifatida, Yevropa Ittifoqi, NATO bilan yesa maxsus bitimlar asosida samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Jumladan, NATO bilan «Tinchlik yo'lida hamkorlik» dasturi doirasidagi aloqalarimiz mintaqada tinchlik va xavfsizlikni ta'minlashga munosib hissa qo'shmoqda. AQSH va boshqa yetakchi davlatlar
Do'stlaringiz bilan baham: |