1-mavzu. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti



Download 194,68 Kb.
bet60/73
Sana13.02.2022
Hajmi194,68 Kb.
#447191
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   73
Hozirgi kunda SHHTdoirasida 130 ga yaqin hamkorlik loyihalari amalga oshirilmoqda.
SHHT biror bir davlat yoki tashkilotga qarshi qaratilmaganligi va ochiq faoliyat olib borilishi bilan xalqaro munosabatlarning yangi shaklini yuzaga keltirdi, “SHanhay ruhi” tushunchasiga yo'l ochildi. Tashkilotning asosiy maqsadlari:
- a'zo davlatlar o'rtasidagi o'zaro ishonch va yaqin qo'shnichilik munosabatlarini mustahkamlash;
- mintaqada tinchlik, xavfsizlik, barqarorlikni birgalikda ta'minlash va saqlab turish siyosiy, savdo, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy sohalardagi samarali hamkorlikka keng yo'l ochib berish;
- yenergetika, transport, turizm, atrof-muhitni himoya qilish va boshqa sohalardagi hamkorlikni kuchaytirish.
SHHT rahbar organi – Davlatlar Rahbarlari Kengashi. Barcha davlatlarning soha vazirlari, Bosh prokurorlar, CHegara qo'mitalari rahbarlari muntazam uchrashib, ish olib boradilar. SHHTning doimiy faoliyat yurituvchi organlari ikkita: 2004 yil 17 yanvarda Pekinda SHHT Kotibiyati va Toshkentda Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo'mitasi ishga tushdi.
SHHTning yeng muhim 3 ta vazifasi 2001 yil 15 iyunda «Terrorizmga, separatizmga hamda yekstremizmga qarshi kurash haqidagi SHanxay Konvensiyasi» qabul qilinib, belgilab berildi:
1) terrorizmga qarshi birgalikda kurashish;
2) separatizm (ayirmachilik) ga qarshi kurash;
3) yekstrimizmga qarshi kurash.
2000 yilning sentyabr oyida ham BMT Bosh Assambleyasi «Ming yillik sammiti»da, 2003 yil 29 mayda SHHTning Moskva sammitida, 2004 yil 17 iyunda Toshkent sammitida, 2005 yil 5 iyulda Ostona SHHTning sammitlarida Prezidentimiz mintaqamiz xavfsizligini ta'minlash bilan bog'liq bo'lgan xalqaro terrorizm va narkobiznesga qarshi faol kurashish, Markaziy Osiyo mintaqasidagi barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlash va jahon xavfsizlik tizimini takomillashtirish muammolariga ye'tibor qaratdi. Mintaqa xalqlari uchun o'ta muhim ahamiyatga yega bo'lgan bu jarayonni to'g'ri anglab yetgan Markaziy Osiyo mamlakatlarining rahbarlari faqat 2000 yilning o'zida bir necha bor uchrashuvlar o'tkazdi. Xususan, 2000 yil oktyabr oyida Toshkentda, bo'lib o'tgan uchrashuvda «Markaziy Osiyoda narkotiklarning noqonuniy savdosi, uyushgan jinoyatchilik va terrorchilikka qarshi kurash bo'yicha hamkorlikning ustuvor yo'nalishlari» to'g'risidagi o'ta muhim hujjat imzolandi.
SHHT faoliyatida:
1. 2004 yili Aksilterror guruhiga birgalikda kurash markazi tuzildi.
2. 2005 yili SHHTning Ishbilarmonlar kengashi o'z faoliyatini boshladi.
3. 2006 yili Banklararo assotsiyasiyasi faoliyati yo'lga qo'yildi.
SHHTning Xartiyasi (Nizom) 2002 yil 7 iyunda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida qabul qilindi. 2004 yil 17 iyunda Toshkentda SHHTning sammiti bo'lib, SHHT faoliyatining ikkn asosiy yo'nalishi: xavfsizlik va savdo-iqtisodiy hamkorlik muammolarini muhokama qildilar. Qatnashchilar Mo'g'iliston Prezidenti Natsagiyn Bagabandining murojaatini ko'rib chiqib, ushbu mamlakatni tashkilotga kuzatuvchi maqomida qabul qilishga qaror qildilar. Toshkent uchrashuvida Afg'onistondagi vaziyat ham anjuman kun tartibidan o'rin oldi. Ilgari Afg'oniston muammolarini yechishda Afg'onistonning o'zi qatnashmas va bunga muhim ahamiyat berilmasdi. Bunga sabab ilgari Afg'onistonda markaziy hokimiyat yo'q yedi, mamlakat bo'lingan yedi. Toshkent uchrashuviga Afg'oniston Muvaqqat ma'muriyati rahbari
Hamid Karzay mehmon sifatida taklif yetildi. SHu boisdan ham Toshkent sammitida Afg'oniston rahbari Hamid Karzay va Mo'g'iliston Prezidentining vakili, mamlakat tashqi ishlar vaziri Luvsangiyn Yerdenechuluun qatnashdi.
Dunyoda yadroviy, kimyoviy, biologik, yelektron terrorchilik xavfi paydo bo'ldi. SHularni hisobga olganda SHHT yegallagan mintaqada tahdidlarning oldini olish uchun bir tizim, umumiy mexanizm ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Toshkentda ochilgan Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi zimmasiga axborot almashish, chegara va bojxona qo'mitalarining, maxsus xizmatlarning hamkorligini muvofiqlashtirish, shu orqali terrorchilikning oldini olish vazifasi yuklangan. Prezident Islom Karimov tomonidan terror va norkobiznes uchun «tranzit davlat» tushunchasining o'zi yo'qligi qayd yetildi.
SHHT sammitida ko'rilgan 2-masala savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish bilan bog'liq. Iqtisodiy hamkorlikda transport infratuzilmasini rivojlantirish, tabiiy, mineral xomashyo zahiralarini o'zlashtirish, suv-energetika zahiralaridan unumli foydalanish, yekologiyaga oid masalalar, xususan, ichimlik suvi muammolarini hal qilish kabi dolzarb masalalar o'rin oldi.
Islom Karimovning Markaziy Osiyoda umumiy bozor yaratish to'g'risidagi taklifini SHHT sammiti yana bir bor ye'lon qildi. «Markaziy Osiyo hamkorligi» tashkiloti tuzilgan mintaqamiz mamlakatlarining bu maqsadga yerishishida Rossiya va Xitoydek qudratli davlatlar bilan SHHT doirasida hamkorlikni chuqurlashtirish muhim ahamiyatga yega. Hozir Xitoy yo'nalishi, Afg'oniston orqali Fors ko'rfazi bandargohlariga chiqadigan yo'nalish bo'yicha loyihalar o'rganilmoqda. Xitoy tomoni iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun 900 million AQSH dollari kredit ajratishini bayon yetdi.
Toshkent sammitida (17.06.2004): 1) SHHT Davlat rahbarlari kengashi majlisi yakunlari bo'yicha Toshkent dekloratsiyasi, 2) SHHT vakolatlari va immunitetlari to'g'risidagi konvensiya, 3) Narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik to'g'risida bitim, 4) tashkilot va uning organlari faoliyatiga doir qator hujjatlar imzolandi («Ma'rifat» 2004 yil 19 iyun).
BMT ustavi, Inson huquqlari to'g'risidagi umumjahon deklaratsiyasi va inson huquqlari haqidagi boshqa xalqaro paktlar, Xelsinki bitimlari, Parij va Madrid xartiyalari qoidalari Konstitutsiyamizdagi xalqaro huquq prinsiplari va normalariga asos bo'ldi. Bunday konstitutsiyaviy yondashuv, ayniqsa Konstitutsiyaning muqaddimasida, 4-bobida, ikkinchi bo'limda 22,23 va 26-bobda yaqqol ko'zga tashlanadi. Bu boblarning tegishli ravishda, «Tashqi siyosat», «Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, yerkinliklari va burchlari», «O'zbekiston Respublikasining sud hokimiyati», «Saylov tizimi», «Mudofaa va xavfsizlik» deb nomlanishi ham fikrimizning dalilidir.
XX asrning so'nggi o'n yilligi ijtimoiy dunyoqarash va jahon hamjamiyatining jo'g'rofiy-siyosiy tuzilishida tub o'zgarishlar davri bo'lib tarixga kirdi. Jahon hamjamiyati yangi davrga qadam qo'ydi. Bu davr o'zining ikki jihati bilan ajralib turadi. Birinchidan, bu davlatlar, xalqlar o'rtasidagi yaqinlashuv jarayonlari va har tomonlama hamkorlikning kuchayishi, yaxlit bo'lgan siyosiy, iqtisodiy va huquqiy makonlarning vujudga kelishi, hozirgi zamon xalqaro huquq
normalarining yaratilishidir. Ikkinchidan, «sotsialistik lager»ning yemirilishi, totalitar tuzumdagi davlatlarning tugatilishi, ular o'rnida mustaqil davlatlarning paydo bo'lishidir. Yendilikda «sovuq urush»ga barham berildi, «kapitalistik» va «sotsialistik» degan tushunchalar o'rtasidagi farq amalda yo'q bo'lib borayapti. Mafkuraviy aqidalardan xoli bo'lgan yangi, yerkin tafakkurni shakllantirish zarurati paydo bo'ldi.
Prezident Islom Karimov «O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyoti yo'li» kitobida O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining konsepsiyasi to'g'risida, tashqi siyosiy yo'l, bu yo'lning huquqiy negizi va uni amalga oshirish vositalari haqida to'xtalib o'tgan. O'zbekiston tashqi siyosatining strategik yo'li, asosiy qoidalari va maqsadlari, uning ustuvor va mintaqaviy yo'nalishlari, xususiyatlari negizida respublikaning milliy manfaatlari joy olgan. Har qanday siyosat aql-idrok bilan ish tutishni taqozo yetadi. Rivojlanayotgan, tez taraqqiy yetish uchun kuchli ilmiy, sanoat kuch-quvvatiga yega bo'lgan mamlakatning tashqi siyosati yehtiroslardan xoli bo'lishi lozim. Respublikamiz ana shunday davlatlar sirasiga kiradi. YAngi xalqaro iqtisodiy tartib uchun harakat qilish qoidalari O'zbekiston uchun ham diqqatga molik masaladir. Bu xom ashyo va sanoat mahsulotlari narx-navolarining adolatli bo'lgan nisbati, rivojlanayotgan davlatlarning fan va texnika yutuqlaridan bahramand bo'lish imkoniyati va hokazolardir.

Download 194,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish