1-mavzu. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti



Download 194,68 Kb.
bet59/73
Sana13.02.2022
Hajmi194,68 Kb.
#447191
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   73
oliy rutbali xorijliklarni mehmon qilishdan iborat bo'lgan Tashqi ishlar vazirligidan boshqa hech narsa yo'q yedi.
Bugungi kunda O'zbekiston taraqqiyotining konstitutsiyaviy zamini yaratildi. SHunga mos ravishda inson huquqlari ham tiklanmoqda. Xalqimizning ma'naviy salohiyati, unga xizmat qiladigan tabiiy va texnikaviy zahiralar, mustahkamlanayotgan xalqaro munosabatlar demokratik rivojlanish va inson huquqlariga rioya qilish uchun barcha sharoitlarning bosqichma-bosqich yaratilishiga kafolat beradi.
O'zbekiston Konstitutsiyasi «O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida»gi qonunda belgilangan konstitutsiyaviy an'analarni davom yettiradi. Mazkur an'analarga ko'ra xalqaro huquq davlatimiz qurilishining muhim manbai bo'lib, O'zbekiston o'zining xalqaro huquq normalariga sodiqligini konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab, namoyish yetmoqda.
Bu yesa yosh mustaqil davlatimizning yeng nufuzli xalqaro tashkilotlarga qabul qilinishiga imkon berdi. Respublikamizning mustaqil davlat sifatida boshqa davlatlar tomonidan diplomatik tan olinishiga, xalqaro iqtisodiy munosabatlarga kirishishiga yo'l ochdi.
1991 yil 21 dekabrda Almatida 11 davlat: Rossiya, Ukraina, Belorus, Qozog'iston, O'zbekiston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Azarbayjon, Armaniston, Moldaviya davlatlari boshliqlarining kengashida MDH tuzildi. MDHga 1993 yil 24 dekabrda Ashxabadda Gruziya ham qo'shildi. O'zbekiston mazkur MDH tashkilotining iqtisodiy integratsiya doirasida qatnashib kelmoqda.
MDH bir butun davlat, federatsiya yoki mamlakat yemas, harbiy blok ham yemas, balki davlatlar hamdo'stligining yangicha shakli. Unga kiruvchi har bir davlat xalqaro hukuqning mustaqil va teng huquqli sub'ektidir.
MDH 1991 yil 8 dekabrda Minsk shahrida SSSRning barham topishi munosabati bilan shakllandi. Uning vujudga kelishi haqidagi hujjat - bitimga dastlab uch mustaqil davlat – Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va Belorussiya rahbarlari imzo chekdilar. Bitimni imzolagan davlatlarning hududiy butunligini tan olish, hurmat qilish hamda amaldagi chegaralar, ularning ochiqligi va fuqarolarning harakat yerkinligi ye'tirof yetildi.
MDH a'zolari xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash, harbiy xarajat va qurollarni qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirishda hamkorlik qilishga kelishib oldilar. Hozirgacha ikki yuzdan ortiq normativ va tavsifiy hujjatlar qabul qilindi. SHu bilan birga, tomonlar bir-birlarining yadrosiz zona va betaraf davlat statusiga yerishish uchun olib boriladigan harakatlarini hurmatlaydilar.
MDH a'zolarining birgalikdagi faoliyati sohasiga quyidagi tadbirlar kiritildi:
tashqi siyosiy faoliyatlarni muvofiqlashtirish, mudofaa siyosati va tashqi chegarani muhofaza qilish;
umumiy iqtisodiy muhitni shakllantirish va rivojlantirish, Umumevropa va Yevroosiyo bozorini shakllantirish;
iqtisodiy islohot o'tkazish;
bojxona siyosatini birga olib borish;
transport va aloqa, shuningdek, yenergetika tizimlarini rivojlantirish;
salomatlik, atrof-muhit va yekologik xavfsizligini saqlash;
uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish.
1991 yil 21 dekabrda sobiq SSSRning uch slavyan, Markaziy Osiyodagi besh, Zakavkazedagi uch respublika rahbarlari Olmaotada uchrashib, Hamdo'stlik hujjatlariga jami 11 respublika imzo chekdi. Keyinchalik Gruziya qo'shildi.
MDHning yuqori Oliy organi – «Davlat boshliqlari Kengashi», shuningdek, «Hukumat boshliqlari Kengashi», «Iqtisodiy Kengash», «Mudofaa vazirlari Kengashi», «Tashqi ishlar vazirlari Kengashi» hisoblanadi. Ijroiya organi «Muvofiqlashtiruvchi qo'mita» deyiladi. Uning qoshida doimiy kotibiyat ishlaydi. Davlat boshliqlari Kengashi bir yilda kamida ikki marta o'tkaziladi. Kengashning navbatdan tashqari majlisi MDH a'zosi bo'lgan - har qanday davlat tashabbusi bilan chaqiriladi. MDH organlarining faoliyati MDH Nizomi bilan tartibga solinadi.
- MDH organlari faoliyatini mablag' bilan ta'minlash (xarajatlari) a'zo davlatlarning xizmat yuzasidan bo'lgan ishtiroki tartibi bo'yicha taqsimlanadi va MDH organlari byudjeti to'g'risidagi maxsus bitim asosida o'rnatiladi.
«Shanxay hamkorligi tashkiloti» (SHHT) – tichlik, xavfsizlik va barqarorlik-ni mustahkamlash, o'zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tuzilgan xalqaro hukumatlararo tashkilot. SHHT oltita davlatni – Xitoy, Rossiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va O'zbekistonni o'z ichiga oladi. SHHTning shakllanishi 1992 yildan Xitoy bilan chegaradosh besh postsovet respublikalarining o'zaro chegaralarni aniqlash bilan bog'liq muammolarni muhokama qilishdan boshlangan. “SHanxay beshligi” deb nom olgan bu tashkilot 1996 yilda SHanxayda, 1998 yilda Almatida, 1999 yilda Bishkekda besh davlat rahbarlarining sammiti chegaralarni mustahkamlash, chegara hududlarida qurolli kuchlarni qisqartirish kabi masalalarni kelishib, hal yetishga qaratildi. 2000 yil iyulida Dushanba sammitida tashkilotga oltinchi bo'lib O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimov kuzatuvchi sfatida qatnashdi. 2001 yil 15 iyunda SHanxay sammitida tashkilotga oltinchi bo'lib O'zbekiston qo'shildi, SHHT tuzish to'g'risidagi Deklaratsiya ye'lon qilindi, «Terrorizm, separatizm va yekstremizmga qarshi kurash to'g'risida SHanxay konvensiyasi» imzolandi. 2002 yil iyulida Sankt-Peterburgda olti davlat rahbari «SHanxay hamkorlik tashkiloti xartiyasi»ni qabul qildilar. 2003 yil may oyida Moskvada SHHTning tashkiliy organlari, ramzlari tasdiqlanib, O'zbekiston tashkilotning yangi raisi yetib belgilandi. 2003 yil sentyabrila Pekinda «SHHTga a'zo davlatlarning 20 yilga mo'ljallangan savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturi» qabul qilinib, mahsulot, kapital, xizmat va texnologiyalar yerkin aylanishi shartlari belgilab olindi, SHHTning moliyaviy byudjeti ko'rildi. 2004 yil iyunidan Tashkilot to'la ravishda ishga kirishdi. 2005 yilda Ostona sammitida va 2007 yil 15-16 avgustda Bishkek uchrashuvlarida Yeron, Pokiston va Hindiston, Mongoliya kuzatuvchi sifatida ishtirok yetdi.

Download 194,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish