1989 – 1991 yillarni qamrab olgan bosqich. Bu bosqich yangi
generatsiyaga mansub rahbarlardan biri Islom Karimovning Respublika rahbari
lavozimiga kelishi, O‘zbekistonda mustaqillik g‘oyalarining pishib yetilishi, davlat
mustaqilligi tarixiy tasodif voqelik ta’sirida emas, balki respublikada yuzaga
kelgan ziddiyatli va murakkab vaziyatdan chiqish yo‘l-yo‘riqlarini qidirish hamda
sobiq Ittifoq rahbariyatining O‘zbekiston yetakchisi Islom Karimov siyosatiga
qarshi qaratilgan fitnalarining oldini olish bilan xarakterlanadi. Mazkur yillarning
alohida davr sifatida e’tirof etilishida O‘zbekistonning birinchi Prezidenti
I.Karimovning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” asaridagi
xronologik yondashuv ham ushbu davrning konseptual asosi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |