1-mavzu. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti



Download 194,68 Kb.
bet9/73
Sana13.02.2022
Hajmi194,68 Kb.
#447191
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73
3.Fanni o‘rganishning nazariy-uslubiy asoslari.
Tarixiy voqea, hodisalarni o‘rganish, tahlil etish va yoritishda xolisona,
haqqoniy, adolatli yondashuv muhim metodologik qoidadir. Xolislik qoidasi
tarixiy voqea, hodisalarni o‘rganayotganda ular bilan bog‘liq bo‘lgan barcha
faktlarning, hech bir istisnosiz, butun majmuini birga olib tekshirishni, aniq,
haqqoniy dalillarga asoslanishini talab qiladi. Tarixiy hodisalarni bir butun holda
o‘zaro aloqada va munosabatda deb tekshirish lozim.
Tarixni o‘rganishda tarixiylik metodologiyasi muhim ahamiyatga ega.
Tarixiylik qoidasi voqea, hodisalarni o‘z davrining aniq tarixiy sharoitidan kelib
chiqqan holda o‘rganishni taqozo etadi.
Voqea, hodisalarni o‘rganishda tarixiy bog‘lanish, tarixiy rivojlanish
jarayoniga e’tibor qilmoq zarur. Har bir voqea, hodisani boshqa voqealar, hodisalar
bilan bog‘lab o‘rgangandagina mazkur voqea-hodisaning umumiy tarixiy
jarayondagi o‘rnini to‘g‘ri aniqlash, belgilash mumkin bo‘ladi. Har bir voqea,
hodisaga umumiy tarixiy jarayonning bir qismi, bo‘lagi deb qaramoq zarur. Har bir
hodisa qanday tarixiy sharoitda, muhitda paydo bo‘lganligini, bu hodisa o‘z
taraqqiyotida qanday asosiy bosqichlarni o‘tganligini, keyinchalik u qanday bo‘lib
qolganligini bilish tarixiylik qoidasining asosiy talabidir. Masalan, ibtidoiy davrda
ayrim qabilalarda odamxo‘rlik bo‘lgan, bu bugungi kun nazaridan baho bersak,
vahshiylik, lekin o‘sha davr sharoitidan kelib chiqib baho bersak, bu zaruriyat
(ilojsizlikdan qilingan harakat) dir.
Tarixiylik metodologiyasi xalqning o‘tmishini, hozirgi zamon va kelajagini
yagona tabiiy-tarixiy jarayon deb, o‘tmish hozirgi zamonni tayyorlaydi, hozirgi
zamon kelajakni yaratadi, degan taraqqiyot qonuni asosida qaraydi. Insoniyat ana
shunday umumiy yo‘ldan borar ekan, istiqbolda porloq hayot qurmoqchi bo‘lgan
avlod tarix fani orqali o‘z o‘tmishini yaxshi bilmog‘i lozim. O‘tmishni,
ajdodlarimiz tarixini qanchalik yaxshi bilsak, anglab yetsak, hozirgi zamonni,
mustaqilligimiz mazmunini shunchalik mukammal tushunamiz, kelajakni to‘g‘ri
tasavvur etamiz. Shuningdek, hozirgi zamonni bugungi avlodning bunyodkorlik
faoliyatini to‘g‘ri idrok etish o‘tmishni, tariximizni chuqur anglashga
ko‘maklashadi.
Tarixiy jarayonni o‘rganishda ijtimoiy yondashuv tamoyiliga rioya etish
zarur. Ijtimoiy yondashuv metodologiyasi tarixiy jarayonlarni aholi barcha
tabaqalarining manfaatlarini hisobga olgan holda o‘rganishni taqozo etadi.
Voqealarni alohida bir ijtimoiy tabaqa manfaati nuqtai nazaridan turib tahlil etish,
yoritish bir tomonlama yondashuv bo‘lib, u tarixni soxtalashtiradi, to‘g‘ri xulosaga
olib kelmaydi. Ijtimoiy yondashuv tamoyili davlat arboblarining, siyosiy kuchlar,
partiyalarning tarixiy taraqqiyot darajasiga ko‘rsatgan ijobiy yoki salbiy ta’sirini,
jamiyatni u yoki bu yo‘ldan rivojlanishidagi rolini bilib olishda muhim ahamiyatga
egadir.
Xulosa qilib aytganda, ilmiylik, xolislik, tarixiylik metodlari tarixni
yoritishning asosiy kaliti hisoblanadi.

Download 194,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish