eng yangi tarixidan lavhalar”, “Farg‘ona vodiysi shaharlarida iqtisodiy
transformatsiya jarayonlari (1991-1996 yillar)” kabi qator to‘plam va
monografiyalarning nashr etilishi O‘zbekistonning eng yangi tarixiga oid amalga
oshirilgan qator ilmiy-tadqiqot loyihalar natijasi, deyish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev tomonida xalq
manfaatlarini o‘ylab olib borilayotgan siyosatida tarix faniga alohida e’tibor
qaratilmoqda. “Hamma o‘z tarixini ulug‘laydi. Lekin bizning
mamlakatimizdagidek boy tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qaerda
yo‘q. Bu merosni chuqur o‘rganishimiz, xalqimizga, dunyoga yetkaza bilishimiz
kerak. Bu markazga kelgan odam tariximiz haqida to‘la tasavvurga ega bo‘lishi,
katta ma’naviyat olib ketishi zarur, - deb ta’kidlaydi davlat rahbari Shavkat
Mirziyoev O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi qurilish ishlari bilan tanishish
chog‘ida.
“Axsikent tarixini ilmiy asoslangan holda chuqur o‘rganish,
ajdodlarimizning asl o‘tmishi haqida ma’lumotlarni to‘plash va yosh avlodga
singdirish bo‘yicha tizimli ishlarni olib borish kerak. Axsikent – buyuk tariximiz
ko‘zgusi. Bobolarimiz yashagan, qahramonlik ko‘rsatgan bu manzilda tariximizni
tiklash uchun juda katta manba, o‘tmish dalillari bor. Biz shu paytgacha faqat
mashhur shaharlarimiz tarixini o‘rgandik, bunday joylarga e’tibor qilmadik.
Ma’naviyatimizni yuksaltirmoqchi bo‘lsak, yoshlarimizni ota-bobolarimizning asl
merosidan bahramand etib ulg‘aytirishimiz, xalqimizga yetkazishimiz kerak” – deb
ta’kidladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 2019 yil 28 fevral
kuni Namangan viloyatining Axsikent tumaniga tashrif chog‘ida. Davlat rahbari
Axsikent – ochiq osmon ostidagi muzeyning tashkil qilinishi haqida ko‘rsatmalar
berdi.
Shu o‘rinda Axsikent yodgorligi tarixiga bir nazar tashlash o‘rinli deb
o‘ylaymiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning tashabbusi
bilan Namangan viloyatining Axsikent tumanida joylashgan Axsikent yodgorligi
xududida 2018 yilning ikkinchi yarmidan “Ochiq osmon ostida muzey” tashkil
qilish ishlari boshlab yuborilgan bo‘lib, 2019 yil fevral oyining oxirlarida jahon
standartlari darajasidagi muzey tashkil etildi. Bu shahriston ichida joylashgan 8 ta
ob’ekt bo‘lib, ular turar joy, ishlab chiqarish, yer osti suvi yo‘llari, vodoprovod va
1,5 ming yillik madaniy qatlamlarni o‘z ichiga olgan majmuadan
iboratdir. Axsikent – Farg‘ona vodiysidagi eng katta arxeologik yodgorlik
hisoblanadi. Ushbu qadimiy shahar miloddan avvalgi III-II asrlarda barpo etilgan
bo‘lib, 5,5 metrli mudofaa devorlar bilan o‘ralgan va maydoni 50 gektardan
ziyodroq joyni egallagan 1621 yilgi zilzilada vayronaga aylangan. Xitoy
tarixshunoslarining manbalarida Farg‘ona shahri nomini xitoychaga tarjima qilib
“Yuan”, vodiy nomini esa “Da Yuan” (Katta Farg‘ona) deb, tilga olinadi. Shahar
topografik nuqtai nazardan 3 qismdan iborat bo‘lgan: ark, ichki va tashqi shahar.
Miloddan avvalgi 128-127 yillarda iqtidorli xitoy diplomati Chjan syan Farg‘ona
davlatida bo‘lib, yurtni podsho, 2 ta maslahatchisi va oqsoqollar kengashi
(parlament) yordamida boshqaradi – deb yozadi. Uning Xitoy imperatoriga
yo‘llagan maktubida Farg‘onaning uzumi, undan tayyorlangan ajoyib ichimligi va
samoviy tulporlari xaqida batafsil ma’lumot berilgan. Ushbu shahar qadimgi
Farg‘ona davlatining poytaxti, siyosiy, madaniy, iqtisodiy markazi hamda Buyuk
ipak yo‘lining asosiy kentlaridan biri bo‘lgan. Yer osti suv inshootining mavjudligi
Do'stlaringiz bilan baham: |