Loyihali struktura. - bu tashkilotning aniq masalasini echish uchun vaqtincha tuziladi. Bu struktura funksional bo‘linmaning ichida tashkil qilinadi. Bunda yuqori malakali mutaxassislar loyixani amalga oshirish uchun to‘planadilar va ish muddati tugagach, tarqatilib yuboriladilar. Loyihali strukturada xizmatchilar bir vaqtda ikkita rahbarga bo‘ysunadilar - loyixa rahbariga va umumiy funksional bo‘lim boshlig‘igadir.
7 - chizma
Loyihali struktura
|
Loyiha rahbari
|
|
|
|
|
|
|
I-guruh
|
|
II-guruh
|
|
III-guruh
|
Matritsali struktura - bu funksional strukturaga loyihali strukturaning birlashganidan tashkil topadi. Bunda xodimlar funksional bo‘lim boshlig‘iga va loyiha rahbariga bo‘ysunadilar. Matritsali struktura tashkilotga ichki va tashqi muhit faoliyati sharoitlariga tezda moslashish imkonini beradi.
Ushbular bilan birga hozirgi zamon menejmenti tashkilotlarning yangi va samarali tashkiliy tarkiblarini izlamoqda.
Iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sohani erkinlashtirish bir qator muhim vazifalarni xal etishni talab qiladi:
iqtisodiyotni davlat tasarrufidan chiqarish va turli mulk shakllaridagi ko‘plab korxonalarni tashkil etish;
tovar ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy va xo‘jalik mustaqilligini va mas’uliyatini oshirish;
iqtisodiy va ijtimoiy himoyaning huquqiy mexanizmini shakllantirish;
aholini ijtimoiy himoyalash, fuqarolarning ijtimoiy kafrlatlarining zamonaviy tizimini shakllantirish.
Bular korxonalarning bozor iqtisodiyotidagi faoliyatini belgilovchi yangi tendensiyalarni va ular asosida yangi tashkiliy tuzilmalarni shakllantiradi:
mulkning turli shakllari tuzilmoqda, ishlab chiqarish munosabatlari, aloqalar va mulk sub’ektlarining hamkorligi murakkablashmoqda;
ishlab chiqish va joriy qilish muddatlari qisqarishi bir xil (byurokratik) tuzilmalardan voz kechishni talab etmoqda;
korxonalarning turi, xajmi va mulk shaklidan qat’iy nazar xo‘jalik yuritishning ilg‘or shakllarini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratilmoqda.
Murakkab va harakatchan tashqi muhit sharoitida tashkilotlar o‘z maqsad masalalarini samarali amalga oshirishlari uchun, ular o‘z strukturalarini doimiy ravishda qayta ko‘rib, maqsadlarga va tashqi muhitga mosligini ta’minlashlari zarur.
Tashkiliy strukturani qayta tashkil qilishning usullari, shakllari turli tumandir. Ularni bir necha yo‘nalishlarga jamlash mumkin:
1. Strukturani soddalashtirish xisobiga takomillashtirish.
2. Mexanik turdagi strukturani organik struktura bilan almashtirish.
3. Mexanik strukturalar ichida har xil shakldagi organik tarkib- larni yaratish.
4. Konglomerat tarkibini bunyod etish.
5. Kelajakda bo‘lishi mumkin bo‘lgan tarkiblar - modulli va atomistik tashkilotlar paydo bo‘lishi. Bu kabi tashkilotlarning elementlari bir biri bilan o‘zaro korporativ madaniyat va telealoqa yo‘llari bilan bog‘langan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |