- odamlar o‘troq hayotga o‘ta
boshladilar, turli hayvonlarning loydan
yasalgan va ona Urug‘i (matriarxat) ga xos haykalchalar paydo bo‘ldi;
- rangdor, turli tasvirlar bilan bezatilgan sopol buyumlar paydo bo‘ldi;
Eneolit-(mis-tosh) davrida odamlar dastlabki metall bilan tanishadilar. Bu
davrga kelib mis qurollar ancha takomillashgan bo‘lsa-da, undan og‘ir mehnat
qurollari yasashning imkoni yo‘q edi. Misdan asosan uy-ro‘zg‘or buyumlari,
taqinchoqlar va harbiy qurollar yasalgan. Eneolit davri yodgorliklari Buxoro
viloyatining Lavlakon, Beshbuloq, Uchtut (mis koni) mavzelaridan, Panjakent
atroflaridan (Sarazm madaniyati) topib urganilgan. Bu davrga kelib,
dehqonchilik
Markaziy Osiyoning Shimoli-Sharqiy hududlariga ham yoyiladi.
Mil. avv. III - ming yillikka kelib, O‘rta Osiyo hududlarida bronza qurollar
keng tarqaladi. O`zbekiston hududlarida bronza davri yodgorliklari ko‘plab
uchraydi. Bu davrga mansub madaniyat izlari dastlab Xorazm, keyinroq esa
Zarafshon va qashqadaryo hamda Farg‘ona vodiylaridan topilgan.
Ulardan eng yiriklari Sopollitepa, Jarqo‘ton, Tozabog‘yob, Zamonbobo,
CHust, Amirobod yodgorliklaridir
2
. Bu yodgorliklarda olib borilgan tadqiqotlar
shundan dalolat beradiki, bronza davrida kishilik jamiyati
madaniy taraqqiyotida
katta-katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Aholi xo‘jalik yuritishning muayyan
ko‘rinishlariga, ya’ni vohalarda, ko‘llar, daryolar va soylar bo‘ylarida
dehqonchilikka, dasht va tog‘oldi hududlarida Chorvachilikka (mehnatning
dastlabki yirik taqsimoti) o‘tib oldi.
Bu davrga kelib, O‘rta Osiyoning ijtimoiy tuzumida ham o‘zgarish
jarayonlari bo‘lib o‘tdi. Urug‘chilik tuzumi bronza davrida ham davom etgan
bo‘lsa-da, ona urug‘ining mavqei yo‘qolib bordi. Metall eritish va xo‘jalikning
rivojlanishi natijasida jamiyatda erkaklar mehnati va mavqei birinchi darajali
ahamiyatga ega bo‘lib bordi. Bundan Shunday xulosa chiqarish mumkinki, bronza
davri
jamiyat
taraqqiyotida,
dehqonchilik,
Chorvachilik,
ovchilik
va
hunarmandchilikning rivojlanishida erkaklar yetakchilik qilganlar. Ayollar erkaklar
ishlab chiqargan narsalarni iste’mol qilishda ishtirok etsalar ham, unga egalik
qilishdan mahrum bo‘ladilar. Ishlab chiqarishda hukmronlik qilish shu tariqa
erkaklar ko‘liga o‘tadi va ona urug‘i tuzumi o‘rnini ota urug‘i (patriarxat) tuzumi
egallaydi.
Bronza
davriga kelib, ishlab chiqaruvchi kuchlarning o‘sishi, mehnat
unumdorligining oshishi natijasida kishilik jamiyati tarixiy-madaniy taraqqiyotida
katta-katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bu jarayonlarda bronzaning ahamiyati katta
bo‘ldi.Bronzadan (jezdan), nayza va kamon o‘qlari uchi,
pichoqlar, teshkichlar,
parmalar, qirg‘ichlar, o‘roq va boshqa qurollar, zebu ziynat buyumlari, idishlar
paydo bo‘ldi.
2
Historyof civilizations of Central Asia. Volume I. / The dawn of civilization: earliest times too 700 B.C. /
UNESCO. 1992. P. 217-236, 433-434, 439.
14
Bu davrda jamiyat hayotidagi sodir bo‘lgan turli taraqqiyot jarayonlari-
kishilik tarixida muhim bosqich bo‘lgan davlatchilikning paydo bo‘lishi va
rivojlanishi uchun ulkan ahamiyat kasb etdi.
Insoniyat
sivilizatsiyasida, xususan O‘rta Osiyo xalqlari taraqqiyotida
miloddan oldingi I ming yillikda metall-Temurning kashf etilishi katta bir inqilobiy
hodisa bo‘ldi. Temurdan
yasalgan mehnat qurollari dehqonchilik
va
hunarmandchilikda texnika taraqqiyotini boshlab berdi. Xususan, dehqonchilikda
yerni ishlash uchun keng imkoniyatlar ochildi. Zero, Temur mustahkam, kattiq va
o‘tkir edi.
Temurning paydo bo‘lishi bilan odamlar tabiatga ta’sir o‘tkaza boshladi.
Sun’iy sug‘orish tarmoqlari, kanallar qurildi. Dehqonchilikda Temurdan yasalgan
ketmon,kurak, o‘roq, omoch kabi mehnat qurollaridan foydalanish, yerni ishlashda
tortuvchi kuch sifatida ot, xo‘kizlarni qo‘llash katta-katta maydonlarda qo‘shimcha
oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish, ularning zahirasini yaratish imkoniyatini
vujudga keltirdi.
Natijada o‘troq dehqonlar va ko‘chmanchi Chorvadorlar o‘z mulklarini
himoya qilish uchun harbiy ittifoqlar tashkil qila boshladilar. Ular o‘rtasida tez-tez
to‘qnashuvlar bo‘lib turdi.
Shuningdek, tabiiyki, tinch davrlarda o‘zaro tovar
ayriboshlashlar ham keng rivojlandi. Bu hol hududimizda dastlabki sinfiy-
quldorlik jamiyati paydo bo‘lishi uchun shart-sharoit yaratdi.
Qadimgi ajdodlarimiz madaniyat, san’at, yozuv va xalq og‘zaki ijodi
namunalarini rivojlantirishda ham o‘ziga xos iz qoldirganlar. Xususan g‘orlarning
devorlariga tushirilgan tasvirlar, qoyatoshlarga ishlangan rasmlar.Hududimizda
ibtidoiy san’atning bunday turi ikki xil usulda uchraydi. Birinchisi bo‘yoq bilan,
ikkinchisi urib-o‘yib, ishqalash, chizish usuli. Zarautsoy, Sarmishsoy, Bironsoy,
Ko‘ksaroy, Takasoy kabi yuzdan ziyod joylardagi
qoyatoshlarda buqalar, sherlar,
yo‘lbars, qoplon, tulki, bo‘ri, bug‘u, jayron, shuningdek, qopqon, o‘q-yoy kabi
rasmlar ham ko‘p uchraydi.
O‘lkamiz hududlaridagi eng qadimgi rasmlar Zarautsoy (Surxandaryo.
Mil.avv. VIII-IV ming yillik), Tozabog‘yob, Amirobod, Zamonbobo, Sopolli,
Gujayli (bronza davri) madaniyatlariga oid. Ularda sopol idishlar, tosh, mis,
bronzadan yasalgan qurollar, zeb-ziynatlar, yarim yerto‘la shaklidagi uy-joylar va
boshqalar topilgan. Bular orasida Zamonbobo ko‘li yoqasida topilgan qabriston
diqqatga sazovordir. Bu yerdagi erkaklar qabridan o‘q-yoy paykonlari, pichoqlar,
pichoqsimon tosh qurollar va turli shakldagi sopol idishlar, bronza ko‘zgu, upadon,
surmadon kabi pardoz buyumlari, yarim qimmatbaho toshlardan ishlangan
munchoq va marjonlar topilgan.
Bularning barchasi ajdodlarimiz madaniyati va san’ati yuksak bo‘lganligidan
dalolat beribgina qolmay, ular o‘troq hayot kechirib dehqonchilik, Chorvachilikk
va xunarmandchilik bilan shug‘ullanganligidan ham dalolat beradi.
Insoniyat sivilizatsiyasida yana bir muhim ahamiyatga molik narsa bu
yozuvdir. Yozuv davlatchilikning muhim belgisi bo‘lib, xalqlarning o‘ziga xos
rivojlanishi va taraqqiyotini bildiradi.
15
Manbalarning guvohlik berishicha, qadimgi ajdodlarimiz-Xorazmiylar,
baqtriyaliklar, so‘g‘diylar, parfiyonlar, dovonliklar, qang‘lilar,
kushonlar va
boshqalar bundan 2300-2500 yil burun o‘z yozuvlarini yaratganlar.
Mil.avv. birinchi ming yillik o‘rtalarida hududimizda oromiy yozuvi keng
tarqalgan. Uning zaminida So‘g‘d, Boxtar, Xorazm yozuvlari paydo bo‘lgan. Bu
yozuvlar qadimiy tangalar, muxrlar, hujjatlar, san’at asarlari, uy-ro‘zg‘or
buyumlarida aks etgan bo‘lib, ularning namunalari S.P.Tolstov tomonidan
qo‘yqirilgan qal’a qazishmalari vaqtida ko‘plab topilgan va isbotlangan.
Shunday qilib O‘rta Osiyo, xususan O`zbekiston insoniyat tarixiy
taraqqiyotida o‘ziga xos xudud bo‘lib, bu yerda yashagan xalqlar o‘z madaniyati,
ma’naviyati, san’ati va dini bilan yer yuzidagi boshqa xalqlar sivilizatsiyasiga
munosib ulush qo‘shgan. O‘z navbatida fors, yunon,
xitoy kabi xalqlar
madaniyatidan bahramand bo‘lib xalqlar va davlatlararo savdo- iqtisodiy va
madaniy- ma’naviy aloqalarda ijobiy rol o‘ynagan.