birlamchi va ikkilamchi
manbalarga ajratish mumkin.
Birlamchi
manbaga tarixiy
hujjatlarning asl nusxasi,
ikkilamchi
manbaga esa, mana shu birlamchi manbalar
asosida e’lon qilingan maqola va kitoblarda keltirilgan ma’lumotlar kiradi.
Manbalar o’z holatiga ko’ra, moddiy va yozma ko’rinishlarga ega bo’ladi.
Tariximizning eng qadimgi, ya’ni yozuvsiz zamonlarga oid davrini o’rganishda
arxeologik, antropologik va etnografik manbalar yordamga keladi. Bu manbalar
turli-tuman bo’lib, ularga - qadimgi manzilgohlar va shaharlar xarobalari, mozor-
qo’rg’onlar qoldiqlari, turmush va xo’jalikda ishlatiladigan buyumlar, mehnat va
jangovar qurollar, turli-tuman ashyolar kiradi. Moddiy va yozma manbalar
ma’lumotlarini solishtirib, qiyoslab tarixni talqin etish mumkin bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |