Savol va topshiriqlar.
1. Asosiy Qonun sifatida Konstitutsiyaning o‘ziga
хos хususiyatlarini aytib bering.
2. Qanday konstitutsiyaviy normalarni bilasiz?
3. Konstitutsiya haqida so‘zlab bering.
4. Konstitutsiya qanday vazifalarni bajaradi?
4-mavzu- Ma’muriy huquq
Ma’muriy huquqning sub’ektlari.
Davlat boshqaruvi, davlat xizmati tushunchasi va o‘ziga xos xususiyatlari.
Reja:
1. Ma’muriy huquq fani haqida tushuncha.
2. Ma’muriy bоshqarish.
3. Ma’muriy huquq subyеktlari.
4. Ma’muriy huquqbuzarlik va ma’muriy javоbgarlik.
Ma’muriy huquq haqida tushuncha
Ma’muriy huquq - bu davlat organlarining ijro etuvchi va farmoyish beruvchi faoliyatini tashkil etish hamda amalga oshirishda paydo bo’ladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar majmuyidir.
Ma’muriy huquq - davlatning boshqarish jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.
Ma’muriy huquqning maqsadi va vazifalarini to’la anglab yetish uchun, avvalo, davlat boshqaruvi haqi- dagi tushunchaga ega bo’lish lozim.
Har qanday boshqaruv jamiyatdagi turli munosabatlarni o’zaro tartibga solib turadi. Jamiyatdagi boshqaruv ijtimoiy boshqaruv deb ataladi. Insonlarning asosiy maqsad sari birga faoliyat ko’rsatishi uchun ularni jipslashtirish, o’zaro munosabatlarini tartibga solish, butun jamiyatni boshqarish uchun qo’llaniladi. Ijtimoiy boshqaruvning asosiy turlaridan biri - bu davlat boshqaruvidir.
Davlat boshqaruvi ijtimoiy hayotning eng muhim tamoyillarini qamrab oladi, bu jarayonda xo’jalik, tashkilotchilik, madaniy, mahrifiy ishlarni amalga oshi- radi, mahmuriy-siyosiy masalalarni hal etadi.
Davlat boshqaruvini tashkil etish tartibi va boshqaruvni amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan turli-tuman ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalarni o’z ichiga olgan huquqning alohida tarmog’i mahmuriy huquq deb ataladi.
Demak, ma’muriy huquq - davlat boshqaruv organlarining ijrochilik va farmoyish beruvchilik faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirkorlikning deyarli barchasi mahmuriy huquq normalari yordamida amalga oshiriladi. SHuningdek, mahmuriy huquq normalari boshqaruv organlari, korxona, muassasa va tashkilotlarni tashkil etish, o’z- gartirish yoki ularni tugatish qoidalarini ham belgilab beradi.
Ma’muriy huquq normalari O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasiga asosan fuqarolarning huquqlarini, davlat xizmatchilarining burch va majburiyatlarini aniqlab beradi, mahmuriy qoidalarni o’rnatadi va bu qoidalar buzilganda tegishli javobgarlikni belgilaydi.
Ma’muriy huquq Konstituttsiyaviy, moliyaviy, jino- yat, fuqarolik, mehnat, ekologiya kabi huquq sohalari bilan chambarchas bog’liq.
Ma’muriy huquq 2 qismdan iborat:
umumiy;
maxsus.
Umumiy qism – ma'muriy huquqning predmeti va tizimini, mahmuriy huquqning subektlarini, davlat boshqaruvining shakli va usullarini, mahmuriy huquqbuzarlik va mahmuriy javobgarlik to’g’risidagi umumiy normalarni, mahmuriy ish olib borish qoidalarini, mahmuriy javobgarlik to’g’risidagi umumiy normalarni, mahmuriy ish olib borish qoidalarini, mahmuriy faoliyatda qonunning ustunligini tahmin- lashning shakl va usullarini o’z ichiga oladi.
Maxsus qism - xalq xo’jaligining ayrim tarmoqla- rini, ijtimoiy-madaniy, mahmuriy-siyosiy faoliyatini hamda tarmoqlararo boshqaruvni tashkil etish kabi masalalarni o’z ichiga oladi.
Ma'muriy boshqarish
Yuqorida tahkidlanganidek, mahmuriy huquq davlatni boshqarish jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.
Ma’muriy - «boshqarish» degan mahnoni bildiradi. Davlat mavjud ekan, u boshqariladi. Mahmuriy huquq fanining asosiy maqsadi davlat boshqaruv jarayonini tartibga solishdan iboratdir.
Davlat boshqaruvi huquqiy normalar asosida amalga oshadi. Davlat boshqaruvini amalga oshirishga xizmat qiladigan huquqiy normalar - mahmuriy huquq normalari deb ataladi.
Boshqaruv jaryonida o’rnatilgan qonun-qoidalarga bo’ysinmasa, har bir mahmuriy huquqiy munosabatga kiruvchi shaxs o’zboshimcha ish tutsa, davlatda, ish va tahlim muassasalarida tartibsizlik bo’ladi. Tartibsizlik esa huquqbuzarliklarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Mahlumki, yoshlikdan bolalarga: «CHur- chur, chur deyman, qoidali yur deyman» maqollar mahnosi tushuntirib boriladi. CHunki, na faqat davlat boshqaruvidagi qonun-qoidani, balki har bir shaxs o’zini o’zi idora qilishi, unga nima qilish mumkin, nima qilish mumkin emasligini bilishi kerak. Boshqaruvga katta ahamiyat berib, Islom Karimov shunday degan edi: «Mamlakatimizning uzoq va davomli manfaatlari taqozo etgan holatlarda va keskin vaziyatlardan chiqish, ulat tug’diradigan muammolarni hal etish zarur bo’lganda iqtisodiyotda davlat tomonidan boshqaruv usullari qo’llandi va bunday yondashuv oxir-oqibat o’zini to’la oqladi».4
Davlat boshqaruvi O’zbekiston Respublikasining Konstituttsiyasida ko’rsatilgan quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiriladi: davlat boshqaruvida xalqning keng ishtirok etishi; demokratik markazchilik; fuqarolarning tengligi; qonuniylik.
Ma’muriy huquq subektlari
Ma’muriy huquq ijtimoiy sohaning turli sohalarini tartibga soladigan
davlat hukumat organlarining faoliyati bilan chambarchas bog‘liq. Jamiyatning
hayoti boshqaruvga muhtoj, chunki sanoat ham, qishloq xo‘jaligi ham, madaniyat
va ma’rifat ham o‘z-o‘zidan rivojlanmaydi.
Prezident, davlat boshqaruvi organlarining xizmatchilari, korxonalar,
muassasalar, tashkilotlarning mansabdor shaxslari va xizmatchilari, 16 yoshga
to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan
shaxslar, jamoat birlashmalari ma’muriy huquq subyektlari hisoblanadiDavlat hokimiyatining oliy idorasi — Oliy Majlis qanday qonunlar qabul
qilmasin (harbiy majburiyat, ta’lim tizimini isloh qilish, qo‘shma korxonalar,
ijara yoki onalik va bolalikni muhofaza qilish va hokazo), ularning har
biri ro‘yobga chiqarilishi kerak. Davlat boshqaruvining mahalliy va markaziy
idoralari buning uchun shart-sharoit yaratadi. Davlat boshqaruvining markaziy
idoralariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston
Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |