1-mavzu. O’zbekiston Respublikasining xalqaro huquq subektlari. Huquq shaxs va Davlat munosabatlarining mustahkam asosi



Download 375,65 Kb.
bet8/51
Sana01.01.2022
Hajmi375,65 Kb.
#294901
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   51
Savol va topshiriqlar
1. BMT qachon va nima maqsadda tashkil etildi?

2. Nizolarni hal qilishda BMTga a’zo davlatlar qanday tamoyillarga

asoslanib ish ko‘rishadi?

3. BMTning asosiy tashkilotlarini va ularning vazifalarini sanab

o‘ting.

4. Davlatlar o‘rtasidagi nizoli masalalarni hal qilishda BMT



Xalqaro sudi qanday o‘rin tutadi?

3-mavzu- Qonunning ustuvorligi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning asosiy qonuni

Reja:


1. Konstitutsiyaviy huquq fani haqida tushuncha.

2. Konstitutsiyaviy huquq fanining vazifalari.

3. Konstitutsiyaviy huquq tarmog‘i.

Konstituttsiya haqida tushuncha.



Huquqiy tartibga solinadigan ijtimoiy munosa­batlarning xilma-xilligi ko’plab huquqiy normalarning mavjud bo’lishi va amal qilinishini taqozo etadi. Ularni o’rganish bilan turli sohadagi yuridik fanlar shug’ullanadi. Ularning har biri mahlum ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy normalar­ning alohida guruhini o’rganadi.

Konstituttsiyaviy huquq fani huquqshunoslikning muhim tarmog’i bo’lib, uning asosiy vazifasi Konstituttsiyaviy huquq sohasini o’rganishdan iborat. Konstituttsiyaviy huquq fani huquqning shu tarmog’iga xos rivojlanish qonuniyatlarini, uning xususiyatlari, belgilari, normalari va institutlari bilan munosabatini o’rganadi.

Konstituttsiyaviy huquq - muayyan bir davlatning huquqiy normalar tizimi bo’lib, o’sha davlatda fuqaro­larning jamiyat va davlat oldidagi huquqiy holatini, jamiyat boshqaruvi asoslarini, davlat organlari va jam­oat birlashmalarining mamlakatdagi huquqiy maqo- mini belgilab beradi.

Konstituttsiyaviy huquq fani Konstituttsiyaviy hu­quq institutlarining O’zbekiston Respublikasi musta- qilligini rivojlanitirishdagi, ijtimoiy kafolatlangan bozor iqtisodiyotiga o’tishdagi amaliy vazifalarni, huquqning bu tarmog’iga kiradigan huquqiy normalar va institutlarning faoliyat samaradorligini oshirishga doir muammolarni tadqiq etadi. Bu fan Konstituttsiya­viy huquqning huquqiy normalarini va institutlarinigina o’rganib qolmasdan, ushbu Konstituttsiyaviy huquq normalarini tartibga soladigan ijtimoiy munosabat- larning, yahni Konstituttsiyaviy huquq mohiyatini va xususiyatini o’rganadi.

Mahlumki, yuridik fanning har bir sohasi jamiyat­ning mahlum bir davlat huquqiy tuzilishini o’rganadi.

Konstituttsiyaviy huquq fanining vazifalari



O’zbekiston Respublikasida siyosiy, ijtimoiy,madaniy vazifalarni amalga oshirish bilan bog’- liq ijtimoiy munosabatlarni rivojlanitirishga, davlat mustaqilligini huquqiy tahminlashga, hu­quq va erkinliklarni amalga oshirishga faol tahsir ko’rsatish Konstituttsiyaviy qonunchilik va Konstituttsiyaviy huquq fanining muhim vazi- ^fasidir.

Fanning vazifalariga, shuningdek, Konstituttsiyaviy huquqning asosiy manbayi bo’lgan Konstituttsiyani, Konstituttsiya to’g’risidagi tahlimotlarni, O’zbekiston Konstituttsiyaviy rivojlanishining asosiy bosqichlarini, ularning asosiy mazmuni va xususiyatlarini o’rganish kiradi.

Konstituttsiyaviy huquqqa mansub yuridik normalar Konstituttsiyaviy huquq normalari deb ataladi.
Bu huquqiy normalar O’zbekiston huquqiy tizimiga kiradigan huquqiy normalar singari ayrim xususiyatlarga ega. Ushbu huquq normalari, umumiy qoidaga binoan mahlum huquqiy xatti-harakat qoidalarini belgilaydi. Konstituttsiyaviy huquqlarning bajarilishi davlat va uning organlari tomonidan majburiy tahminlanadi. Ular mahlum ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga soladi. SHu bilan birga Konstituttsiyaviy normalarning o’ziga xos belgilari, xususiyatlarga ega.

Konstituttsiyaviy huquq normalarining aksariyatini jamiyatning muhim sohalaridagi ijtimoiy munosabat­larni tartibga soluvchi normalar tashkil etadi. Bu toifadagi normalar Konstituttsiyaviy tuzumning asosiy prinsiplarini ifodalaydilar. Mazkur normalar davlat- ning siyosiy yohnalishlari va qonunlarining mukammal bo’lishini, ularga og’ishmay amal qilinishini tahminlab berishga qaratilgan.

Konstituttsiyaviy huquq normalari davlat va jami­yatning siyosiy, iqtisodiy normalari davlat va tashkiliy prinsiplarini ifoda etadi. Konstituttsiyaviy huquq subektlarning huquqiy holatini belgilaydi, davlat organlarining tizimini ularning tashkil qilinishi va ish tartibiga doir qoidalarni mustahkamlaydi. SHuning uchun ham Konstituttsiyaviy huquq normalari boshqa ko’pgina huquqiy tarmoqlardagi normalar singari anhanaviy uch qismdan, yahni gipoteza, dispozitsiya va sanksiyadan tashkil topmagan.

Konstituttsiyaviy normalarning ijtimoiy munosabat- larini tartibga solib turish vazifasi aynan umumiy va keng barcha uchun tegishli prinsiplarni o’rnatish orqali amalga oshiriladi. Jumladan, Konstituttsiyaning birinchi bo’limida mustahkamlab qo’yilgan hokimiyatning bo’linishi, xalq hokimiyatchiligi, Konstituttsiya va qonunlarning ustunligi, tashqi siyosat ana shu prin- siplarga misol bo’la oladi.

Konstituttsiyaviy huquq normalari juda ko’p bo’l- ganligi sababli, ularni hayotda qo’llash va o’rganishni yengillashtirish uchun ular sistemalashtiriladi, yahni ularga tartibga solib turuvchi ijtimoiy munosabatlarning turiga qarab alohida-alohida guruhlar birlashtiradi.

Bir xil ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan normalar yig’indisi Konstituttsiyaviy huquq instituti deb ataladi.

Konstituttsiyaviy huquq huquqiy tarmoqlar tizimida yetakchi o’rinni egallaydi. Uning normalari O’zbekis- ton huquqiy tizimiga kiruvchi institutlarning asosiy- larini tashkil qiladi va jamiyatdagi boshqa eng muhim huquqiy tarmoqlar uchun asos va yohnalish bo’ladiganijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga soladi. Boshqa huquq tarmoqlarining barchasi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda Konstituttsiyaviy hu- quq normalari tomonidan mustahkamlangan prinsip- larga asoslanadi. Masalan, Konstituttsiyaviy huquq nor­malari jamiyat Konstituttsiyaviy tuzumining asosiy prinsiplarini, xususan, davlat suvereniteti, xalq hokimi- yatchiligi, jamiyat ishida Konstituttsiya va qonunlarning ustunligi kabi prinsiplarni belgilaydi.

SHunday qilib, O’zbekiston Respublikasining huqu­qiy tizimiga kiruvchi qaysi bir huquq tarmog’ini olmaylik, ular Konstituttsiyaviy huquq tarmog’i o’rna- tadigan umumiy prinsiplardan kelib chiqadi. SHuning uchun ham Konstituttsiyaviy huquq tarmog’i huquqiy tizimga kiruvchi yetakchi huquqiy tarmoq hisoblanadi.

Download 375,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish