1-Mavzu: O’zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi asoslari Reja



Download 351,81 Kb.
bet27/29
Sana10.03.2022
Hajmi351,81 Kb.
#488430
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
maruza mehnat

Tayanch so‘zlar:

Yong‘inning hisobiy davomiyligi, yong‘in o‘chirishning zaruriy suv miqdori, sun’iy suv xavzalari, yong‘inni o‘chirish vositalari, yong‘in signalizatsiyasi,OVP-5, OXVP-10, OU-2,. OU-55,8 o‘t o‘chirish vositalari, Atmosfera elektri, elektrostatik induksiya, chiziqsimon yashin, sharsimon yashin, xavo liniyalari.


Suv yong‘inni o‘chirishda eng ko‘p ishlatiladigan vositadir. Suv yonayotgan sirtni sovitadi, suv bug‘i yonayotgan modda modda atrofidagi yonuvchi gazlar va kislorod miqdorini kamaytiradi.


Hajmi 10000 m3 dan katta bo‘lmagan ishlab chiqarishli korxonalar hamda 50 tagacha odam yashaydigan bir-ikki qavatli binolardan tashqari barcha aholi yashaydigan joylar va ishlab chiqarish korxonalari yong‘inga qarshi suv bilan ta’minlanishi zarur. Suv manbaidagi suv miqdori yong‘inni o‘chirishga eng ko‘p sarflanadigan bino uchun yong‘inning hisobiy davomliligi (3soat) mobaynida yong‘inni tashqi tomondan o‘chirishga etadigan bo‘lishi kerak. Aholisining soni





  1. tagacha bo‘lgan qishloq aholisi yashaydigan joylarda yong‘inni o‘chirish uchun hisobiy suv sarfi 5 l|s, 500-5000 aholi yashaydigan joylarda 10 l|s, bundan ko‘p aholi yashaydigan joylarda esa 15l|s hisobida olinadi.

Bitta yong‘inni o‘chirishga sarflanadigan zaruriy suv miqdori quyidagi formuladan aniqlanadi:


Q=3,6 q · t ·n


Agar yaqin orada qulay suv manbai bo‘lmasa, zarur hajmli sun’iy suv havzalari quriladi. SHu maqsadda shaxta va truba quduqlardan ham foydalanish mumkin. Agar suv bilan ta’minlash manbai hisobiy suv sarfini ta’minlamasa, qo‘shimcha suv saqlanadigan rezervuar o‘rnatilishi zarur.


O‘t o‘chirish jihozlari benuqson holatda bo‘lishi, ularga kelinadigan yo‘llar esa bo‘sh qoldirilishi kerak. YOng‘inni o‘chirishda OVP–5, OXVP – 10, OU- 2, OU- 5,8 o‘t o‘chirgichlardan foydalaniladi.


O‘t o‘chirish va yong‘in signalizatsiyasi sistemalari – odamlar, texnologik jihozlar, moddiy boyliklar, qurilish inshootlari hamda binolarning yong‘in xavfsizligini ta’minlaydigan murakkab texnik qurilmalar kompleksidir. Yong‘insignalizatsiyasi va o‘t o‘chirish ustanovkalari yong‘inning boshlang‘ich kuchayishi davrida avtomatik ishlab ketishi tufayli ular korxonada texnika va yong‘in xavfsizligini ta’minlaydigan jihozlar bilan bir qatorga qo‘yiladi. Yong‘indan avtomatik jihozlash (APZ) sistemasi avtomatik yong‘in signalizatsiyasi va avtomatik o‘t o‘chirish ustanovkalaridan iborat.


Qanday o‘t o‘chirish vositasidan foydalanishga qarab, avtomatik o‘t o‘chirish ustanovkalari suvli (suvni yaxlit purkab, to‘zitib sepadigan); suvli – ximiyaviy (ximiyaviy moddalarning suvdagi eritmalari); ko‘pikli (havo-mexanik ko‘pik); gazli (karbonot angidrid, galoidlangan uglevodorodlar, gazlar); kukunli (PS,SI va boshqa tipdagi kukunli tarkiblar); aralash (ko‘pik hamda kukun, suv va gaz va hakozo) bo‘lishi mumkin.


Avtomatik o‘t o‘chirish sistemalari o‘tni o‘chirish metodiga ko‘ra sirtdan, hajmiy va lokal o‘chirish sistemalariga ajratiladi. Sirtdan o‘chirish sistemasidan himoyalanadigan maydonning istalgan joyida yong‘in chiqishi mumkin bo‘lgan hollarda foydalanish tavsiya etiladi. O‘t o‘chirish vositalari sifatida to‘zitilgan suv, ko‘pik va kukunlar ishlatiladi. Himoyalanadigan maydonning katta-kichikligi turlicha bo‘ladi.


Hajmiy o‘chirish sistemasini har qanday joyida yong‘in chiqishi mumkin bo‘lgan xonalarning butun hajmini himoyalash uchun qo‘llash tavsiya etiladi. O‘t o‘chirish vositalari sifatida karbonot angidrid, gazlar, bug‘ va yuqori qirraliqdagi


(300-500 va bundan yuqori) ko‘piklardan foydalaniladi. Himoyalanadigan xonaning o‘lchami hajmiga qarab cheklanadi, masalan, o‘t o‘chirish uchun bug‘dan foydalanilganda, xonaning hajmi 500 m3 , karbonot angidriddan foydalanilganda –


3000 m3 , karralikdagi ko‘pik ishlatilganda 5000 m3 bo‘lishi kerak.
Lokal o‘t o‘chirish sistemasi texnologik apparat va jihozlarni xonalarda va

ochiq havoda joylashgan boshqa ob’ektlarni himoyalash uchun tavsiya etiladi.


Lokal o‘t o‘chirish ustanovkalarida o‘t o‘chirish


vositalarining hamma turlaridan foydalaniladi.Avtomatik o‘t o‘chirish ustanovkalarining nasos stansiyalarida (nasoslar kamida ikkita bo‘ladi – ulardan bittasi ish nasosi, boshqasi esa rezerv nasos hisoblanadi), odatda ikkita elektr bilan ta’minlash manbai bo‘lishi, ular bino ichidagi birinchi va podval qavatlarida, o‘tga chidamlilik chegarasi 0,75 soat bo‘lgan yonmaydigan devorli hamda pardevorli , tashqari yoki zinaga alohida chiqish yo‘li bo‘lgan isitiladigan alohida xonalarda joylashtirilishi kerak. Bu xonalarda yorug‘lik signalizatsiyasi bo‘lishi lozim. Suv baklari, rezervuarlar, gidropnevmatik baklar va boshqalardagi tegilmaydigan (daxlsiz) yong‘inga qarshi suv zapasi quyidagicha olinishi kerak; o‘t o‘chirish nasoslari qo‘l bilan avtomatik ishga tushiriladigan bo‘lsa – suv zapasi yong‘inni ichki yong‘in jo‘mraklari bilan 10 min davomida o‘chirishga, avtomatik o‘t o‘chirish ustanovkalari tashqarida joylashganda esa o‘t o‘chirish nasoslarining bir soat ishlashiga etadigan bo‘lishi lozim.

Avtomatik yong‘in signalizatsiyasi qurilmasi yong‘inni aniqlash va u paydo bo‘lgan joy hakida xabar berish priborlaridan tashkil topgan. Bu priborlar jumlasiga dastaki va avtomatik xabarlagichlar, qabul qilish stansiyasi, ta’minlash qurilmasi va liniyaviy inshootlar kiradi. Ishlash prinsipiga ko‘ra avtomatikxabarlagichlar quyidagi xillarga:


a) atrof-muhitning berilgan temperaturasiga reaksiya ko‘rsatadigan issiklik xabarlagichlarga;
b) yonishda ajralib chiqadigan tutun va gazlarga reaksiya ko‘rsatadigan tutun xabarlagichlarga;

c) ochiq alanga paydo bo‘lishiga


d) reaksiya ko‘rsatadigan yorug‘likxabarlagichlarga;
e) atrof-muhit temperaturasining ko‘tarilish tezligiga reaksiya ko‘rsatadigan differensial xabarlagichlarga;
f) bir yo‘la ham issiqlikka, ham tutunga, ham yorug‘likka reaksiya ko‘rsatadigan aralash xabarlagichlarga bo‘linadi.

Havo muhitining nisbiy namligi 80 % dan oshmaydigan, yong‘in chiqqanligini temperaturaning ko‘tarilishiga qarab aniqlash mumkin bo‘ladigan xonalarda avtomatik yong‘in signalizatsiyasini loyihalashda ATIM-3, ATP – 3M issiqlik xabarlagichlari ishlatiladi. Mexanik shikastlanishi mumkin bo‘lgan joylarda o‘rnatiladigan xabarlagichlar himoya qurilmalari bilan ta’minlanishi lozim. Issiqlik xabarlagichli avtomatik yong‘in signalizatsiyasini loyihalashda bitta xonada kamida 2 ta xabarlagich ko‘zda tutilishi kerak. YOng‘in signalizatsiyasi stansiyasining bitta nuri bitta qavatda joylashgan xonalarni himoya qilishi lozim. Ishlab chiqarish binolarining kamida beshta xona bitta nur bilan himoyalanishi kerak, lekin buning uchun ular yonma-yon joylashishi yoki ularning hamma eshiklari umumiy koridorga ega bo‘lgan o‘nta xonasini bitta nur bilan himoyalanadi. Stansiyaning bitta nuriga 50 tagacha xabarlagich ulanishi mumkin. Avtomatik issiqlik xabarlagichlari, xonaning balandligidan qat’i nazar, yonish ehtimoli eng ko‘p bo‘lgan va yong‘in manbaidan qiziydigan, issiq havo to‘planadigan zonada shipda o‘rnatiladi. Xabarlagichlarni devorlarda shipdan ko‘pi bilan 0,5 m masofada o‘rnatishga yo‘l qo‘yiladi. Juda ko‘p miqdorda tutun ajralib biqsib yonish ehtimoli yuz beradigan hollar uchun avtomatik tutun xabarlagichlari ID-1M, DIP-1 tipidagi xabarlagichlar loyihalanadi. Tutun xabarlagichlari havosining temperaturasi 30 dan 50 0S gacha o‘zgarib turadigan xonalarga, balandligidan qat’iy nazar, devorlardan ko‘pi bilan 5 m masofada o‘rnatilishi lozim.


Avtomatik yorug‘lik xabarlagichlari sahni katta va baland, yong‘in chiqishiga ochiq alanga sabab bo‘ladigan xonalarga o‘rnatiladi. Yorug‘lik xabarlagichlari havo temperaturasi 10-40 0S gacha o‘zgarib turadigan, havosining nisbiy namligi 80 % gacha bo‘ladigan berk xonalarga o‘rnatiladi. Yorug‘lik xabarlagichlari ularga quyosh nuri bevosita ta’sir etishidan himoyalangan bo‘lishi zarur.


Atmosfera elektri, yashinlar elektrostatik induksiya va yashin razryadning elektromagnit induksiyasi ko‘rinishidan namoyon bo‘ladi.


Yashinlarning ikkita asosiy turi bo‘ladi: chiziqsimon va sharsimon.

Chiziqsimon yashinlar eng ko‘p uchraydi va ular bulutlar orasidagi yoki bulutlar bilan er orasidagi razryadlardan iborat bo‘ladi. Ular sekundning o‘n mingdan bir ulushi davomida sodir bo‘ladi. Odatda, bular tarmoqlangan va ravshan yorishadigan razryadlar bo‘lib, bunda momaqaldiroq bo‘ladi va o‘nlarcha, ba’zan esa ikki yuz kiloamperdan katta tok o‘tadi. Chiziqsimon yashin bevosita urganda eng xavfli bo‘ladi, bunday urish yaqin atrofdagi narsalardan balandroq narsalarda sodir bo‘ladi.


Shu sababli, yashin vaqtida tepalikda bo‘lgan odam tepalikda ham qolmasligi, jarga ham tushmasligi, yaxshisi, tepalik yon bag‘riga, ayniqsa katta toshlar orasiga yoki qumli qiyaliklarga tushib, yashinning tamom bo‘lishini kutishi kerak, chunki bu erda tuproqning elektr qarshiligi katta va bu erni yashin urish ehtimoli ham bo‘ladi.

Yashin razryadlarining ikkilamchi hodisalari (ikkinchi marta paydo bo‘lishi) tufayli odamlar va hayvonlar shikastlanishi mumkin. Daraxtni yashin urganda uning ildizlaridan atrofga juda katta tok tarqaladi. Shuning uchun yashin bo‘lganda yolg‘iz turgan daraxt yoki etakdagi daraxtlar tagiga, o‘rmondagi boshqalardan balandroq daraxtlar tagiga berkinish mumkin emas. Havodan o‘tkazilgan elektr liniyalari yaqinida turish ham xavflidir.


Havo liniyalari bilan bog‘langan ichki elektroo‘tkazgich radiotranslyasiya yoki telefon simlarida atmosfera o‘ta kuchlanishlari paydo bo‘lishi tufayli sodir bo‘ladigan razryadlar odam va hayvonlarni shikastlashi, shuningdek, yong‘inlarni keltirib chiqarishi mumkin. Havo liniyasini bevosita yashin urganda yoki liniyaga yaqin joyda yashin razryad bo‘lgan vaqtda o‘ta kuchlanishlar simlar bo‘ylab bino ichiga kiradi. Momaqaldiroq vaqtida o‘tkazgichga bir necha santimetrga yaqinlashganda, masalan, elektr lampochkalarni yoqish va o‘chirish, radioni ulab-uzish xavfli bo‘lishi mumkin. Momaqaldiroqdan himoya bo‘lmaganida yoki u noto‘g‘ri qurilganida esa o‘tkazgichdan 2 m va undan ortiq masofada ham odamlar zararlangan hollar bo‘lgan. Binoga yashinning bevosita kelib tushishidan yoki bino

ichidagi elektrostatik va elektromagnit induksiyadan faqat odamlargina shikastlanib qolmasdan, balki yong‘in chiqishi va portlashlar yuz berishi, tosh va betondan qurilgan inshootlar buzilishi, havo liniyalarining yog‘och tayanchlari parchalanib ketishi va izolyasiya shikastlanishi mumkin.





Download 351,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish