3.Mamlakatda barkamol avlodni shakllantirishning yangi bosqichi.
Tayanch so‘zlar: yoshlar, bola huquqi, yoshlar huquqi, yoshlar siyosati, davlatning yoshlarga oid siyosati, yoshlarning mustaqil pozitsiyasi, barkamol avlod, yoshlar, yoshlar tashkiloti, yoshlar bandligi, yoshlar siyosati ob’ekti va sub’ekti, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, yosh tadbirkorlar, yoshlarni ijtimoiy himoya qilish.
1.YOshlar huquq erkinliklari xalqaro huquqiy asoslarini shakllanishi va rivojlanishi
Insoniyati tarixi bir necha ming yilliklar ichida yoshlarni alohida ijtimoiy qatlam, jamiyatining barcha bilan teng a’zosi sifatida o‘rniga unchalik ahamiyat bermay keldi. Va nihoyat, fuqarolik jamiyati kurtaklari va unsurlari paydo bo‘lganidan keyin yoshlarning jamiyatdagi o‘rni masalalari ko‘tarila boshlandi. AQSHda 1776 yilda, Fransiyada 1849 yilda inson huquqlarini himoyalash masalalari ko‘tarilib, uning tarkibiy qismi sifatida yoshlar va bolalar huquqlarini himoyalash g‘oyalari ilgari surila boshlandi. Dastlab, 1833 yilda Angliyada 9 yoshgacha bo‘lgan bolalarni fibrikalarda ishlatish ta’qiqlandi. 1896 yilda Germaniyada o‘z bolalariga tazyiq qiladigan ularni tahqirlaydigan, yoki ularga g‘amxo‘rlik qilmaydigan ota-onalarni jazolashga doir qonun qabul qilindi. 1899 yilda AQSHda dastlabki yuvenal358 sudlar tashkil topdi.
1919 yilda jahon xalqaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tuzilgan Millatlar Ligasi Bolalar ravnaqi qo‘mitasini ta’sis etdi. U o‘z e’tiborini qarovsiz qolgan bolalar, etimlar va qullikka tushib qolgan bolalarga qaratdi. Bu paytda bolalar himoyasiga doir nodavlat tashkilotlar shakllana boshladi. Bolalarni qutqarish xalqaro ittifoq (Save the Children International Union) birinchi jahon urushidan keyin tuzildi. 1924 yil 24 sentyabrda Millatlar Ligasininn Bosh Assambleyasi Bola huquqlari Jeneva deklaratsiyasini qabul qildi.
1959 yil 20 noyabrda BMTning Bosh Assambleyasi Bola huquqlari deklaratsiyasini qabul qildi. SHu davrdan boshlab 20 noyabr Bola huquqlari kuni sifatida nishonlanib kelinmoqda. 1995 yilda BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan “YOshlar bo‘yicha umumjahon harakatlar dasturi” qabul qilindi. Ushbu dastur har bir mamlakat miqyosida tegishli chora-tadbirlar ko‘rilishi, butun dunyoda yoshlar sharoiti, holatini yaxshilashga qaratilgan xalqaro loyiha va dasturlarning amalga oshirilishi uchun mustahkam zamin va yo‘l-yo‘riqlarni ta’minlab berdi.
Mazkur dasturni hayotga tadbiq qilish uchun, avvalambor, yoshlar orasida asosiy inson huquqlari va erkinliklarining to‘liq bajarilishi, amalga oshirilishini ta’minlash, hamda barcha mamlakatlar bunday huquq va erkinliklarning buzilishiga qarshi aniq choralarning ko‘rishi, kamsitmaslik, bag‘rikenglik, xilma-xillikka hurmat, turli diniy va etnik qadriyatlarga, madaniy, falsafiy qarashlarga hurmat tamoyilini ilgari surishi, barcha ayol va erkaklar uchun imkoniyatlar tengligi, hamnafaslik, xavfsizlik, jamiyat hayotida ishtirok etish imkoniyatlarini yaratishi, kafolatlashi talab qilinadi.
BMT tizimi barcha mamlakatlarni bolalar va yoshlarga sarmoya ajratishga chorlaydi. Qolaversa, BMT mamlakat hukumatlariga tegishli siyosat, loyiha va dasturlarni ishlab chiqishga va amalga oshirishga yordam beradi. Dunyoning har bir mamlakatida BMT agentliklari bolalar va yoshlar holatini tahlil qilib boradi, muayan sohalarga mablag‘ ajratilishi lozimligi haqida jamoatchilikni xabardor qilib boradi, barcha mamlakatlar qo‘llashi mumkin bo‘lgan samarali strategiyalarni yig‘ib, ularni targ‘ib qilishga intiladi.
Hozirgi kunga kelib dunyo aholisining 18%ini yoshlar tashkil etmoqda. Bu nisbiy ko‘rsatkich albatta. Ma’lumki, bugungi kunda jahon mamlakatlarida «yoshlar» tushunchasi turlicha tasnif qilinadi. Masalan, Evropa Ittifoqi davlatlarida aholining 16 yoshdan 30 yoshgacha (ba’zan 35 yoshgacha) bo‘lgan vakillariga yoshlar sifatida qaraladi. YUNESKO esa 17 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlarni yoshlar sirasiga kiritadi. Aksariyat MDH davlatlarida esa (jumladan, O‘zbekiston Respublikasida ham) 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lganlar yoshlar hisoblanadi. Bugungi kunga kelib yoshlarga oid siyosat yuritish, bu borada muayyan siyosiy institutlar, jamoat tashkilotlarining faoliyat olib borishi ko‘plab rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar qonunchiligida salmoqli o‘rin tutadi.
Hozirgi davrdagi yoshlarga oid davlat shakllanishi va tarixi XX asrning 60-80 yillarida BMT tomonidan yoshlar ijtimoiy qatlamiga bo‘lgan munosabatning yangicha prinsiplarini belgilab berilgan qator hujjatlar qabul qilinishi bilan uzviy bog‘liqdir. 1965 yilda BMT Bosh Assambleyasining “YOshlar o‘rtasida tinchlik g‘oyalari, millatlararo o‘zaro hurmat va tushunishni targ‘ib etish to‘g‘risidagi Deklaratsiya”si e’lon qilinishi bilan yoshlarning ijtimoiy muammolari tashkilot e’tibor markazidagi vazifaga aylandi. YUNESKO yo‘nalishida yoshlar muammolariga daxldor yuzdan ortiq hujjatlar qabul qilindi. Aynan YUNESKO tashabbusi bilan 1985 yildan YOshlar masalalari butunjahon kongressi faoliyat ko‘rsata boshladi va shu yil BMT tomonidan “Xalqaro yoshlar yili” deb e’lon qilindi.
Xalqaro huquqiy aktlar asosida 2008 yil 7 yanvarda O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Mazkur qonunning 10-moddasida bolalarning erkinlik va daxlsizlik huquqini himoyalashga doir quyidagi huquqiy asoslar belgilandi:
Har bir bola erkinlik, shaxsiy daxlsizlik, turar joyi daxlsizligi va xat-xabarlarini sir tutish huquqiga ega.
Har bir bola o‘z sha’ni va qadr-qimmatiga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga g‘ayriqonuniy aralashuvlardan himoyalanish huquqiga ega.
Bola qonunga asoslanmagan holda ushlab turilishi, hibsga olinishi, qamoqqa olinishi mumkin emas.
Davlat bolaning shaxsi, turar joyi daxlsizligini, xat-xabarlari sir tutilishini ta’minlaydi hamda bolani ekspluatatsiyaning barcha shakllaridan, shu jumladan jismoniy, ruhiy va jinsiy zo‘ravonlikdan, qiynoqqa solishlardan yoki shafqatsiz, qo‘pol yoxud inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa shakldagi muomaladan, shahvoniy shilqimliklardan, jinoiy faoliyatga, fohishalik bilan shug‘ullanishga jalb etilishdan himoya qilishni amalga oshiradi359.
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab bolalar huquqini himoya qilish huqiy asoslarini rivojlanishi asnosida bolalar va yoshlar huquqlarini kafolatlash davri boshlandi. Bu davrdan boshlab qator rivojlangan davlatlarda yoshlar huquqini himoyalash, yoshlarga doir davlat siyosatlari rivojlanib, ular hayotda qo‘llana boshladi. Xususan, Fransiyada yoshlar siyosati YOshlar, sport va ijtimoiy tashkilotlar bilan ishlash vazirligi tomonidan amalga oshirilib, unga ta’lim, madaniyat va kommunikatsiya hamda bandlik bo‘yicha tegishli vazirliklar ko‘maklashadi. Fransiyada ishsiz aholining ko‘pchiligini yoshlar tashkil etganligi bois, ushbu muammolarni hal etish maqsadida “YAngi xizmatlar, yangi ish o‘rinlari” davlat dasturi joriy qilingan. SHuningdek, yoshlarning huquqlarini himoya qilish uchun “Imkoniyatlar tengligi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan bo‘lib, ushbu qonun mamlakatdagi xususiy korxona va tashkilotlarga yoshlarni ishga qabul qilish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklaydi. Bundan tashqari, Fransiyada madaniyat sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish borasida ham ko‘pgina ishlar qilinmoqda.
AQSHning yoshlar borasidagi davlat siyosati o‘ziga xosligi, ya’ni, mazkur siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishda bevosita yoshlarning o‘zlari ishtirok etishi bilan boshqa mamlakatlardan ajralib turadi. Hozirgi kunda Amerika yoshlari orasida narkotik moddalar iste’moli, jinoyatchilik va irqchilik bilan bog‘liq muammolar avj olgan. SHundan kelib chiqib, ushbu muammolarni hal etishga qaratilgan ko‘pgina qonunlar qabul qilinib, amalga tatbiq qilingan. Ayni paytda AQSHda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish yuzasidan 400 dan ortiq dasturlar ishlab chiqilgan. SHundan eng ko‘p a’zolarga ega bo‘lganlari “YOshlarni himoyalash ligasi”, “Talabalar ocharchilikka qarshi”, “Tashqariga nazar”, “YOrdam” (“Xelp”) hamda Qutqaruv armiyasi kabilar hisoblanadi. Mazkur harakatlar AQSHning barcha kasb-hunar o‘quv muassasalaridagi yoshlarni qamrab olgan. AQSHda “YOshlar siyosati konsepsiyasi”ni amalga oshirishda davlatning roli birmuncha oz bo‘lib, bu jarayonga, asosan, xususiy tashkilotlar keng jalb qilingan. Davlat yordami ijtimoiy himoyaga o‘ta muhtoj bo‘lgan yoshlarga qat’iy chegaralangan miqdorda ko‘rsatiladi. AQSHda yoshlar siyosati davlat idoralarining alohida bir faoliyat sohasi hisoblanmaydi, yoshlar muammolari yuzasidan bir necha vazirliklar ish olib borishadi. Jumladan, Mehnat vazirligi yoshlarning bandligi, Adliya vazirligi jinoyatchilik, Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot vazirligi esa yoshlar hamda o‘smirlarning sog‘ligi borasidagi muammolar bilan shug‘ullanishadi. YOshlar bilan ishlashda siyosiy tashkilotlar, sport muassasalari hamda diniy tashkilotlarning o‘rni ham baland. “YOsh respublikachilar” milliy federatsiyasi hamda “Amerikaning yosh demokratlari” AQSHdagi eng katta yoshlar siyosiy birlashmalari hisoblanishib, ular mamlakatdagi ikki yirik siyosiy partiyaning yoshlar bo‘yicha rasmiy tashkilotlaridir. YOshlar siyosiy tashkilotlarining asosiy maqsadlaridan biri yoshlarni siyosiy hayotga jalb qilish, ularning davlat siyosatidagi o‘rnini rivojlantirishga qaratilgan. SHuningdek, AQSHda “Lyuteranlik ligasi” va “Katolik yoshlarning milliy federatsiyasi” kabi diniy, milliy yoshlar tashkilotlari ham faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Buyuk Britaniya davlatining yoshlar bo‘yicha olib borayotgan siyosati misolida davom ettiradigan bo‘lsak, bu mamlakat ushbu sohada uzoq tarixga ega bo‘lib, o‘zining ko‘p qirraliligi bilan Evropaning boshqa davlatlaridan ajralib turadi. Jumladan, Angliyadagi siyosat yoshlar bilan bog‘liq barcha jabhalarni qamrab olgan bo‘lib, ular orasida ta’lim sohasi eng yuqori o‘ringa qo‘yilgan. Ingliz yoshlarining aksariyat qismi turli tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan “yoshlar klub”lariga a’zo bo‘lib, ularning yoshlar borasidagi tadbirlariga keng jalb qilingan. SHuningdek, ushbu davlatda yoshlarning “ko‘ngilli harakatlari” o‘ta rivojlangan bo‘lib, kichik shahar va tumanlar miqyosida davlat siyosatini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur harakatlarni moliyalashtirish davlat tomonidan amalga oshirilib, faoliyati davomida, asosan, qiyin vaziyatlarda qolgan tarafdorlarining muammolarini hal etishga harakat qilinadi. SHu bilan birga, yoshlar madaniy va ijtimoiy sohalarda o‘z faolliklari bilan aholining boshqa qatlamlariga nisbatan ajralib turadi. Angliyadagi yoshlar tashkilotining kamchiliklaridan biri ularning davlat boshqaruvidagi roli qat’iy emasligidadir. Ushbu holat davlat boshqaruvi tizimi konservativ tamoyillarga asoslanganligi bilan xarakterlanadi360.
Evropa davlatlari orasida Germaniyaning yoshlar borasidagi davlat siyosati o‘ziga xos xususiyatga ega. Nemis yoshlar siyosatining mohiyati shundaki, unda asosiy e’tibor 18-27 yoshdagi aholining ijtimoiy bandligiga qaratilgan. Bundan tashqari, ushbu siyosat fuqarolarning qonuniy himoyasi hamda ularning ijtimoiy va individual rivojlanishini ham ko‘zda tutadi. Mamlakatning deyarli barcha katta shaharlarida yoshlarga tegishli bo‘lgan ko‘pgina kompaniyalarga qarashli maxsus markazlarni uchratish mumkin. Ushbu markazlar faoliyati yosh fuqarolarning ishga joylashishi bilan bog‘liq muammolarni hal etishga qaratilgan, bu esa davlatning ishsizlik borasidagi siyosati samarali amalga oshishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur ishlarning mas’uliyati Oila va yoshlar vazirligiga yuklatilgan bo‘lib, ushbu vazirlik qoshidagi yoshlar masalalari bo‘limi bevosita mazkur sohadagi turli loyihalarni amalda qo‘llash bo‘yicha o‘z faoliyatini olib boradi. SHu bilan birga, Germaniyada yoshlarning axloqiy qarashlari va ularning madaniy savodxonligini oshirish ishlari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar tuzilgan bo‘lib, ularning harakatlari jamiyatning etuk shaxslarini kamol toptirishga qaratilgan.
YAponiyada yoshlar siyosati muhimligi inobatga olinib, mazkur sohada olib borilayotgan ishlar milliy siyosat darajasiga olib chiqildi. YAponiyada BMTning “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyasiga asoslanib yoshlar borasidagi davlat siyosatini amalga oshirish uchun Milliy assambleya tashkil etildi. Mazkur tashkilot asosan 4 ta dastur asosida ish olib boradi. Birinchisi, “Milliy harakat” dasturi bo‘lib, u asosan kuch va vositalarini Assambleya faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiradi. Ikkinchisi, “Hayot yo‘lini tanlashga ko‘maklashish” dasturi 2007 yilda tasdiqlangan bo‘lib, uning faoliyati yoshlarni kasb tanlashga yo‘naltirish, ularning turli iqtidorlarini o‘rganishga qaratilgan. Uchinchisi, “O‘smirlar orasida huquqbuzarlikning oldini olish choralari” dasturi bo‘lib, uning asosiy maqsadi yoshlar orasidagi jinoyatchilikka qarshi kurashishda davlat organlariga yaqindan yordam berish hamda yoshlarning jinoiy xatti-harakatlarini o‘rganish markazlari bilan hamkorlikni amalga oshirishdan iborat. So‘nggi, “OITSga qarshi kurash” dasturi o‘z ichiga yoshlar orasida ushbu kasallikning kelib chiqish sabablarini o‘rganishga qaratilgan turli maslahatlar berish va boshqa tadbirlar o‘tkazishni nazarda tutadi361.
Hozirgi davrda yoshlarga oid davlat siyosati davlatning yoshlarga, yoshlar tashkilotlariga munosabatida, shuningdek qonun chiqaruvchi, ijroiya, sud hokimiyati sohalarida yoshlarni huquq va erkinliklarini ta’minlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishda o‘z ifodasini topadi. Bu siyosatning mazmun-mohiyati yosh avlodning ijtimoiy jihatdan rivojlanishi uchun ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, tashkiliy shart-sharoit yaratib berish, ularning hayotda o‘z yo‘lini tanlab olishlari, intellektual, ma’naviy va jismoniy jihatdan kamol topishini ta’minlash, yoshlarning ijodiy iqtidori va salohiyatini shaxsiy va mamlakat manfaatlari yo‘lida ro‘yobga chiqarish demakdir. SHuningdek, yoshlar siyosati yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bilan bir vaqtda, yosh avlodning mehnat va ijodiy faoliyati uchun muhim va zarur bo‘lgan innovatsiyaviy va ishlab chiqarishga doir jihatlarni ham o‘ziga qamrab oladi. Bu yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda yoshlarni jamiyatni rivojlantirishning asosiy va muhim resurslaridan biri sifatida e’tirof etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |