1. Moslashtiriluvchi model. Ijtimoiy va iqtisodiy hamda siyosatni shakllantirish va amalga oshirishda tadbirkorlar uyushmalari davlat bilan birga kasaba uyushmalari ham ishtirok etadi. Bu model uchun jamoaviy-shartnomaviy jarayonning yuqori darajali markaz-lashuvi xos.
2. Aksilkasaba uyushmaviy model. Ijtimoiy sohada qarorlar qabul qilish jarayonida kasaba tashkilotlari rolini boqichma-bosqich kamaytirib borish, bunda jamoaviy shartnomalar samaradorligining pastligi sabab qilib ko‘rsatiladi.
3. Plyuralistik model. Jamoaviy muzokaralar nomarkazlash-tiriladi va alohida korxonalar, ba’zan esa ularning filiallari darajasigacha tushiriladi. Birinchi model Skandinaviya, Avstraliya, Niderlandiya, qisman Germaniya va SHveysariya; ikkinchisi – Fransiya, Italiya (1950 y.); uchinchisi – Buyuk Britaniya, Kanada va YAponiyaga xarakterli hisoblanadi347.
SHimoliy Evropa mamlakatlari – SHvetsiya, Finlyandiya, Norvegiya, Belgiyada keng tarqalgan modelga ko‘ra, davlat mehnat munosabatlari va ularni boshqarishda faol qatnashadi. Bundan tashqari, mazkur modelda umummilliy, tarmoq va korxona-muassasa darajasidagi sherikchilik muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, Belgiyada umummilliy darajada mehnat bo‘yicha milliy kengash faoliyat yuritadi. Unga har uchala hamkor hisobidan teng sonli ishtirokchilar kiritilgan. Davlat qonunchilik vazifasini o‘z zimmasiga oladi. Tarmoq darajasida esa «paritet komissiyalar» tuziladi. Korxona-muassasa darajasida masalalar ikki tomonlama, ya’ni ish beruvchi – kasaba uyushmasi munosabatlari asosida kechadi. Ba’zi mutaxassislarning fikricha, aynan mana shu sherikchilik tufayli jamiyatda ijtimoiy barqarorlik saqlab qolinmoqda348.
AQSH, Kanada, YAponiya va Lotin Amerikasi mamlakatlarida ijtimoiy sheriklik korxona-muassasa darajasida amal qilishi bilan ajralib turadi. Bunda ish beruvchilar birlashmalari xuddi kasaba uyushmalari singari, o‘z vakillari orqali qonun chiqarish jarayoniga, shu orqali ijtimoiy sheriklarga o‘z ta’sirlarini o‘tkazishga urinadilar349.
Germaniya, Avstriya, Gollandiya, SHveysariya kabi davlatlarga xos modelni birinchi va ikkinchi modellarni bog‘lovchi halqa sifatida tasavvur etish mumkin. Bu modelda asosiy e’tibor tarmoq darajasiga qaratiladi. Butun mamlakat miqyosida uch tomonlama kelishuvlar qabul qilinmaydi, balki majburiy bo‘lmagan maslahatlar bilan kifoyalaniladi. Asosiy muzokara jarayoni esa tarmoqlarda kechadi. Korxonalarda jamoa shartnomalari tuzilmaydi. Korxona tarmoq shartnomasiga amal qiladi va uning talablarini bajaradi. Bunday modelni tatbiq etishning shakllaridan biri «namunaviy» shartnomadir. Misol uchun, Germaniya sanoatidagi «JGMetall» kompaniyasining sheriklik shartnomasi uzoq vaqt butun nemis iqtisodiyoti uchun namuna vazifasini o‘tab kelgan.350
Umuman olganda, Evropa Ittifoqi (EI) mamlakatlari darajasida ijtimoiy sheriklik faol rivojlanmoqda. EI uch tomonlama modelni qo‘llab kelyapti. Xususan, 1992 yili Maastrixt shahrida EI ijtimoiy sheriklari tomonidan (Buyuk Britaniyadan tashqari) imzolangan hujjatda ittifoq o‘zining chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish maqsadida ish beruvchilar va ishchilar vakillarini sheriklar sifatida e’tirof etdi351.
Uch tomonlama (tripartizm) modeli 1995 yilda Kopengagen shahrida BMT shafeligida o‘tkazilgan ijtimoiy taraqqiyot mavzusidagi yig‘ilishda ham ma’qullangan. Mazkur anjumanda ijtimoiy taraqqiyotga yolg‘iz bozor mexanizmiga tayangan holda erishib bo‘lmasligi alohida qayd etilgan edi. SHundan kelib chiqqan holda, qashshoqlikka qarshi kurash va ish bilan ta’minlash asosiy vazifalar sifatida belgilab olingan.352 SHu nuqtai nazardan shaxs, jamiyat va davlat munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiluvchi ijtimoiy sheriklik tizimi mahalliy qonun hujjatlari va huquqning qo‘llanish amaliyotini, shu jumladan, chet mamlakatlar qonun hujjatlari va huquqni qo‘llanish amaliyotini (Fransiya, Belgiya, Italiya, Germaniya, Janubiy Koreya, YAponiya, Kanada, Buyuk Britaniya kabi davlatlar tajribasini), shuningdek, xalqaro huquqiy hujjatlarni atroflicha tahlil qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bizga ma’lumki, Fransiya va Germaniyada joylarda ijtimoiy sheriklik loyihalarini rejalashtirish, muvofiqlashtirish, amalga oshirish va moliyalashtirish uchun mas’uliyatning katta qismi hududiy, okrug va munitsipal ta’lim (o‘zini o‘zi boshqarish organlari) zimmasiga yuklatilgan bo‘lsa, YAponiya va Koreya Respublikasida joylardagi davlat hokimiyati organlari NNTlar orasida ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni hal etishga qaratilgan turli dastur va grantlar e’lon qilishni ko‘zda tutuvchi tanlovlarni o‘tkazish huquqiga egaligi belgilab qo‘yilgan.
Ushbu modellarning asosiy maqsadi jamiyatda ijtimoiy kelishuv va muvozanatni qaror toptirish bo‘lsa-da, samaradorlik ko‘rsatkichi bo‘yicha ular bir-biridan farq qiladi. E.Dyurkgeym fikricha, “Tartiblashgan fuqarolik jamiyatining bosh quroli – bu faoliyat turlari, ijtimoiy vazifalarni adolatli bo‘lib berishdan iborat, natijada ijtimoiy omillarga muvaffaqiyatli va samaraliroq faoliyat olib borishga imkon beradi”353. O‘z navbatida, bu turli vazifalarni bajaradigan sub’ektlar murojaati uchun ijtimoiy aloqalar, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini kuchaytirish zaruratini keltirib chiqaradi. Xususan, german modeli uchun ijtimoiy sheriklik demokratiyani mustahkamlash, mehnat munosabatlarini tinch yo‘l bilan hal qilish, ijtimoiy keskinlikning oldini olish vositasi bo‘lsa, skandinav modelida ijtimoiy farovonlik ko‘rsatkichi hisoblanadi. Amerika modeli uchun esa iqtisodiy o‘sishni ta’minlash ustuvorlik qiladi. Avstriyada ijtimoiy sheriklik maslahat kengashlari va qo‘mitalari filiallari, umummilliy va tarmoqlar bo‘yicha esa tenglik asosidagi komissiyalar orqali amalga oshiriladi354.
Ushbu qayd etilganlar ijtimoiy sheriklik g‘oyasining jahon tajribasiga doir uzoq yillik rivojlanish va takomillashish tarixi davomida katta tajriba to‘plangani va undan turli mamlakatlarda xilma-xil yo‘sinda foydalanish mumkinligidan dalolat beradi. Mazkur g‘oyalar siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni saqlash uchun bugungi kundagi faol amaliyotda keng qo‘llanilmoqda. Bu borada ijtimoiy sheriklik butun dunyo mamlakatlari hayoti uchun umumiy tamoyil, ya’ni tinchlik va barqarorlikni shakllantirishga xizmat qiluvchi siyosiy va iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi sifatida namoyon bo‘lmoqda.
YUrtimizda amaliyotga tatbiq etilayotgan ijtimoiy sheriklik modeli shunisi bilan ahamiyatliki, u xalqimizning kayfiyati, huquq va manfaatlarini ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq barcha sohalarni qamrab oladi. Ayni paytda, ijtimoiy sheriklikda qatnashadigan sub’ektlar ko‘lami juda keng bo‘lib, bu jamiyatdagi barcha aholi qatlamlari manfaatlarini samarali ta’minlash imkonini yaratadi. Asosiysi, ijtimoiy sheriklikning “o‘zbek modeli” bugungi zamon talablariga javob beradi. Qolaversa, yuqorida tilga olingan modellarning vaqt sinovidan o‘tgan ijobiy jihatlari ushbu modelda yaqqol ifodasini topgan355.
SHu bilan birga, G‘arb davlatlaridagi bandlik sohasidagi ijtimoiy sheriklikning o‘ziga xos jihatlari ham bor. Bu borada jahon tajribasini atroflicha o‘rgangan M.Mirzakarimova mazkur sohada quyidagi tafovutlar borligiga alohida e’tibor qaratgan:
– “ijtimoiy sheriklik” tushunchasi G‘arbda mehnat va kapital o‘rtasidagi, ishchi va ish beruvchi o‘rtasidagi sheriklik sifatida izohlanadi, bizdagi yondashuvlarga ko‘ra esa jamiyatdagi muayyan ijtimoiy-iqtisodiy muammoni hal qilish yuzasidan turli tuzilmalar o‘rtasidagi sheriklik tushuniladi. G‘arbdagi yondashuv bo‘yicha sheriklikda tomonlar o‘rtasidagi bo‘ysunish tavsifidagi munosabatlar saqlanib qoladi, bizdagi talqinda esa, asosiy e’tibor muammolarni bartaraf etishga qaratiladi, jamiyat manfaatlari shaxsiy manfaatlardan ustun qo‘yiladi, bunga xalqimizning boy ma’naviy-ruhiy qadriyatlari asos qilib olinadi;
– G‘arbda ijtimoiy sheriklik faqat bandlik muammosiga nisbatan qo‘llanilgan bo‘lsa, bizdagi yondashuvlarga ko‘ra, jamiyatdagi barcha ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni (ishsizlik, xotin-qizlar, yoshlar, moliya-kredit sohasi, ekologik, milliy va iqtisodiy xavfsizlik va h.k.) hal qilishga tatbiq etish ko‘zda tutilgan;
– G‘arbdagi talqin bo‘yicha sheriklik munosabatlari uch tomon o‘rtasida, ya’ni ishchi, ish beruvchi va davlat o‘rtasida borsa, mamlakatimizda shakllangan yondashuvga ko‘ra, bu munosabatlarda turli aholi qatlamlari (xotin-qizlar, yoshlar, nogironlar, ishsizlar va b.) manfaatlarini himoya qiladigan nodavlat notijorat tashkilotlari (turli fondlar, xayriya jamg‘armalari, partiyalar, harakatlar, ko‘ngilli tashkilotlar) ham faol qatnashadilar;
– G‘arbdagi talqinda qarama-qarshi sinflarning mavjudligi e’tirof etiladi, bizda esa bozor iqtisodiyoti sharoitida jamiyatda turli aholi guruhlari va qatlamlari, tabaqalarning shakllanishi qayd etilib, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha turli nodavlat notijorat tashkilotlarining tuzilishi rag‘batlantiriladi, ya’ni ularni qo‘llab-quvvatlash faqat kasaba uyushmalari tomonidan emas, ko‘plab boshqa tashkilotlar tomonidan olib boriladi, muammolarini bartaraf qilish ta’minlanadi.
Ijtimoiy sheriklik munosabatlarining istiqbolda yanada rivojlantirilishi mamlakatimizda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning muhim shartlaridan biri bo‘lib qolaveradi356. Ayni shu ma’nodagi falsafiy yondashuv ijtimoiy sheriklik fenomeni, uning ko‘p qirrali ekani va mavjud tajribani turli tadqiqotlarda foydalanish mumkinligi haqida ilmiy taassurotni shakllantirish imkonini beradi. Ijtimoiy sheriklik jamiyatda ehtimolli nizolarni maqbul yo‘l bilan hal etish, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashni ham nazarda tutadi. Keyingi paytlarda turli yo‘nalishdagi ilmiy doira vakillarining unga qiziqishining ortishi mazkur fenomendan hayotning turli jabhalarida foydalanish imkoni borligini ko‘rsatadi.
Alohida ta’kidlash joizki, mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini rivojlantirishda ijtimoiy sheriklikning o‘rnini ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan asoslash va retrospektiv o‘rganish bu borada muhim ahamiyatga molik bir qator jarayonlarga alohida ahamiyat berish zarurligini ko‘rsatadi. Bunda, avvalo, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishda o‘zaro hamkorlikning asosiy xususiyati, ijtimoiy sheriklik tizimi doirasida uning elementlari teng huquqli sub’ektlar kabi namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, ijtimoiy sheriklik o‘z-o‘zidan rivojlanmaydi, uning sub’ektlari bir qator tamoyillarga amal qilinishi talab qilinadi. Asosiy tamoyil ikkala tomon bir-birining fuqaroviy va siyosiy erkinliklariga rioya etishidan iborat.
SHuningdek, ijtimoiy sheriklik tizimi uning muayyan sub’ektlari vakolatchiligi, ijtimoiy siyosat, siyosatning ijtimoiy nazorati rivojiga real ta’sir qilishi, ijtimoiy sheriklar qiziqishlarini amalga oshirishning balansini ta’minlash, kelishuv va shartnomalar vositasida, o‘z-o‘zini boshqarishni rivojlantirish, fuqarolik jamiyatini takomillashtirish, iqtisodiy demokratiyani rivojlantirish, tomonlarning qiziqish va ehtiyojlarini hisobga olgan holda hamda jamiyatda farovon, ijtimoiy barqarorlik muhitini shakllantirish funksiyalarini bajaradi. So‘nggi yillarda ijtimoiy sheriklik sub’ektlari shakllanish jarayoni intensiv ravishda bordi, vaholanki, bu jarayonda qiyin paytlar ham ko‘p bo‘ldi. Ammo asta-sekin davlat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar xarakteri o‘zgara bordi, ular huquqiy-me’yoriy hujjatlar asosida, yanada erkin bo‘lib rivojlanmoqda.
Bundan tashqari, mamlakatimizda ijtimoiy munosabatlar tobora demokratlashib bormoqda, bu esa fuqarolik jamiyati rivojlanishining tarixiy nuqtai nazaridan eng maqsadga muvofiq yo‘lidir. Demokratlashuvning tub mohiyati sifatida ratsional va ijtimoiy oqlangan konsensus namoyon bo‘ladi. Uni, asosan, demokratik an’analar tashuvchisi sifatidagi kasaba uyushmachilik harakati ta’minlaydi. Ular faoliyatining asosiy vazifasi, o‘z navbatida, demokratlashgan fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat. Ijtimoiy sheriklik tizimining shakllanishi jarayoniga siyosiy sub’ektlar o‘rtasida o‘zaro kelishuv va hamkorlik munosabatlarini qaror toptirishga bo‘lgan intilish muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. SHuningdek, O‘zbekistonda ijtimoiy sheriklik tizimini yaratish amaliyoti ko‘proq institutsional va normativ-huquqiy darajada muvaffaqiyatli bormoqda, deb aytishimiz mumkin. Ammo bu borada barcha jabhada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘p.
SHu bilan birga, ijtimoiy sheriklik tizimi sub’ektlarining shakllanishi, umuman olganda, ijtimoiy sheriklik tizimi ham demokratlashgan fuqarolik jamiyati sharoitida amalga oshiriladi. Bu holatda sub’ektlarning qiziqishlari, ijtimoiy va siyosiy jarayonlarining amalda bo‘lishi uchun mafkuraviy, nazariy, tashkiliy-amaliy tartibdagi qator chora-tadbirlar tizimini aniqlash talab etiladi. Ijtimoiy sheriklik tizimi shakllanish qonuniyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin: ijtimoiy sheriklik institut-larining markazda, joylarda, sub’ektlarda shakllantirish; konsensus tipidagi munosabatlarning ketma-ketlikda rivojlantirilishi; fuqarolik jamiyatida ijtimoiy sheriklik sub’ektlari munosabat-larini tartibga soluvchi qonuniy bazani yaratish; ijtimoiy sheriklik sub’ektlari o‘rtasida kelishmovchiliklarni bartaraf etish va qiziqish-larni mos keltirish mexanizmini o‘rganish hamda shakllantirish va undagi ijtimoiy-siyosiy muammolarni nazorat qilish tizimiga kiritish; ijtimoiy sheriklik tizimi sub’ektlari ongi va xatti-harakatida hamkorlik va kelishuv g‘oyasini shakllantirish, ijtimoiy sheriklik institutini legitimlashtirish.
Ayni ma’noda, masalaning muhim jihati shundaki, ijtimoiy sheriklik tizimi va sub’ektlarini shakllantirish barcha jabhadagi faoliyat turlarini qamrab olish, demokratiya va ijtimoiy adolat tamoyili asosida jamiyat ijtimoiy hayotini boshqarish mexanizmining mavjudligini ta’minlash sharoitida mumkin bo‘ladi. Ijtimoiy sheriklik tizimini shakllantirishda muhim va hal qiluvchi rol davlatga tegishlidir. Ijtimoiy sheriklik tizimi shakllanishining mazkur bosqichida davlatning muhim funksiyasi ham joriy vaqtga, ham jamiyat rivojining istiqboldagi maqsadlariga bog‘liq. Bu uning ijtimoiy va siyosiy tizimlari maqsadlariga tashkiliy-huquqiy hamda ijtimoiy sharoitlariga javob beruvchi huquqiy chegaralarni aniqlash, shu bilan birga sheriklik munosabatlari qoidalarini o‘rnatish ham muhim ahamiyatga ega.
Jamiyat hayotida demokratik jarayonning tobora chuqurlashib borishi natijasida davlat hokimiyatiga munosib hamkor kuch sifatida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish institutlari shakllandi. Fuqarolik jamiyati institutlarining faol harakatlari tufayli davlat hokimiyatining mohiyati o‘zgardi va u endilikda demokratik huquqiy davlat shakliga o‘ta boshladi. Ular, ya’ni davlat hokimiyati va fuqarolik jamiyati mamlakatni boshqarishning mustaqil sub’ektlari bo‘lib, bir-birlarini nazorat qiluvchi teng sheriklar sifatida faoliyat yuritmoqdalar. Demokratik boshqaruv tizimiga o‘tgan mamlakatlarda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati tushunchalarini bir-biridan ajratish qiyin bo‘lib bormoqda. CHunki ikkalasining ham pirovard maqsadi erkin va farovon hayot yaratish, adolatli, insonparvar, demokratik jamiyat qurishdan iborat. Ana shu buyuk maqsadni amalga oshirishda davlat va fuqarolik jamiyati subektlarining tayanchi bo‘lgan mahalliy davlat hokimiyati va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatlari hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Bu boradagi tadqiqot shundan, dalolat beradiki, fuqarolik jamiyatidagi sheriklik munosabatlarining o‘ziga xos tomonlari, masalan, davlat va mehnat qiluvchilar ittifoqlari o‘rtasidagi yoki kasaba uyushmalari bilan ishga yollovchi tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlar u yoki bu modelning mazmun-mohiyatini belgilab beradi. Biroq har bir mamlakatga xos turli omillar, ya’ni iqtisodiy rivojlanish modeli, ijtimoiy sheriklik sub’ektlarining obro‘-e’tibori va hokazolarga bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos jihatlar ham bunda o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Ba’zi bir mamlakatlarda ijtimoiy sheriklik jarayonlarini tashkil qilish va boshqarish uzoq muddatli tadrijiy rivojlanish, o‘z-o‘zini rivojlantirish natijasida, boshqalarida esa ma’muriy yo‘l bilan yoki muayyan islohotlar orqali amalga oshiriladi. SHuning uchun ham, mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida tub islohotlar amalga oshirilayotgan bugungi kunda ijtimoiy sheriklik g‘oyasi turli ijtimoiy qatlam vakillarining diqqatini tobora ko‘proq tortayotganligi bejiz emas.
SHuningdek tadqiqot ijtimoiy sheriklik munosabatlari muammo-larini istiqbolda tadqiq etishda quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratish lozimligini ko‘rsatadi:
– insoniyat tarixida va rivojlangan mamlakatlarda ijtimoiy sheriklik munosabatlari takomillashuvi tajribalarini chuqur o‘rganish va ularni umumlashtirish;
– ijtimoiy sheriklik munosabatlarining jamiyatimizda ro‘y berayotgan islohotlar hamda o‘zgarishlarga ta’siri va bunda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zaro hamkorligini mustahkamlash jarayonini tadqiq qilish;
– davlat tashkilotlari va mahalliy boshqaruv idoralarining ijtimoiy sheriklikni tashkil qilish bilan bog‘liq jarayonlar, turli tashkilotlar hamkorligi va o‘zaro munosabatlaridagi rolini aniqlash;
– jamiyatning turli jabhalarida (iqtisod, siyosat, ta’lim, ijtimoiy ta’minot, madaniyat va h.k.) ijtimoiy sheriklik munosabatlarining samarali mexanizmini ishlab chiqish, uni hayotning barcha sohalariga tadbiq etishning maqbul yo‘llari va usullarini izlab topishdan iborat
SHu bilan birga, mazkur masalaga kompleks yondashish, mavzuga tarixiylik va zamonaviylik dialektikasi nuqtai nazaridan qarashgina ushbu fenomenning ichki tuzilishi, elementlari va differensiatsiyasi, uni rivojlantirish dinamikasi asosida mavjud holatni baholash imkonini beradi. Mavzuning mamlakatimiz hayotiga xos xususiyat-larini chuqur o‘rganmasdan va bu boradagi natijalarni hisobga olmay turib, tub demokratik o‘zgarishlar hamda etuk fuqarolik jamiyati talablari darajasidagi ijtimoiy sheriklik tamoyillarini amalga oshirib bo‘lmasligi shubhasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |