1-mavzu. O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi reja



Download 2,15 Mb.
bet76/151
Sana31.12.2021
Hajmi2,15 Mb.
#207920
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   151
Bog'liq
Ma`ruza matni strategiya 1

Tayanch tushunchalar. Islohot, aholi daromadi, yalpi ichki mahsulot, iste’mol savatchasi, infratuzilma, modernizatsiya, muhandislik-kommunikatsiyasi, taqsimlash.
1. O‘zbekistonda aholi bandligi ta’minlash va real daromadlarni izchil oshirilishi bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar.

Har qanday iqtisodiyotning bosh masalasi inson va uning ehtiyojlarini qondirishdan iborat. Bu albatta insonning jamiyatdagi o‘rni, ishlab chiqarilgan moddiy ne’matlarni taqsimlash munosabatlariga bog‘liq bo‘ladi. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasi ishlab chiqarishning holatiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘lsa ham, taqsimot masalasi ham o‘ziga xos muhim o‘rin tutadi. Taqsimlash – bu har bir xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarilgan mahsulotdagi ulushini aniqlash jarayonidir.128

O‘zbekistonda shakllantirilayotgan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti ommaviy farovonlikni mo‘ljal qilib oladi. Unga erishish uchun bozor mexanizmiga xos vositalar ishlatiladi. Hozirgi zamon iqtisodiyoti yuksak rivojlangan texnika-texnologiya, sifatli ish kuchi va taraqqiy etgan menejmentga asoslangani uchun farovonlikni ta’minlaydigan yuqori mehnat unumdorligiga erishadi. YUksak ishlab chiqarishga asoslangan iqtisodiyotda insonparvarlik prinsiplari amal qilishi uchun zamin yuzaga keladi. Ammo farovonlikni ta’minlash insoniylik bilan bir qatorda jamiyatning iqtisodiy tizimida ham sifat o‘zgarishlari bo‘lishini talab etadi. Hozirgi kunda bunga mulkning demokratlashuvi natijasida – ko‘p xil mulkchilik negizida ish tutish bilan erishiladi. Bu erda asosiy jihat – mulksizlarning mulkdorlarga aylanishidir. Hozirgi kunda ish kuchi sohiblari boshqa mulk egalariga ham aylanmoqdalar

YUqorida aytilganidek, bozor iqtisodiyoti sharoitidagi taqsimot qonuniga muvofiq iqtisodiyot sub’ektlarining daromadi ularga qarashli resurslarning miqdori va samarali ishlatilishiga qarab belgilanadi. Bunga binoan olingan daromadlar ishlab chiqarish omillari daromadlari yoki bozor daromadlari hisoblanadi va har bir omil o‘z egasiga alohida daromad keltiradi. Ishchi kuchi egasi ish haqi, kapital egasi foyda, ko‘chmas mulk egasi renta, pul egasi foiz, aksiya egasi divident shaklida daromad oladi. Taqsimot qonuniga ko‘ra, daromadlar ekvivalent ya’ni babbaravar, tengma-tenglik tamoyiliga asoslanishi – har bir sub’ekt o‘z qo‘lidagi ishlab chiqarish omili yordamida tovar va xizmatlar yaratishga qo‘shgan hissasiga qarab daromad olishi kerak. Bunday daromadlar iqtisodiyotda bozor daromadlari deb ataladi. Bu asosiy daromad turi bo‘lsada u yagona daromad emas, undan tashqari bozor tamoyillari emas, balki insonparvarlik qoidalariga asoslangan nobozor daromadlari ham bo‘ladi.

Bozor daromadlari olinish usuliga va shakllanish manbalariga ko‘ra farqlanadi. O‘z olinish usuliga ko‘ra daromadlar mehnatga asoslangan va mehnatsiz topilgan daromadlarga bo‘linadi. Ish haqi, foyda kabi daromadlar mehnatga asoslangan daromadlar, deb hisoblansa, qo‘yilmalar uchun foiz, meros kabi daromadlar mehnatsiz daromadlar jumlasiga kiradi. SHakllanish manbalariga ko‘ra daromadlar ish haqi, mulkdan kelgan daromadlarva ijtimoiy to‘lovlarga bo‘linadi. Mulkdan kelgan daromadlar sirasiga foyda, renta, foiz, divident daromadlari mansubdir. Ijtimoiy to‘lovlar bilan bog‘liq daromadlar pensiya, stipendiya va hokazolardan iborat.

Aholi daromadlari darajasini aniqlashda nominal, ixtiyorida bo‘lgan va real daromad tushunchalaridan foydalaniladi. Nominal daromad – aholi tomonidan ma’lum vaqtda pul shaklida olgan daromadlarining miqdori. Ixtiyordagi daromad – nominal daromaddan soliqlar va turli majburiy to‘lovlar chiqarib tashlangandan so‘ng, aholi ixtiyorida shaxsiy iste’mol va jamg‘arish uchun qoladigan daromad. Real daromad – aholining ixtiyorida qolgan daromadga qancha tovar va xizmatlar sotib olishi bilan aniqlanadi, daromadning xarid qobiliyatini anglatadi yoki real daromad – bu iste’mol etiladigan tovar va xizmatlarda ifoda etilgan daromad bo‘lib, muayyan narx-navo sharoitida pul daromadlariga bozorda nima berilishini bildiradi.129

Real daromad ikki narsaga bog‘liq bo‘ladi. A) qo‘lda mavjud bo‘lgan pul daromadining yoki aholi ixtiyorida qolgan daromadning miqdoriga teng. b) pul birligining xarid qobiliyati.130 Bu bozorda narxga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni narx qimmatlashsa u kamayadi, narx arzonlashsa ortadi. Bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarishni o‘sishi, aholining turmush darajasi ko‘tarilayotganligiga qaramay, eng boy va eng kambag‘allar o‘rtasidagi tafovut oshib bormoqda.

BMT ning ma’lumotiga ko‘ra, dunyodagi eng boy 3 odamning boyligi Afrika, Osiyo, Lotin Amerikasi qit’asidagi 48 ta kam rivojlangan mamlakatlarning yillik yalpi ichki mahsulotidan ortiq. Sayyoramizning 225 eng boy odamlarining umumiy daromadi 1 trln dollardan ortiq. SHunday bir vaqtda rivojlanayotgan mamlakatlarda yashayotgan 4,4 mlrd. aholining 3/5 qismi kanalizatsiyadan foydalanmay, 1/3 qismi toza ichimlik suvidan iste’mol qilishdan, 1/3 qismi sog‘liqni saqlash xizmatidan foydalanishdan mahrum etilgan. Evropaliklar bir yilda 11 mlrd. 6 dollarlik iste’mol qilgan muzqaymoqning qiymati, dunyoda toza ichimlik suvi va kanalizatsiyaga muhtoj bo‘lganlar ehtiyojini to‘la qondirish imkonini beradi.131

Aholi daromadlarini munosib ravishda taqsimlashda aholini ish bilan ta’minlash asosiy vazifalarni bajaradi. CHunki aholining ish bilan ta’minlanganligi uy xo‘jaligidagi daromadlarini oshirishilishiga hizmat qiladi, bu esa o‘z o‘rnida aholining turmush farovonligini oshirishiga ta’sir qiladi.

So‘ngi yillarda davlatimiz tomonidan aholini banligini oshirishga qaratilgan faol siyosati natijasida 2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha 2017 yilda mehnat resurslari soni 18672,5 ming kishini tashkil etib, 2016 yilga nisbatan 183,6 ming kishiga, yoki 1,0 % ga o‘sishi kuzatildi. Mehnat resurslari tarkibida iqtisodiy faol aholi soni 14357,3 ming kishini (jami mehnat resurslarining 76,9 %), iqtisodiy nofaol aholi soni esa 4315,2 ming kishini (23,1 %) tashkil etdi. Respublikada ish bilan band aholi soni 13520,3 ming kishini tashkil etib, 2016 yilning mos davriga nisbatan 1,7 % ga o‘sdi.



Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish