1-Mavzu. O'smirlik davri Reja


Keksalik davrining shaxsiy xususiyatlari



Download 119,32 Kb.
bet19/22
Sana06.08.2021
Hajmi119,32 Kb.
#140551
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
rivojlanish 3 semestr un umk

Keksalik davrining shaxsiy xususiyatlari Keksalik davridagi insonlarga emotsional sohada ham maxsus o'zgarishlar xos. Bu affektiv reaksiyalarning kuchayishi (kuchli asab qo’zg‘alishi), sababsiz xafa bo’lish, yig‘lash va boshqalarda namoyon bo’ladi. Qariyalarda o’tmish qadriyat hisoblanadi. Kaliforniya universiteti olimlarining 40 yillik longityud tadqiqot natijalaridan ma’lum bolishicha, 30 yoshda emotsional va psixologik barqaror faol shaxslar 70 yoshda ham o’z faolliklarini saqlab qoladi.Qariyalarning ijtimoiy va psixologik mavqesini belgilaydigan muhim omillardan biri jismoniy sog'liq, jismoniy faollikdir. Jismoniy noxushliklar keksalik davrida hayotdan qoniqmaslikning muhim sababidir. Buning xususiy oqibatlari atrofdagilarga qiziqishning pasayishi, yaqinlar bilan munosabatlarning o’zgarishi,

o’z-o’zini baholashning pasayishida ko’rinadi. Biroq shaxsiy keksayishga munosabat - keksalar psixik hayotining faol elementidir. Jismoniy va psixik o’zgarishlarni anglash, o’zining jismonan nosog'lomligini his qilish keksalik davrida o’zo’-zini anglashning yangi darajasini tashkil etadi. Keksalarning jismoniy kuch va imkoniyatlarining chegaralanganligiga chidamliligi yoki chidamsizligi shaxsiy qartayishiga munosabatini bildiradi. K.Roshakning ta’kidlashicha, ehtiyojlar ierarxiyasi, tuzilishi o’zgaradi: qiynalishdan qochish, xavfsizlik ehtiyoji, avtonomiya va mustaqillik ehtiyoji1. Shu bilan birga keksalik davrida vaqtinchalik

hayotiy rejalarning umumiy o’zgarishi ro’y beradi. Hozirgi hayot va o’tgan umr haqida tasavvurlar kelajak hayotga nisbatan muhim ahamiyatga ega. Keksalarning o’tmish xotiralarga qaratilganligi fenomeni ular psixik hayotining muhim qismidir.

Shuningdek, bu davrda hayotdan qoniqish hamda o’z-o’zini baholashning susayishi kuzatiladi. Amerika psixologlari tadqiqotlarida nafaqaga chiqqan erkaklar o’rganilib, 5 xil shaxs tiplari 0‘rganilgan1.

1. Konstruktiv tip — ichki muvozanat, ijobiy emotsional kayfiyat, o’ziga nisbatan tanqidiylik va boshqalarga nisbatan chidamlilik bilan tavsiflanadi. Kasbiy faoliyatni to'xtatgandan so’ng ham hayotga nisbatan optimistik ustanovka saqlanib qoladi. Bunday keksalarning o’z-o’zini baholashi yuqori bolib, atrofdagilarning yordamiga tayangan holda kelajak uchun reja tuzadi.

2. Bog’liq tip - ijtimoiy qabul qilingan va yaxshi moslashgan tip. Yuksak hayotiy va kasbiy intilishlar bolmaganida turmush o’rtog‘iga yoki farzandiga bo’ysunadi. Oilaviy vaziyat tufayli hissiy muvozanat saqlab turiladi.

3. Himoyalanuvchi tip — zo’r berib doimiy faollik orqali o’z-o’zini ta’minlashga intilish. Nevrotik tip sifatida baholanadi.

4. Agressiv-ayblovchi tip — bunday keksalar shaxsiy muvaffaqiyatsizliklari uchun aybni boshqalarga to’nkaydi, shubhalanuvchan va birdan tutoqib ketadi. Ular o’zlarining keksaligi, nafaqaga chiqqanligi haqidagi fikrni qabul qilishni istamaydi, kuchi tugayotgani va olim haqida o’ylab, yoshlarga nisbatan dushmanlarcha

munosabatda boladi.

5.O’z-o’zini ayblovchi tip — passivlik, depressiyaga beriluvchanlik, tashabbussizlik, yolglzlik, hayotga pessimistik munosabat,olim baxtsizlikdan qutulish yo’li sifatida qabul qilinadi. I.S.Kon keksalikdagi ijtimoiy-psixologik tiplarni ajratishda mezon sifatida faoliyatning yo’nalganligidan foydalanadi.

Ijobiy psixologik qulay tiplar:

1) nafaqaga chiqqandan so’ng jamoat ishlarini davom ettirish, faol va ijodiy munosabatda bolish;

2) shaxsiy hayoti bilan shug‘ullanish — moddiy ta’minlanganlik, xobbi, qiziqishlar, mustaqil ta’lim olish, yaxshi ijtimoiy va psixologik ta’minlanganlik;

3) oilaning boshqa a’zolariga qulay bolish uchun ularga yordamlashish, bular ko’proq ayollardir. Zerikish yo’q, lekin birinchi va ikkinchi guruhdagilarga nisbatan hayotdan qoniqqanlik quyiroq;

4) hayotning mazmuni sogliqni mustahkamlash bilan boglanadi, bu ko’proq erkaklarga xos. Hayotni bunday tashkil etish ma’lum ma’noda axloqiy qoniqish hosil qiladi, ba’zan sogliqqa nisbatan xavotirlanish kuzatiladi.

Keksalarning salbiy tiplari:

1) agressiv, maxmadonalar;

2) o’z hayotidan norozi, baxtsiz, muvaffaqiyatsiz keksalar.

Keksalik davrida paydo bolgan yangi psixologik tuzilma — bu hayotiy donishmandlik hamda ruhning chuqur qatlamlari bilan yashash qobiliyatidir.


Download 119,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish