kam qarshilikka ega sharoit hosil qiladi. Qayiqchalar qismlari chetki devorlardagi teshikchali tomirlarda
ham aniqlangan va ular о‘zaro qо‘shni qismlar bilan oraliq chuqurchalar orqali bog‘lanib turadilar.
Ksilema orqali suvning harakati tirik hujayralar orqali harakatdan kо‘ra kamroq bosim talab
qiladi.Ksilema ildizdan to bargga qadar bо‘lgan suv о‘tkazish yulida suvning harakati uchun gradiyent
bosim kam bо‘lgan muhitni yaratib beradi. Sanab о‘tilgan xususiyatlarning ba’zilari ksilemaning
ahamiyatini о‘rganishda muhim omil bо‘lib hisoblanadi. Mо‘tadil tezlikdagi Ksilema orqali suv
о‘tkazilishini ta’minlovchi harakatlantiruvchi kuchlarni kо‘rib chiqamiz va ularni harakatlantiruvchi
kuchlar bilan taqqoslaymiz. Ushbu harakatlantiruvchi kuchlar hujayradan hujayraga suv о‘tish yо‘lida
suvning harakatini ta’minlaydi. Bu jarayonni о‘rganish uchun biz 4mm S- 1 kо‘rinishdagi 40sm li
trubkadan foydalanamiz. U tomir qalinlikdagi о‘lchamga ega va ksilemada suv harakatini ta’minlovchi
kuchni о‘rganishda aniq model bо‘lib hisoblanadi. Ushbu trubkadan suv oqimini о‘tkazish xuddi
ksilemadagi suv harakatiga о‘xshaydi. Puazeyl usuli bо‘yicha gradiyent bosimni о‘lchash mumkin. 4
mmli S-1 trubkadagi bosim ham 40 mkm qalinlikdagi tomir gradiyent bosimi bilan bir xil bо‘lib u 0.02
MPa ga teng.
Haqiqiy ksilemada ichki yuza teshikli plastinalar va chuqurchalar hisobiga ma’lum darajada suv
oqimiga qо‘shimcha qarshilik kо‘rsatadi. Shu bois Puazeyl usulida aniqlangan kо‘rsatkichlar tabiiy
kо‘rsatkichlardan biroz farq qiladi. О‘rganishlar natijasida shu narsa ma’lum bо‘ldiki, ushbu usuldagi
natijalar tabiiy kо‘rsatkichlargi nisbatan 2 marta farq qilishi mumkin. Shu bois biz aniqlagan 0.02 MPa
kо‘rsatkich faqat ideal turdagi о‘simliklar uchun xos.
Biz olgan natijani (0.02 Mpa) har safar suv о‘tkazilishida plazmatik membranani kesib о‘tuvchi
va о‘sha tezlikda hujayradan hujayraga suv о‘tkazilish kuchini hosil qiluvchi omillar kо‘rsatkichi bilan
taqqoslab kо‘ramiz. 4.4 mavzuda kо‘rib chiqilgan Puazeyl usulida 4 mm S-1 tipdagi naychada olingan
natija, hujayra devorlari orqali suv о‘tkazilish kuchi qiymatiga nisbatan hisoblanganda uni aytganimizdek
2 x 108 MPa deb hisoblanadi. Bu biz о‘rgangan naycha ichidagi bosimdan 10 marotaba ortiqdir. Bu
qiymatlar ham ksilema orqali suv о‘tkazilishining tirik hujayralar orqali suv tashilishiga nisbatan ancha
afzalligini kо‘rsatib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: