1-mavzu. О‘simlikdagi suv muvozanati reja


Ildizlar orqali suvning yutilishi



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/31
Sana02.07.2022
Hajmi0,88 Mb.
#730807
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
1.Маърўза

 
Ildizlar orqali suvning yutilishi.
Ildizlar va tuproqning о‘zaro mustahkam yuza aloqalari 
suvning ildizlar orqali yutilishi samaradorligini oshirishda muhim rol о‘ynaydi. Ildiz va ildiz 
popuklarining о‘sishi evaziga ushbu aloqa suv о‘zlashtirish hajmini oshirish uchun yuqori darajadagi suv 
yutish yuzasini hosil qilishni ta’minlaydi. Ildiz popuklari ildiz epidermik hujayralarining kengayishidan 
hosil bо‘ladi. Ular ildiz yuzasini sezilarli darajada oshiradi va suv ionlarini tuproqdan maksimal darajada 
о‘zlashtirilishini ta’minlaydi. Javdvr о‘simliginingg 4 oylik rivojlanishini kuzatganimizda , uning ildiz 
popuklarining umumiy yuzasi ildiz yuzasining 60% ini tashkil etishi kuzatildi.
 
Suv ildizlarga ildiz popuklari orqali juda oson о‘tadi. Ildizning yirik qismlari esa ekzoderma va 
epidermis deb ataladigan tashqi himoya qatlamiga ega bо‘lib, bu qavatlar gidrofob (suv о‘tkazmaydigan) 
hisoblanadi va ularning devorlaridan deyarli suv о‘zlashtirilishi amalga oshmaydi.
 
Tuproq zararlanishi natijasida ildiz yuzasi va tuproqning mustahkam aloqalari osongina buziladi. 
Shu sababdan yangi о‘tkazilgan kо‘chatlarni ilk bir necha kun davomida suv yо‘qotilishidan himoya 
qilish kerak bо‘ladi. Yangi tuproq muhitidagi ildiz-tuproq aloqasining paydo bо‘lishi bilan 
о‘simliklarning suv yо‘qotilishi stressiga bardoshliligini oshiradi.
 
Endi ildizda suvning harakatlanishi va ildizning suv yutilish tezligini ta’minlovchi omillarni 
kо‘rib chiqamiz.
 
 
Suv transporti jarayonlari 
Suv tuproqdan о‘simliklar orqali havo muhitiga tomon harakati jarayonida kо‘plab oraliq 
muhthitlardan о‘tadi (hujayra devori, sitoplazma, membrana va havo vositalari), shuningdek muhit tipiga 
qarab suv transporti mexanizmlari ham о‘zgarib turadi. Kо‘p yillar davomida ushbu jarayonlarda 
kо‘pgina noaniqliklar kuzatildi.
 
Bir necha kuzatishlar shuni kо‘rsatadiki, suvning lipidlar qо‘shqavatidan bevosita harakati suv 
harakat tezligini ta’minlovchi yetarlicha omil hisoblanmaydi. Ammo bu jarayonlarda ishtirok etuvchi 
mikroskopik g‘ovaklar vazifasi ham tо‘liq о‘rganilgani yо‘q.Bu noaniqliklar akvaporalar (suv g‘ovak 
kanallari) ochilishiga turtki bо‘ldi. Akvaporalar membrana oqsillarining hо‘shilishidan hosil bо‘ladi va 
membrana devorlari orqali suv kanallarini hosil qiladi. Bu kanallar orqali suvning harakati lipidlar 
qо‘shqavatlariga nisbatan ancha yengil amalga oshadi. Akvaporalar о‘simliklar hujayralari orqali suvning 
harakatini ta’minlaydi. Shuni ta’kidlash kerakki, akvaporalar suv harakat tezligini ta’minlab bersada, 
suvning harakat yо‘nalishini va suvning harakatiga ta’sir qiluvchi kuchlar kо‘rsatkichini о‘zgartira 
olmaydi. Akvapolralar xususiyatlari hozirda jadal suratlarda olimlar tomonidan о‘rganilmoqda.
 
Ildiz orqali suv apoplast, transmembrana va simplast yо‘llar bosqichlaridan о‘tadi. Tuproqda suv 
oqim kо‘rinishida harakat qiladi. Ammo suv tuproqda ildiz bilan aloqaga kirishar ekan, suv harakatining 
xususiyati birmuncha murakablashadi. Epidermisdan ildiz endodermasiga qadar uch bosqichli mikrooqim 
yо‘nalishidan о‘tadi. bular apoplast, transmembranaviy va simplast bosqichlar.

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish