1-mavzu. О‘simlikdagi suv muvozanati reja


Kislorodning ildiz tizimiga yetkazib berilishini ta’minlash



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/31
Sana02.07.2022
Hajmi0,88 Mb.
#730807
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31
Bog'liq
1.Маърўза

 
Kislorodning ildiz tizimiga yetkazib berilishini ta’minlash 
Gidroponika usulidan ishlab chiqarish miqyosida issiqxonada о‘simliklar о‘stirishda 
foydalaniladi. Tijorat gidroponika ekinlari usullari о‘simliklar tayanch manbalarda YA’ni tuproq, graviy, 
vermikulit, keramzit kabilarda о‘stiriladi. Oziq moddalari tarkibli eritmalar havo orqali yuqoridagi 
muhitlarga kiritiladi va eski eritmalar ishqorlash usuli yordamida tarkibdan yо‘qotiladi. Gidroponika 
usulining boshqa shaklida о‘simliklar ildizdhlari tarnovchalar yuza qismlariga joylashtiriladi, oziq 
moddalari esa yupqa qavat oqimi kо‘rinishida ildiz ustki qismlariga tomchilatib yetkazib turiladi. Bu oziq 
moddalarini yuqoridagi usullarda yetkazib berilishi natijasida ildiz yetarli miqdorda kislorod zahirasiga 
ega bо‘lishini ta’minlaydi.
 
Oziqlantirishning yana boshqa о‘rnini bosuvchi usullaridan biri aeroponika usuli deb ataladi va 
bu usul kelajak muhiti deb ham qaralmoqda. Bu usulda о‘simliklar ildizlari havoda hosilib turadi va ildiz 
sirtlariga ozuqaviy moddalar eritmalari purkab tuliladi. Bu usulda ildiz atrofidaga gaz muhitini ta’minlash 
oson kechsada, gidroponika usullariga nisbatan yuqori konsentratsiyadagi oziq moddalari muhiti talab 
qilinadi. Shu sabablarga kо‘ra va boshqa texnologik qiyinchiliklari bois aeroponika usuli keng 
tarqalmagan.
 
О‘simliklarni oziq moddalar bilan ta’minlashda oziqaviy 
 
eritmalarning ahamiyati
 
Oziq moddalari bilan ta’minlanishi о‘simliklarning tez о‘sishiga ijobiy ta’sir kо‘rsatadi. KH
2
PO
4
 
Kо‘p yillar davomida ozuqaviy eritmalar sifatida kо‘pgina prepatarlar ishlatib kelingan. Ilk bora 
Germaniyada Knop tomonidan yaratilgan eritma KNO
3
, Ca(NO
3
)
2
, KH
2
PO
4
,MgSO
4,
tuz va temirdan 
iborat bо‘lgan. О‘sha paytda bu ozuqa eritmasi о‘simliklar uchun kerakli barcha minerallar moddalarni 
saqlaydi deb hisoblangan. Lekin tajribalardan yana shu narsa ma’lum bо‘ldiki, yuqoridagi kimyoviy 
moddalarning boshqa elementlar bilan ifloslangan hollarida ham о‘simliklar boshqa elementlarni ma’lum 
miqdorda tshplaydilar (masalan, bor va molibden.). 3-jadvalda yanada zamonaviy bо‘lgan ozuqa 
eritmalari uchun kerakli preparatlar keltirilgan. Bu tayyorlangan eritma Xogland modiqikatsiyalangan 
eritmasi deb ataladi. U AQSH da mineral oziqlanishni о‘rganishda kuzatishlarining zamonaviy 
rivojlanishiga katta hissa qо‘shgan olim hisoblanadi (3-jadval). 
Modifikatsiyalangan Xogland eritmasi о‘simliklar tez о‘sib rivojlanishi uchun kerak bо‘ladigan 
barcha zaruriy elementlardan tashkil topgan. Bu elementlarning konsentratsiyasi imkon boricha yuqori 
bо‘lgan va о‘simlikka zaxarli ta’sir kо‘rsatmaydigan va tuzlilik darajasi yuqori bо‘lib ketmaydigin 
mо‘tadil darajada qilib belgilanadi. Shu usulda о‘simlik ildizlari atrofida ozuqa moddalari tuproqqa 
nisbatan bir necha barobar yuqori bо‘lgan ozuqa muhiti ta’minlanadi. Masalan, tuproqdagi eritmada 
fosforning konsentratsiyasi odatda millionga 0.06 miqdorda bqlsa, bu eritmada millionga 62 qism 
konsentratsiyada taklif etiladi. Bunday yuqori miqdordagi darajalar о‘simliklarni uzoq muddat davomida 
qо‘shimcha oziq moddalari bilan ta’minlash zaruriyatiga ehtiyoj sezilishininig oldini oladi va ular uzoq 
muddat yetarli oziq muhitida ushlanadi. Bir qancha olimlar о‘z eritmalarini bir necha marta suyultirish va 
elementlar bilan tez-tez tо‘yintirish orqali oziq moddalari va о‘simliklar tо‘qimalaridagi konsentratsion 
tebranishlarini minimal darajada ushlab turishga muvaffaq bо‘lganlar. 
Xogland modifikatsiyalangan eritmasining yana bir muhim xususiyatlaridan biri, unda azot (NH
4
+) va (NO
3
-) kо‘rinishida uzatiladi. Azotning kationlar va anionlarning balansirlangan aralashmasida 
azotning nitrat anioni kо‘rinishida uzatilganda yuzaga kelishi mumkin bо‘lgan rN muhitining tez 
kо‘tarilib ketishiga tо‘sqinlik qiladi.(Asirova va Edvars, 1983). Hattoki rN muhit neytral vaziyatda ushlab 
turilganda ham kо‘pchilik о‘simliklar azotni (NO
3
-) va (NH
4
+) holatida holatida uzatilish sharoitlarida 
yaxshi rivojlanadi. Chunki azotning ikki xil kо‘rinishda yutilishi va о‘zlashtirilishi hsimliklarda kation 
balansini mustahkam ta’minlab turadi.
 
Ozuqa moddalari eritmalariga elementlarni kiritish jarayonida temir elementini eritma holatida 
ushlab turish biroz qiyinchiliklar tug‘diradi. Temir anorganik tuzlar FeSO
4
yoki Fe (NO
3
)
2
kо‘rinishida 
kiritilganda, temir eritmadan temir gidroksidlari kо‘rinishida chо‘kib qolishi mumkin. Agar fosfat tuzlar 
mavjud bо‘lsa, eritmada umumua erimaydigan fosfat tuzlari chо‘kmaga tushadi. Temir tuzlarining 


chо‘kmaga tushishi temirni о‘simliklar fiziologik jihatdan о‘zlashtira olmaydigan holatga keltiradi. Bu 
muammolarning yechimi sifatida temir ozuqa eritmalariga limon kislotasi va vino kislotasi bilan 
birgalikda kiritiladi.
 
Bunday birikmalar enterosorbentlar deb ataladi va ular ma’lum bir kimyoviy moddalar, jumladan 
etilen diamintetraatsid kislota (EDTA) yoki dietilenaminopentaatsid kislota (DTPA) va xolat kationlar 
bilpn birgalikda kationlar bilan suvda eriydigan kompleks birikmalar hosil qiladi. Xelat komplekslarining 
ildiz hujayralari tomonidan qay tarzda sо‘rilish mexanizmlari hali tо‘la о‘rganilmagan.

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish