Bularning birinchisi, umuman, o‘zbek tilini - xalq tilini bilish, ikkinchisi, o‘zbek
adabiy tilini egallash.
Nutq madaniyati shaxsning, umuman, tilni bilish darajasi bilangina emas,
balki adabiy tilni namunali bilishi va undan nutqning og‘zaki va yozma shakllarida
to‘la foydalana olishi darajasi bilan o‘lchanadi. Nutq madaniyatini egallash uchun
nutqni o‘stirishga oid bo‘lgan adabiy til me’yorlari va unga vosita bo‘luvchi
narsalar:
-o‘zbek tilining darslik va qo‘llanmalari, o‘zbek tili grammatikasi, o‘zbek
tilining turli lug‘atlari va boshqalar;
-o‘zbek adabiyoti darslari, oliy va o‘rta ta’limda o‘tiladigan boshqa ijtimoiy
va tabiiy fanlarga oid darslar, ularning tili;
-o‘zbek adabiyoti tili (mustaqil o‘qish ko‘zda tutiladi);
-o‘zbek matbuoti tili;
-o‘zbek radiosi va televideniesi tili;
-badiiy o‘qish darslari va ta’limi;
-notiqlik san’ati yuzasidan o‘qitiladigan maxsus kurslar ta’limi va boshqalar.
Ona tili va o‘zbek adabiyoti kishilarning og‘zaki nutq madaniyatini
ko‘tarishga xizmat qiladi, radio va televidenie nutqini tinglash, notiqlik sirlarini
o‘rganish og‘zaki nutq madaniyati rivoji uchun muhim omildir.
YOzma nutq madaniyati, og‘zaki nutq madaniyatining yuzaga chiqishini
ta’min etadigan vositadir. Masalan, yozma nutq madaniyati uchun imlo va tinish
belgilariga oid qoidalar, yozuv texnikasi, yozishni ko‘p mashq qilish, ko‘p yozish
va ko‘p o‘qish, so‘zlarning yozilish shakllarini xotirada saqlay olish, sintaksisga
doir me’yor va qoidalarni yaxshi o‘zlashtirish muhimdir. YOzma nutq
madaniyatini oshirishda imlo lug‘atlari etakchi o‘rin tutadi.
Kishilarning og‘zaki va yozma nutq madaniyatini egallashlari uchun
quyidagi tomonlarga ham e’tibor bermog‘i kerak:
-
so‘zlashuv nutqi jarayonida kishilar o‘zlarining kundalik tiliga e’tibor
qilmog‘i, undagi yutuq va nuqsonlarni seza bilmog‘i kerak;
-
har qanday shaxs o‘z ona tilisiga, uning qonun-qoidalariga ongli, ilmiy
munosabatda bo‘lishi lozim. Buning uchun o‘sha til grammatikasini, fonetikasini,
leksikologiyasi va stilistikasini yaxshi bilishi talab qilinadi;
-
har bir kishi o‘zning yozma va og‘zaki nutqi ustidan ongli nazorat o‘rnata
olmog‘i lozim. Bu shaxslarda o‘z nutqi ustidan yutuq va kamchiliklarga tanqidiy
yondasha olish ko‘nikmasini shakllantiradi;
-
har qanday ongli kishi uchun nutq madaniyatini egallashning muhim
shartlaridan biri bu tilga hurmat bilan qarash, unga muhabbat qo‘yishdir;
-tilni o‘rganish, nutq madaniyatini egallash kishi hayotining ma’lum davriga
to‘g‘ri keladigan vaqtinchalik ish, bir fasllik tadbir emas, balki doimiy intilish va
shug‘ullanishni, bir umr takomillashtirib borishni talab qiluvchi hodisadir.
Nutq madaniyati - so‘z san’ati sohasi bo‘lib, nutq vositalaridan maqsadga
muvofiq foydalanilgan holda yaxshi gapirish va yozish san’atidir.
Do'stlaringiz bilan baham: