1-mavzu: Ona tili punktuatsiyasining asosiy tamoyillari (mantiqiy-grammatik tamoyil, uslubiy tamoyil, differensiatsiya tamoyili). Ona tilida tinish belgilari va ularning tasnifi; tinish belgilarining qo‘llanish o‘rinlari


So‘roq belgisining qo‘llanish o‘rinlari



Download 183,5 Kb.
bet5/16
Sana10.11.2022
Hajmi183,5 Kb.
#862954
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1-mavzu Ona tili punktuatsiyasining asosiy tamoyillari (mantiqi

So‘roq belgisining qo‘llanish o‘rinlari
1. So‘roq gaplar oxirida: Shuncha qurilishni qachon qilishdi? Qanday ulgurishdi? (I. R.)
2. Taqrizlarda va sitatalarda biror so‘z yoki jumla gumon yoki anglashilmovchilik tug‘dirsa, bunday so‘z yoki jumladan so‘ng so‘roq belgisi qo‘yiladi va bu qavs ichiga olinadi: «Mixail Ivanovich Akaskin qirq besh yashar qolin (?) gavdali, mo‘ylovdor, xushmuomala, xulqi sodda va yoqimli kishi edi». (0.)
3. Kim, nima, qanday, qachon, qanday qilib, nima qildi kabi so‘z va iboralar so‘roq ma’nosida ishlatilsa, ulardan so‘ng so‘roq belgisi qo‘yilali. Ega kim?, nima?, qayer? degan so‘roqlardan biriga javob bo‘ladi.
Undov belgisining qo‘llanish o‘rinlari
1. So‘zlovchining his-hayajonini ifodalagan har qanday sintaktik tuzilishdagi undov gaplar oxiriga qo‘yiladi. Masalan: Qizlik uy – bozor, bolam! (О‘.H..)
2. Vokativ gaplar oxiriga undov belgisi qo‘yiladi: Eshon, hoy!- deb qichqirdi. (A.Q.)
3. So‘zlovchining his-hayajoni, xursandchiligi, g‘azabi, afsuslanishi kabilarni ifodalovchi so‘z-gaplar oxiriga un­dov belgisi qo‘yiladi. Attang! Attang! Biz bilmay qolibmiz! (So‘zl.) Barakalla! Tashakkur! («Yoshlik».)
4. Emotsionallikni ifodalovchi nominativ gaplar oxiriga undov belgisi ko‘yiladi: Masalan: ...Qon!... Saida u yog‘ini bilmaydi. (A.Q.)
5. Infinitiv gaplar oxiriga undov belgisi qo‘yiladi. Masalan: Shuncha vaqt o‘tgach, vatanga qaytish! Yuragim yorilib kemasa edi!. («Yoshlik».)
6. Chaqiriq, xitob bilan aytiluvchi undalmalar oxi­riga undov belgisi qo‘yiladi. Masalan: Salima! Qizim, bu yoqqa qarasang-chi! (So‘zl.)
7. So‘zlovchining his-hayajonining aks ettiruvchi ritorik so‘roq gaplar oxiriga undov belgisi qo‘llaniladi. Masalan Nima bizga Amerika! Nima bizga uning sur’ati! (H.O.)
8. Emotsional buyruq gaplar oxiriga undov belgisi qo‘yiladi: Chekilmasin!
9. О‘quvchi fikrga yoki uning biror qismiga e’tiroz bildirsa, unga qo‘shilmasa, taajjub, shubhasini bayon etsa, shu fikrdan so‘ng qavs ichida undov belgisi (!) qo‘yiladi. Masalan: Ammo tirgovuchi deputat (!) ekan, shartta boshlab kelibdi.. (“Mushtum”.)



Download 183,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish