1-mavzu: O‘lkashunoslik faniga kirish


-mavzu: O‘lka tarixi (ilk davrlardan XII asrlargacha)



Download 368,99 Kb.
bet3/59
Sana23.03.2022
Hajmi368,99 Kb.
#506695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
Улкашунослик маъруза

3-mavzu:
O‘lka tarixi (ilk davrlardan XII asrlargacha)

1. O`lkamiz tarixini o`rganishda arxeologiya fanining tutgan o`rni va ahamiyati.


2. Bronza va temir davrlari xususiyatlari.
3. O`lkamizdagi qadimgi va o`rta asrlar davri shaharlari va me`moriy obidalari.
4. O`zbekistonda olib borilgan arxeologik tadqiqot ishlari va ularning asosiy natijalari.

Tayanch iboralar va atamalar: ibtidoiy jamoa davri, «arxayos» — qadimgi, «logos» — fan, qazishma usuli, arxeologiya fani, «Afrosiyob» tepaligi

O`lkashunoslik besh asosiy manbaga: arxeologiya, etnografiya, toponimika va arxiv hujjatlari xamda muzey materiallariga tayanib ish tutadi. Qishloq, rayon, shahar yoki viloyat hududining tarixini o`rganishda shu manbalardan birontasi ham diqqat-e`tibordan chetda qolmasligi lozim, busiz o`lka tarixini mukammal o`rganib bo`lmaydi.


O`sha besh manbadan biri bo`lgan arxeologiya to`g`risida gap borganda, avvalo maktab tarixi kursining qaysi qismida, qaysi sinfda va qanday qilib, qachon arxeologiyaga oid materiallardan foydalanish mumkin degan savolga javob berish kerak bo`ladi. CHunonchi, V sinf tarixi kursida O`zbekiston xalqlarining eng qadimgi ibtidoiy jamoa davri: odamlar to`da holda yashagan davr, ona urug`i (patriarxat) davri, ona urug`ining rivojlanishi, kaltaminorliklar chaylasi, ota urug`i (patriarxat) davri, temirning tarqalishi, sug`orishning kelib chiqishi davridan boshlab, quldorlik jamiyati, feodalizm davri, nihoyat XVIII asrning ikkinchi yarmida feodalizmning emirilishi va kapitalistik munosabatlarning rivojlanishigacha bo `lgan juda katta tarixiy davr o`z ifodasini topgan. Demak, bu kursda ayrim mavhum tarixiy tushunchalar haqida o`quvchilar ma`lum tasavvur hosil qilishida, tarixiy faktlarni ishonarli qilib tushuntirishda arxeologiyaga oid materiallardan o`rinli foydalanish juda muhimdir.
«Arxeologiya» so`zi lotin tilidan olingan bo`lib, «arxayos» — qadimgi, «logos» — fan, ya`ni qadimgi davrni o`rganuvchi fan degan ma`noni bildiradi. Arxeologiya — o`lkashunoslik va tarix fanlarining asosiy manbalaridan biridir.
Dunyo xalqlarining bir necha yuz ming yillardan beri davom etib kelayotgan tarixi bor. Lekin shu uzoq tarixiy taraqqiyotning eng keyingi 5 — 6 minginchi yillaridan boshlabgina yozma asarlar bo`lib, undan avval xalqlarda yozuv va yozma tarix bo`lmagan.
Yozuv paydo bo`lgandan keyin xam ko`pgina voqealar yozilmay qolgan, podsholarning buyruqlari, ruhoniylarning diniy ta`limotlari, xazinalarning hisob-kitoblari hamda turli urushlar haqidagi yozma asarlar esa o`z zamonasining ishlab chiqarish usullari va vositalarini, xalqning maishatini etarlicha aks ettirmagan. Demak, qadimgi shahar va qishloqlar qazib ko`rilganda, u erlardan qadimgi xalqlarning uy-joy qoldiqlari, uy-ro`zg`or asboblari, zeb-ziynat buyumlari, e`tiqod yodgorliklari topiladi; bu narsalar esa yozma tarixdagi ma`lumotlarga qaraganda o`sha davr turmu-shini har taraflama va aniqrok, yoritib berishga yaraydi. YOzma tarix paydo bo`lgungacha o`tgan bir necha yuz ming yillik davr tarixini hamda yozma tarix chiqqandan keyingi davr hayotini to`la o`rganish zaruriyati o`sha davr xalqlaridan qolgan buyumlarni tekshirib ko`rishni taqozo etadi. Bunday yodgorlik buyumlarini tekshiruvchi fan arxeologiyadir, Arxeologiya ibtidoiy odamlar yashagan makonlarni, sinfiy davrdan qolgan shahar, qishloq va mozorlarni qazib ko`rib, tarixni aniqlaydi.
Arxeologlar qazishma usuli bilan ish ko`radilar. Ayniqsa yozuvlar paydo bo`lmasdan burungi davr tarixini arxeologiya qazishmalarida topilgan buyumlar to`ldiradi, arxeologiya qazishmasining natijalari matbuotda keng yoritib boriladi. Katta qurilishlardao`tkaziladigan er qazish ishlarida arxeologiya buyumlariga ehtiyot bo`lish yuzasidan ilmiy tushuntirishlar o`tkaziladi. ArxeoloGiya fani hali boshqa fanlarga qaraganda yosh bo`lishiga karamasdan, dunyoda katta e`tibor qozongan va hammani qiziqtirgan fandir.
Tarixiy ma`lumotlarga qaraganda, tarixchilik O`rta Osiyoda juda ham qadimdan boshlangan. Xorazmlik mashhur olim Beruniyning yozishiga ko`ra, arab istilochilari O`rta Osiyodagi mahalliy olimlarni yo`qotibgina qolmay, mahalliy til va mahalliy yozuvdagi asarlarni ham yo`q qilib, yondirib yuborganlar. Shu sababli eng qadimgi zamonlarda yozilgan asarlar saqlanmagan. Ming yil davomida yozilib kelgan tarixiy asarlar juda ko`p. Muhammad Narshaxiyning «Buxoro tarixi», Bal`amiyning «Tarix tabari tarjimasi» kabi asarlari yozilganiga ming yildan oshdi. Lekin O`rta Osiyoda arxeologiya, yuqorida aytilganidek juda yosh fan. Rossiyada bu fan XVIII asrning o`rtalarida paydo bo`lib, XIX asrda ancha rivojlangan. O`sha vaqtda olimlar Rossiya erlarida ko`p topilgan O`rta Osiyo qadimgi tanga pullarini to`plab, ularni tekshirib, Rossiya bilan O`rta Osiyo xalqlarining qadimdan iqtisodiy aloqada bo`lib kelganligini isbot etdilar. XIX asrning ikkinchi yarmida, O`rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin, bu erga kelgan har bir mutaxassis va savodli kishi qal`alar xarobasini, sun`iy tepalarni, shaharlar xarobalarini, qadimdan qolgan bino xarobalarini ko`rib, ularning tarixini surishtira boshladilar.
Natijada 1870 yillarda Toshkentda chiqa boshlagan gazeta va jurnallarda bu tarixiy yodgorliklar haqida turli ma`lumotlar e`lon qilina boshlandi. Bunday xarobalarni tekshirish jarayonida, hatto «xazina» izlab ba`zi tepalarni buzib yuborishgacha ham bordilar. Bir guruh taraqqiyparvar rus ziyolilari — arxeologiya havaskorlari hozirgi tarix muzeyini tashkil etib, har joyda topilgan arxeologiyaga oid yodgorliklarni bu erga to`plashga kirishdilar. Rus sharqshunoslari N. I. Veselovskiy, V.V Grigor’ev, I. Kallaur, V. V. Bartol’d, V. L. Vyatkin, shuningdek, o`zbek arxeologlaridan Akrompolvon Asqarov va boshqalar bu yodgorliklarni tarixshunoslik nuqtai nazaridan o`rganish ishida tashabbuschi bo`ldilar. O`rta Osiyoning cho`llari, tog`lari va qishloq erlaridagi ba`zi yodgorliklar haqidagi turli afsona va xabarlarni matbuotda e`lon qilish odat bo`la bordi. Bu ishga qozoq, o`zbek, tojik, turkman havaskorlari ham tortildi.
Hozir Toshkentdagi tarih san`at va tabiat muzeylarida to`plangan boy arxeologiyaga oid ashyolar to`plamining katta qismi o`sha havaskorlar tomonidan XIX asrda yig`ilgan. Bundan tashqari, ular bir qancha muhim yodgorliklarda qazishma ishlari ham olib bordilar. Bu borada, ayniqsa, arxeolog-sharqshunos V.L.Vyatkinning xizmatlari alohida tahsinga loyiqdir.
Rus sharqshunoslari buzib tashlangan Ulug`bek rasadxonasining izlarini topish uchun ko`p urindilar, nihoyat, Samarqandda istiq.omat qiluvchi V.L.Vyatkin qadimgi vasiqalarni o`rganish asosida rasadxonaning o`rnini aniqladi. 1908—1909 yillarda bu joy arxeologik yo`l bilan qazildi va rasadxonaning g`ildirak shakldagi binosining kursisi, binoning buzilgan g`isht va naqshlari hamda rasadxonaning sakkizdan bir qismi topildi. Bu ish tarix fani uchun katta kashfiyot bo`ldi. Shu bilan birga, arxeologiya havaskorlari qadimgi Samarqanddagi «Afrosiyob» tepaligida birmuncha qazishmalar o`tkazdilar.
XX asrning 20- yillarigacha O`rta Osiyoda arxeologiya mustaqil fan darajasiga ko`tarilmadi. Arxeologlar arxeologiya yodgorliklarini ma`lum tarixiy bosqichdagi ishlab chiqaruvchi kuchlarning taraqqiyot natijasi deb baholay olmadilar, ishlab chiqarish munosabatlari qanday bo`lganini payqay olmadilar, madaniyatni ishlab chiqarish taraqqiyoti va ijtimoiy munosabatlar mahsuli deb tushuna olmadilar, balki uni bironta din bilan yoki birorta «alohida iqtidorli shaxslar» bilan bog`ladilar. So`ngra arxeologiya yo`li bilan topilgan buyumlarga faqat yozma tarixni tasdiqlovchi material sifatidagina qarab, arxeologiyaning imkoniyatlarini chegaralab qo`ydilar. Shuning uchun ham ular tarixning uzoq o`tmish davrlari ni o`rganishga kirisha olmadilar.
Natijada, arxeologiya ham, tarixshunoslik singari, idealistik nazariya bilan sug`orilgan holda tarixchilarga jiddiy yordam bera olmadi. Tarixchilikning katta yutuqlaridan biri arxeologiyaga katta e`tibor berganligi bilan belgilanadi. Jamiyat tarixi ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivoji va shu asosda ishlab chiqarish munosabatlarining turli davrda o`zgarib borishidan iborat ekanligi fanda e`tirof etilgach, tarixni ijtimoiy -iqtisodiy tuzumlarga ajratib davrlash masalasi kun tartibiga qo`yildi.
Tarixchilikda butun insonyyat tarixi quyidagi davrlarga bo`lib o`rganiladi:
1. Ibtidoiy jamoa tuzumi davri. 2. quldorlik davri. 3. Feodalizm davri. 4. Kapitalizm davri.
Hozirgi fanning aniqlashiga ko`ra, kishilik jamiya-ti tarixi bir million yilga yaqinlasha boradi. Shu uzoq davrning oxirg`i ming yillaridangina sinfiy jamiyat, ya`ni quldorlik jamiyati vujudga kelgan bo`lib, unga qadar o`tgan davrlar ibtidoiy jamoa davrini, ya`ni sinf paydo bo`lgunga qadar o`tgan davrni o`z ichiga oladi. O`zbekistonda tarix fani rivoj topgunga qadar, birinchidan, tarixni ishlab chiqarish usullariga qarab davrlashtirish yo`q edi. O`zbekistonda, umuman O`rta Osiyoda ibtidoiy jamoa davri bo`lganligiga shubha bilan qaralgan edi. Ikkinchidan, O`rta Osiyoga aholi eron va SHimoliy Hindiston tomondan ko`chib kelgan, deb taxmin qilinar edi. quldorlik davri ham go`yo bo`lmagan, eng qadimgi zamonlardan tortib, so`nggi Buxoro amirlari yamonigacha O`rta Osiyo xalqlarining ha yotida o`zgarish bo`lmagan, deb uqtirilar edi.
Tarixni davrlashtirish masalasining qo`yilishi tarixchilar va arxeologlarni ishga solib yubordi. Birinchi besh yillik oxiridayoq sobiq SSJI tarixini, shu jumladan, O`zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi yuzasidan yozma manbalarni o`rganishga kirishish bilan birga, arxeologiya yodgorliklarini qazib topishga ham jiddiy e`tibor berila boshlandi. Bu ishning boshida Moskva, Sankt-Peterburg va O`zbekiston arxeologlari: A. YU. YAkubovskiy, G. V. Grigor’ev, S. P. Tolstov, M. E. Masson, V. A. SHishkin, YA. g`. G`ulomov va boshqalar turdilar. Birinchi ish O`zbekistonning alohida rayonlarida arxeologiyaga oid qidirish o`tkazishdan boshlandi. Masalan, 1925-1930 yillarda Samarqandda V. L. Vyatkin, 1926—1928 yillarda Termizda B. P. Denike, 1929—1930 yillarda A. A. Potapovlar Farg`ona vodiysida hamda 1932 — 1933 yillarda Namangan viloyatining o`chqo`rg`on rayoni Norin daryosi bo`yida elektrostantsiya qurish tayyorgarligi munosabati bilan Sankt-Peterburg arxeologlaridan B. A. Latinin Farg`ona vodiysining shimoli-sharqiy rayonlarida; 1934 yili Sankt-Peterburg arxeolog G. V. Grigor’ev YAngiyo`l rayonida; o`sha yili professor A. YU. YAkubovskiy boshliq Sankt-Peterburg va O`zbekiston arxeologlari Buxoro viloyatining sharqiy qismida, yana o`sha yili arxeolog M. E. Masson boshliq arxeologlar Ohangaron vodiysida jiddiy arxeologik qidiruv ishlarini o`tkazdilar.
1936 -1937 yillarda bu ish kengayib, qadimgi Termiz shahrini qazish yuzasidan ilmiy ishlar kuchaytirilishi bilan birga prof. S. P. Tolstov boshchiligida Xorazmda, V. A. SHishkin boshchiligida Buxoro viloyatining g`arbiy qismida yangidan tekshirishlar boshlandi. Bu ilmiy safarlar katta miqyosda uyushtirilib, bularning hammasida Moskva, Sankt-Peterburg va O`zbekiston arxeologlari hamkorlik qildilar. Bu ilmiy safarlar 1939 — 1940 yillarda O`zbekistonda sug`orish soxasida xalq qurilishlari boshlanishi munosabati bilan arxeologiya kuzatishlari o`tkazdi, bu borada Farg`ona vodiysida katta natijalarga erishildi.

Download 368,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish