1-mavzu: O‘lkashunoslik faniga kirish


O‘zbekistonning MDHdagi o‘rni va mavqeining oshib borishi



Download 368,99 Kb.
bet59/59
Sana23.03.2022
Hajmi368,99 Kb.
#506695
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
Bog'liq
Улкашунослик маъруза

O‘zbekistonning MDHdagi o‘rni va mavqeining oshib borishi
1991 yil 8 dekabrda Minsk shahri yaqinida sobiq ittifoqning barham topishi munosabati bilan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga asos solindi. MDHning vujudga kelishi haqidagi hujjatga dastlab Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va Belorusiya davlatlari imzo chekdilar. 13 dekabrda Ashxobodda o‘tgan O‘rta Osiyo va Qozog‘iston Respublika rahbarlarining kengashida hamdo‘stlikni kengaytirish zarur deb topdi. Natijada shu yili 21 dekabrda Almatida o‘tgan uchrashuvda MDH bitimini ja’mi 11 davlat MDHga a’zo bo‘lib kirdi. Ular bu bitimda davlatlarning hududiy butunligini tan olish, amaldagi chegaralar, ularning ochiqligi, fuqorolarning harakati erkinligiga, xalqaro tinchlik va havfsizlikni ta’minlash, harbiy harakat va qurol-yarog‘ tarqatishning oldini olishda birgalikda harakat qilishga kelishib oldilar.
MDH a’zolarining birgalikdagi harakatlariga quyidagi vazifalar kiritildi:
-tashqi siyosiy faoliyatlarni muvofiqlashtirish, mudofaa siyosati va tashqi chegarani muxofaza qilish,
-umumiy iqtisodiy muhitni rivojlantirish va Umumevropa, Evroosiyo bozorini shakllantirish;
-iqtisodiy islohot o‘tkazish;
-bojxona siyosatini birga olib boorish;
-transport, aloqa, energetika tizimlarini rivojlantirish;
-ekologik, atrof-muhit xavfsizligini ta’minlash;
-uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish.
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo respublikalari bilan o‘zaro hamkorligi
1993 yil Markaziy Osiyo rahbarlarining Almatida bo‘lib o‘tgan uchrashuvidan so‘ng Markaziy Osiyo hamdo‘stligiga asos solindi. Hamdo‘stlikka a’zo bo‘lgan davlatlarga milliy mudofaani kafolatlashga, ilmiy texnika taraqqiyoti yutuqlari va aloqa vositalari, yangi texnologiyaga erishish, xorijiy davlatlardan mahsulot tashish, zarur xom-ashyo va tayyor mahsulotlarni keltirish hamda o‘z mahsulotini jahon bozoriga olib chiqish, tabiiy ofatlar oqibatini tugatish, ekologiya sohasida tadbirlarni birgalikda o‘tkazish uchun imkoniyatlar yaratildi.
Din, e’tiqod, til birligi, azaliy qardoshlik munosabatlari bu davlatlar iqtisodiy taraqqiyotida shubhasiz katta ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda o‘ziga ruxan, urf-odatlari va an’analari bilan yaqin mamlakatlar bilan mustahkam munosabatlar o‘rnatish suveren O‘zbekistonning tashqi siyosatidagi muhim yo‘nalishlardan biridir. Bu ishlar Turkiston xalqlarining asosiy manfaatlarini ifodalagani uchun, ular orasida qadimiy do‘stlik va birodarlikni mustahkamlash, o‘zaro iqtisodiy muammolarni echish, milliy-madaniy aloqalarni tiklash uchun juda qulay sharoit yaratib, kishilar qalbida mehr-oqibat, birodarlik tuyg‘ularini, uyg‘otib kelmoqda.
Ayni paytda O‘zbekiston Markaziy Osiyo respublikalari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yib borar ekan, bu mintaqada iqtisodiy, madaniy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdagi asosiy xavf Afg‘oniston mojorosi ekanligini doimo diqqat markazida saqlab turdi. Bularga siyosiy jihatdan diniy ruhdagi ekstremizm, xalqaro terrorizm, korrupsiya va jinoyatchilik, narkotik moddalarni tarqatish, qurol-yarog‘ savdosi kabi muammolarni kiritish mumkin.
Markaziy Osiyo respublikalarining diqqat markazida turgan xalqaro terrorizmga qarshi jipslashish masalasi mintaqadagi respublikalar rahbarlarining 2000 yil 20-21 aprel kunlari Toshkentda Prezidentning Do‘rmon qarorgohida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yana yuzaga chiqdi. I.A.Karimovning xalqaro terrorizmga qarshi kurash Xalqaro markazi tuzish haqidagi tashabbusini qo‘llab-quvvatladilar. To‘rt davlat rahbarlari mintaqada xalqaro terrorizm, siyosiy va diniy ekstremizm va boshqa tahdidlarga qarshi birgalikda harakat olib borish haqida hujjatni imzoladilar. SHuningdek, uchrashuvda ikki davlat Qozog‘iston va O‘zbekiston respublikasi prezidentlari chegaralar masalasida ikkala davlat orasida erkin harakatlanish to‘g‘risida, yo‘lovchi va yuk tashish transportlarini kengaytirish to‘g‘risida kelishib olindi.
Sobiq ittifoq parchalanib ketgandan beri bu muammoni hal etish Markaziy Osiyo respublikalarining o‘zaro aloqalarida o‘z aksini topib bormoqda. Orol dengizi muammosi bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Qizil O‘rda (1993), Nukus (1994), Toshhovuz (1995) uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Bu uchrashuvlarda asosan Orol dengizi muammosiga bag‘ishlangan chora-tadbirlarni ko‘rish belgilab olindi. O‘zbekistonning tashqi siyosatidagi har tomonlama hamkorliklar qatorida Orol masalasi ham o‘ziga xos o‘ringa ega. Respublika rahbariyatining Orol bo‘yi masalasini hal etishda nafaqat Markaziy Osiyo, balki Osiyodagi bir qancha tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Jumladan, 2001 yil Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Tadao Chino O‘zbekistonga tashrif buyurib, Orol bo‘yida yuz bergan holat bilan tanishib chiqdi. Ushbu tashrif natijasida Tadao Chino O‘zbekiston hukumatining Orol bo‘yidagi suv taqchilligini tugatishga qaratilgan sa’yi-harakatlarini qo‘llab-quvvatladi. U Yaponiyaning maxsus jamg‘armasidan beg‘araz grant ajratishni jadallashtirishini ta’kidlab o‘tdi.
2002 yil 28 fevral 1 mart kunlarida Almati shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvida «Markaziy Osiyo hamkorligi» tashkilotini tuzish to‘g‘risidagi shartnomaga imzo chekildi va mazkur tashkilotning raisi etib I.A.Karimov saylandi.
Markaziy Osiyo davlatlari hamkorligining tuzilishi ularning boshqa davlatlardan uzoqlashishini ko‘rsatmaydi, balki murakkab o‘tish davrida mintaqa mamlakatlarining o‘zaro yordam va hamkorligini chuqurlashtirishga qaratilgandir. Respublikaning geosiyosiy va geostrategik ahvoli, iqtisodiy salohiyati, ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyoti va boshqa omillardan qat’iy nazar davlatning tashqi siyosatidagi ustuvor prinsipi davlatlarning suveren teng huquqlilik prinsipi bo‘lib qoldi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro huquqiy tashabbuslari jahon hamjamiyati oldida turgan mintaqaviy va global muammolarni hal etishga qaratilgandir. Umuman, O‘zbekiston tarixiy jihatdan qisqa bir davrda xalqaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish borasida bir necha yillarga arziydigan ishlarni amalga oshirdi. O‘zbekiston o‘zining tinchliksevar, yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro foydali hamkorlikka qaratilgan siyosati va faoliyati bilan butun dunyoga tanildi, jahon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini egalladi, uning mavqei yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda. Sovet davlati parchalanib ketgandan so‘ng Markaziy Osiyoga, xususan, O‘zbekistonga xalqaro terroristlar va diniy ektremistlar qo‘poruvchilik harakatlari bilan tazyiq o‘tkazishga harakat qilmoqdalar. Mamlakatning birinchi Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab BMT Bosh Assambleyasining sessiyalarida, xalqaro tashkilotlarning majlislarida Tojikistondagi fuqarolar urushi, Afg‘onistondagi tolibonlar va diniy ekstremistlarning butun jahon xalqlari uchun xavfli ekanini qayta-qayta ta’kidlab aytgan edi.
1997 yili o‘zining «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: havfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» nomli asarida «hududiy mojarolar diniy ekstremistlar O‘zbekiston mustaqilligiga xavfli tahdiddir» degan edi. Haqiqatan ham, «Afg‘onistonda o‘rnashib ko‘p mamlakatlar tomonidan madad olib turgan diniy ekstremistlar 1999 yil 16 fevralda, 1999-2000 yillari davlat chegaralarini buzishlar, 2003-2004 yillarda Toshkent va Buxoroda amalga oshirilgan qo‘poruvchilik harakatlari O‘zbekiston Prezidentining fikrlarini tasdiqladi. 2001 yil 11 sentyabrda Nyu-Yorkdagi qo‘poruvchilik harakatlari yirik davlatlar rahbarlarining ko‘zini ochdi va O‘zbekiston rahbarining qanchalik haq ekanligini ko‘rsatdi. 2001 yili oxirida Islom Karimovga AQSHda xalqaro etakchi (lider) unvonini berdi. Terrorizm butun dunyoni qamramoqda, uning uchun diniy, milliy ajratuvchilik, davlat chegaralari ham yo‘q. 1995-2003 yillarda faqat MDH davlatlari hududida 4.500 uyushgan jinoyatchilar guruhi tor-mor qilindi, 300 ming o‘qotar qurollar, 400 tonna portlovchi moddalar yo‘q qilindi.
Xalqaro terroristlar va diniy ekstremistlar o‘zlarining yovuz niyatlarini amalga oshirish, ya’ni O‘zbekistonda konstitutsion tuzumni ag‘darish, Farg‘ona vodiysida xalifalikni o‘rnatish uchun 2005 yil 13 mayga o‘tar kechasi Andijon shahrida amalga oshirishga urindi. Bu kimsalarning buzg‘unchilik harakatlarini Andijon xalqi qo‘llamadi. SHuning uchun ham Afg‘oniston, Qirg‘izston va boshqa davlatlardan moliyaviy, texnikaviy yordam olib, shundan beri tayyorlangan bir guruh diniy ekstremist, qo‘poruvchilar I.Karimovning shaxsiy rahbarligida Respublika qurolli kuchlari tomonidan bostirildi, ularning yovuz niyatlari puchga chiqdi. Dunyoning ko‘plab davlat rahbarlari, tinchliksevar xalqlari I.Karimov harakatini, o‘zbek xalqining ko‘rsatgan jasoratini qo‘llab-quvvatlamoqda, chunki O‘zbekistonda dunyoviy, demokratik tinchliksevar tuzumning saqlab qolinishi Markaziy Osiyoda, balki MDHning boshqa mamlakatlarida ham terroristik, ekstemistik harakatlar oldi olindi.


11 B.Ahmedov. Tarixdan saboqlar. T., “O'qituvchi”, 1994, 5-11 betlar.

Download 368,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish