Maxsus maktabda oila psixologiyasi faniga kirish. Maxsus
maktabda oila psixologiyasifaning nazariy- metodologik asoslari.
O‘qituvchi: S.Djurayeva
Jizzax 2021
1-Mavzu: Maxsus maktabda oila psixologiyasi faniga kirish.
Maxsus maktabda oila psixologiyasifaning nazariy- metodologik
asoslari.
1. Oilaviy hayot psixologiyasining fanlar tizimida
tutgan o`rni
2. Oilaviy psixologiyaning tadqiqot metodlari
3. Oilaviy munosabatlarni tadqiq etishning nazariy-
metodologik asoslari
Oila psixologiyasi ijtimoiy psixologiyaning bir tarmog`i sifatida
XX asrning oxirlariga kelib shakllangan. XXI asrga kelib esa uning
inson
hayotidagi
ahamiyati
va
jamiyat
ma'naviyatini
barqarorlashtirishdagi roli yanada sezila boshladi
•
Xorij mamlakatlarida oilaviy munosabatlarga qiziqish o`tgan
asrning boshlarida keskin oshdi. Taniqli tadqiqotchi olimlar
U.Jyems, Ch.Kuli, U.Tomas, F.Znanetskiy, J.Piaje, Z.Freyd kabilar
oilaning davrasida ro`y beradigan shaxslararo munosabatlarning
xarakteriga alohida e'tibor berishib, bir shaxsning boshqa bir shaxs
ta'sirida qanday qilib, o`z sifatlarini takomillashtirishi, o`zgartirishi,
tarbiyalanishi kabi qator masalalarni o`rgandilar. Natijada, bu borada
olib borilajak ilmiy izlanishlarning naqadar muhimligi o`z navbatida
jamoatchilikning diqqat-e'tiborini tortdi.
Amerikalik sotsiolog R.Xill va boshqalar oila va nikoh muammosini
o`rganishning sermashaqqat ish ekanligini ta'kidlab, usullarni
tanlash va respondentlar bilan ishlaganda quyidagi omillarni
hisobga olish maqsadga muvofiq ekanligi to`g`risida yozgan:
tadqiqot uchun shunday metodikalarni, izlanish vositalarini topish
lozimki, toki u bilan ryespondyentlarga murojaat qilinganda, oilaviy
hayotga ziyon etmasin, tadqiqotchi kyetgach, er-xotin munosabatlari
buzilmasin;
tadqiqotda oila a'zolari bevosita qatnashishi hisobga olinsa, ushbu
jarayon ularning nafaqat o`zaro munosabatlariga, balki psixologik
holatlari va kayfiyatlariga ham salbiy ta'sir etmasin;
tadqiqotchi ham tirik inson bo`lgani sababli, uning oilaga kirib
kelishi, uydagi turmush tarziga, odatlar, o`zaro yaqinlik aloqalariga
putur yetkazmasin.
Oilaning 4 ta muhim tavsifi kelib chiqadi:
•
Oila – jamiyatning bo`g`ini (kichik ijtimoiy
guruh);
•
Oila – shaxsiy yashash tarzini tashkil etish shakli;
•
Oila – er-xotinlarning birlashuvi;
•
Oila – er-xotinlarning boshqa yaqin qarindosh:
ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari, momolar
va bobolar, farzandlar va ularning farzandlari
bilan
ko`pqirrali
munosabatlar
o`rnatish
imkoniyati.
Oila a'zolarining hayotiy maqomlari va munosabatlarini quyidagi holatlarda
tasavvur etish va tahlil etish mumkin:
•
Ichki nazorat – tashqi nazorat;
•
Egoizm – sotsiotsyentrizm (xudbin yoki sahovatlilik);
•
Ijtimoiy normalarga bo`ysunuvchan – faqat o`zini
o`ylaydigan;
•
Ziddiyat va qarama qarshiliklarga nisbatan murosasozlik –
ularni rad etish;
•
O`ziga ishonch – ishonchning yo`qligi.
•
Yuqoridagilardan kyelib chiqqan holda, oila-nikoh
munosabatlarini o`rganganda ushbu tamoyillarni nazariy-
metodologik asos sifatida qabul qilish mumkin.
“Gender” atamasi (ijtimoiy jins, madaniyat mahsuli) paydo
bo`lganiga ko`p bo`lmagan bo`lsada (1975 yil), fanda ilgari ham bir
qator g`oya va izlanishlar mavjud bo`lib, biz ularni hech ikkilanmay
psixologiyaning ushbu sohasiga aloqador dyeb bilishimiz mumkin.
Fan tarixida 5 bosqichni ajratib ko`rsatishimiz mumkin:
•
1) tegishli g`oyalarning falsafiy nuqtai nazardan ishlab chiqilishi
(qadimgi davrlardan XIX asr oxirigacha);
•
2) gender psixologiyasining predmeti va bo`limlarining shakllanishi
(XIX asr oxiri XX asr boshi);
•
3) psixoanaliz Z.Freyd nomi bilan bog`liq “Freyd davri” (XX asr boshi –
1930 yil);
•
4) yirik eksperemental tadqiqotlarning boshlanishi va ilk nazariyalarning
paydo bo`lishi (1950–1980 yillar);
•
5) gender psixologiyasining jadal sur'atda rivojlanishi: eksperemental
tadqiqotlar, empirik faktlarning nazariy tahlil qilinishi, ma'lum metod va
metodikalarning adaptatsiyasi va maxsus gender metodikalarning
yaratilishi (1990 yildan shu davrgacha).
E’tiboringiz uchun raxmat
Do'stlaringiz bilan baham: |