Giyohvand yigitlardan birining pastki labi osilgan, kozlari chaqchaygan, ikkinchisining qarashlari sovuq, ong yuzida uzun tirtiq bor edi.
- Bilagingni korsat, - dedi Zohid tirtiqqa.
U «shu ham ishmi?» deganday erinibgina kurtkasini yechib, koylagining yengini shimardi. Labi osilgan yigitning bilagida ham igna izlari bor edi. Ularning giyohvandligiga Zohidda shubha qolmadi.
- Kukunni qayerdan olardilaring? deb soradi Zohid.
- Bratanga etganmiza, qayoqdan oganuvzani, - dedi labi osilgan yigit.
- Menga ham ayt.
- Lola kochasida
on
yettinchi uyda turadigan Sharif aka degan kishi.
- Ikkoving birga borganmisan?
- Bir xil paytda men borardim, bir xil paytda u borardi, bir xil paytda ikkalavuza borardik.
Zohid hali Hamdamdan olgan suratlarni chontagidan chiqarib, uchtasini ajratib oldi-da, stol ustiga yoyib, labi osilganini chaqirdi.
- Qara, Sharif akang qaysi biri?
Yigit ordakka oxshab lapanglab kelib suratlarga uzoq tikildi-da, bittasini korsatdi.
- Joyingga otir, - Zohid shunday deb suratlarning joyini almashtirdi-da, tirtiqni chaqirdi. U boshqa suratni korsatdi.
- Oxirgi marta qachon boruvdilaring? deb soradi Zohid.
- Uch kun boldi.
- Balki tort kundir?
- Vey bratan, man ozim borganman, Soqqa yogidi, qarzga bergan. Nishtyak odam u. Ozini laboratoriyasi bor. Ayn moment tayyorlab beradi.
- Laboratoriyaga kirganmisan ?
- Kirganman-de. Shundoq chap tomonda.
- Ayvondan otgandami?
- Ha-de, bilib turib soruvrasizmi?
Zohid «bu yogiga nima deysiz?» deb Hamdamga qaradi.
- Ayvonning oldi rommi?
Labi osilgan yigit oylanib qoldi.
- Rom bolsa kerak, - dedi ikkilangan holda.
- Yolgon gapirma! dedi Hamdam baqirib.
- Bratan, aldavotganim yoq. ( 44-45)
Jalil biroz kutib qolganmi, tutmayganroq korinishda kirib keldi. Asadbek uni ornidan turib qarshiladi.
- Kiravermay, otirdingmi? dedi Asadbek. Bunaqa odating yogidi-ku?
- Hurmating bor, oshnam. Biz bir bekorchi odam bolsak, - u shunday deb qoltigiga qistirib olgan eski gazitga oroglik narsani uzatdi. Toyga kelolmadim. Yaxshi otkazib oldingmi?
- Toyga kelmaganingga gina qilib otiruvdim, tinchlikmi ozi, nimaga kelmading?
- Sen meni toyga aytdingmi? Jalil ovozini bir parda kotardi.
- Birinchi bolib senga xabar bergandirman.
- Katta bolsang ozingga, bu birinchidan, boyvachcha bolsang ham ozingga, bu ikkinchidan, xopmi! Laychalaringni yuborib toyga ayttirding-mi? Ozingning oyoging yetmadimi?
- Endi oshna, toychilik, shoshib qolarkansan.
- Ozingga oxshagan boyvachchalarni aytishga shoshmagandirsan?
- Xop, tavba qildim, men ahmoqman, - Asadbek ham ovozini kotardi, - ozim bormabman ( 241-242).
Matnlarning til jihatiga etibor berilganda shu narsa malum boladiki, suhbat jarayonidagi gaplar asosan savol-javoblardan iborat boladi, yani gaplarning malum qismini soroq gaplar tashkil qiladi. Bu gaplar tuzilishiga kora sodda va toliqsiz gaplardan iborat boladi. Toliqsiz bolishining sababi malum, albatta. Undagi mano yoki avvalgi gapdan yoki umuman suhbat mazmunidan anglashiladi. Ayrim gaplarda uzilishlar ruy beradi (- Lola kochasida
on
yettinchi uyda turadigan Sharif aka degan kishi) va uzilishlar ham aniq bir maqsadni kozda tutadi. Gapdagi bu kalavalanishlar giyohvand yigitlarning Sharifni tanimasligidan dalolat berib turibdi. Bratan, soqqa, nishtyak, ayn moment birliklari bu toifa odamlarning oziga xos tili mavjudligiga, etganmiza, oganuvza, ikkalavuza, aldavotganim yoq, kirganman-de, ha-de, soruvrasizmi sozlari ularning Toshkent shevasi vakillari ekanligiga ishoradir. Suhbat jarayoni ogzaki sozlashuv uslubida tuzilgan. Ayrim gaplarning zarur azolari tushib qolgan (Shundoq chap tomonda) va hokazo. Bu til elementlarining har biri asarda malum manoda badiiy uslubga tegishli vazifalarni bajargan.
Ikkinchi parchadan yana shu narsa anglashiladiki, suhbatdoshlar-ning xarakteri, kayfiyati, suhbatlashayotgan kishisiga munosabati ham nutq jarayonida reallashadi. Aslida aytgani-aytgan, degani-degan, qamchisidan qon tomadigan, boshqalarga nihoyatda qattiqqol Asadbekning xarakteridagi boshqa qirralar dialog davomida ochiladi. Bolalikdagi dosti Jalilga yon bosadi.
Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, garchi dialogik nutq til nuqtai nazaridan gap shakllarining toliq bolmasligi, sozlarning tushib qolishi yoki qisqarishi, inversiyaga uchrashi bilan boshqa nutq shakllaridan ajralib tursa-da, bu orinda ham muloqotning umumiy qoidasi va etikasini saqlab qolishga harakat qilinadi.
Matnlardagi dialogik nutqlarni kozdan kechirish yana shundan dalolat beradiki, ular asosan ogzaki nutq odatlarini ozida namoyon qiladi.
Alohida bir kishiga taalluqli bolgan nutq monologik nutq sifatida baholanadi. Bu nutq ikki xil korinishga ega: ochiq nutq va ichki nutq.
Ochiq nutq jamoaga qaratilgan boladi va turli xarakterdagi yigilishlarda qurultoylarda, sessiyalarda, ilmiy anjumanlarda, dars jarayonida, hisobot yigilishlarida, har xil jamoalarning majlislarida, uchrashuvlarda, bayramlarda, toy-tomoshalarda, tugilgan kunlar, dostlar uchrashuvi singari kichik davralarda, motam mitinglarida sozlanadi. Bu yigilishlarning mazmuni turlicha bolganligi sababli ularda sozlanadigan monologik nutq xarakteri ham bir-biridan farq qiladi. Masalan bayramlar, uchrashuvlar, toy-tomoshalar, tugilgan kunlar tantanali tarzda kechadigan yiginlar bolganligi tufayli ularda sozlanadigan nutq ham tantanali ruh asosiga qurilgan boladi. Hisobot yigilishlari va jamoalarning (ishlab chiqarish, rejalashtirish) majlislari rasmiy xarakterda boladi. Qurultoy va sessiyalar keng qamrovli yigilishlar bolganligi tufayli ularda rasmiylik ham, norasmiylik, va tantanavorlik ham aralash boladi. Mavzuga qarab har xil faktlar, raqamlar keltiriladi. Nutq mavzusi va vaziyatining bu tarzda turli-tuman bolishi ular uchun til vositalarining ham tanlab ishlatilishini taqozo qiladi. Vaziyatga qarab kishilarga tantanavor ruh beradigan, ularni ilhomlantiradigan, safarbarlikka undaydigan, his-tuygularini junbushga keltiradigan, masuliyatini oshiradigan, tartib-intizomga chaqiradigan, talim-tarbiya berishga qaratilgan yoki shunchaki axborot berishga qaratilgan til vositalari tanlanadi. Motam marosimida sozlangan nutq esa mazmuni bilan ham, tanlangan sozlari bilan ham, tuzilishi bilan ham yuqoridagi nutq turlaridan tubdan farqlanadi.
Sozlovchining har bir nutqni sozlash jarayonida ozini tutishi, harakatlari, hatto kiyinishi ham farq qiladi. Boshqacha aytganda, farq qilishi kerak. Masalan, Oliy Majlis sessiyasiga ton kiyib borish odob sanalmagani kabi, azaga etiborni tortadigan yaltiroq kiyimlarni kiyib borish yoki lab va qosh-kozlarni boyab borish ham maqul emas.
Demak har bir monologik nutqiy vaziyat sozlovchidan alohida bir munosabatni va masuliyatni talab qiladi. Ayni paytda, ularning barchasi uchun, avvalgi mavzularni yoritishda takidlab otilganidek, umumiy bolgan qoidalar ham mavjud. Bu dastlab sozlanadigan nutqning qolipi rejasi bolishi. Qayerda va qanday vaziyatda sozlanishidan qatiy nazar, har bir nutq malum reja asosida bolishi, auditoriya, vaqt hisobga olinish lozim. Boshqacha aytganda, nutq sozlashdan malum maqsad bolishi va bu maqsad amalga oshishi zarur. Buning uchun tinglovchilarga tasir otkazish, tasir otkazish uchun esa tildan foydalanishning ham, ozini tutishning ham tasirchan vositalaridan foydalanish kerak boladi.
Adabiy asarda monologning ichki korinishi xarakterli bolib, badiiyat manfaati nuqtai nazaridan ular alohida vazifa bajaradi. Shuning uchun Said Ahmad: «Yozuvchi faqat qahramonning tilidagini yozmay, uni ichidan ham gapirtira bilishi kerak. Chunki ichidan gapirtirilgandagina, qahramonning ichki olami ochiladi. Qahramonning ichki olamini, ichidagi bolgan ohangni, ichki dardni yozuvchi oz tili bilan olib chiqadi» degan edi61. Prof.B.Yoldoshev «Badiiy nutq stilistikasi» nomli kitobida ozining ana shu qarashlariga amal qilgan yozuvchi asarlari («Turnalar», «Alla», «Orik domla», «Ufq»,) misolida ularning obrazni individuallashtirish va xarakter yaratishdagi vazifalari xususida mulohaza yuritib, dialogik va monologik nutq tahliliga keng toxtalgan va ularni badiiy nutq uslubidagi bayon usullari sifatida korsatib bergan62.
Darhaqiqat, yozuvchi qolida ichki monolog qahramon qiyofasini oquvchi koz oldida butun borligi va murakkabligi bilan gavdalantirishga xizmat qila oladigan kuchli badiiy vosita bola oladi. «Shaytanat»dagi Asadbek oquvchi koz ongida har ishga qodir bolgan qudratli kishi sifatida namoyon bolgan. Ammo u ham hamma qatori inson. Bedavo dard rak kasaliga yoliqqanda uning xayolidan otgan kechinmalarni yozuvchi quyidagicha beradi: Toyib-toyib nafas olishga zor bolib olaman. Jonim yotal bilan chiqsa olganimni bilmay ham qolishadi. Birov xabar olguncha sasib yotaveraman. Jagimni tangishadi, oyoqlarimni boglashadi. Dod-voy
Kim yiglaydi? Ogillarim uzoqda. Zaynab dod solar balki
Yana bir-ikki xotin qoshnilar
Xotinlarning yolgondan bolsa ham yiglab turgani yaxshi. Bolmasa bu uydan olik chiqqanini birov bilmaydi. Xotinlarning yigisisiz olikning ham fayzi bolmasa kerak
Manzura yetib kelsa bu yogini ozi eplashtiradi! Yo-oq
u yiglamaydi. Jalilning onasi olgandamidi
ha, oshanda yigisini eshitib «Dodlashni ham orniga qoyar ekansan, olsam maza qilib eshitib yotaman», deb hazillashganimda «Voy adasi, xotinlar eriga yiglamaydi, ayb boladi», degan. Qiziq
nima uchun ayb boladi? Manzuraning yiglashi shart ham emas. Balki
qutulganiga shukur qilar?.. Menga tekkanidan beri boshi tashvishdan chiqmaydi. Endi yayrayman, deganida bolalarni oqishga jonatdim. Keyin chet elga yubordim. Ularni sogindi. Sogindi-yu, «Soginayapman», deb zorlanishga mendan qorqdi. Qiziq
urmasam ham mendan qorqadi-ya
Zaynabning tashvishi uni tamom qildi. Yaxshi hamki keyingi voqyealardan uzoqroqda. Bilsa yuragi yorilib ketardi. Kelinlarini boshlab kelib rohat koraman, deganida men chozilib yotsam
Bir jihatdan u kelguncha jonavorganim ham yaxshi. Oligimni kormasa bir-ikki kun yiglab, keyin konikib qoladi
Meni tanish-bilishlarimning ozlari joyimga olib borib qoya qolishadi. Janozaga tizilishadi. Domla aql orgatadi. Nima deydi? «Odam oxir-oqibat olmoq uchun bu dunyoga keladi», deydimi? «Pensiyaga chiqqandan keyin namoz oqiyman, deb kutmanglar, mana bu birodarimiz ham pensiya yoshiga yetmabdilar. Olmasingizdan oldin bir marta bolsa ham peshonangiz joynamozga tegsin», deydimi? Yo «Yogoch otga minib kelmasingizdan avval oz oyogingiz bilan masjidga kelib turing», deydimi? Keyin «Marhumning yaqinlari kim?» deb soraydi. Kim chiqadi? Haydarmi? Mahmudmi? Yoq, Jalil chiqadi. «Marhum birovdan qarz olgan bolsa, tolayman» deb soz beradi. Tentak. Mening kimdan qarzim bor ekan? Odamlar mendan qarz. Lekin ular qarzlarini keltirib berishmaydi. Olganimdan xursand bolishadi. Balki oshalar «Tezroq ola qolsin» deb duo qilishayotgandir
Men
Jalildan qarzman. Ha
qarzim bor undan. Hovli-joy olib berishim kerak edi. Mahmudga tayinlab qoyishim kerak, mendan keyin olib bersin. Keyin
kotarishadi. Tobutning bir chekkasidan ushlash savob ekan. Meni kotarish ham savobmi? Odam yigiladi? Yuztami, mingtami? Shundan qanchasi xursand, qanchasi xafa?.. Joyimga yotqizishib, bir kaftdan tuproq tashlashadi. Joyim
joyim qop-qorongi lahadmi? Keyin
«Asadbek qanaqa odam edi?» deb sorashadi. «Yaxshi odam edi», deyishadi. Ha
Bu gaplari togri boladi. Dunyodagi eng yaxshi odam olik odam. Chunki u birovga yomonlik qilmaydi.
Asadbek qanchalik magrur inson bolmasin, u ham olimga tan berishga majbur. Mana shunday paytda atrofdagilari birma-bir uning koz oldidan otadi. Ularning munosabatini Asadbek qanday tushunishini ochishda ichki monologning xizmati va vazifasi ana shundan iborat boladi .
Har ikkala nutq ham qanday vaziyatda ijro etilishidan qatiy nazar ular muallifning dunyoqarashi va maslagini, manaviyati va madaniyatini ozida mujassam qiladi. Insonning saviyasi qanday bolsa, uning muomalasi ham shunday boladi. Bu har ikkala nutqning oziga xos xususiyatlarini bilib olganimizdan keyin biz ham vaziyatga qarab sozlashimiz va har bir nutqiy vaziyatdan oz maqsadimizdan kelib chiqib unumli foydalanishimiz, bor imkoniyatimizni tinglovchilarning hurmat-etiborini qozonishga qaratishimiz lozim boladi.
Xullas, insonlar qaysi kasbda ishlashi, yoshidagi farqlardan, jinsi kimligidan qatiy nazar, avvalo umuminsoniy va umummilliy axloq va madaniyat qoidalari doirasida sozlaydilar. Jumladan, huquqshunoslar ham. Nutqni mazmunli shakllantirish gaplashayotgan yoki nutq sozlanishi lozim bolgan mavzuni yaxshi bilishni, uning adabiy til meyorlariga mutlaqo mos kelishni, har qanday shevachilik va mahalliychilikdan, ortiqcha soz va iboralardan holi bolishi, grammatik jihatdan togri, aniq va ravshan, qisqa va tushunarli ifodalanishni, mantiqiy izchillikni talab etar ekan, bu bevosita yuristlar nutqiga ham tegishlidir. Buning ustiga, yurist nutqi Prezidentimiz qarashlariga, davlatimiz olib borayotgan ichki va tashqi siyosatga muvofiq kelishi lozim.
Yuristlar xalq bilan muntazam aloqada ekanliklarini hisobga olganlari holda barcha ozbek ziyolilari kabi badiiy adabiyotdan, milliy qadriyatlardan, xalq hikmatlaridan, kundalik ommaviy axborot vositalari yangiliklaridan xabardor bolishlari, ogzaki nutq konikmalarini hosil qilib borishlari lozim. Chunki huquqshunoslar har qanday jamiyatda ham oziga xos mavqyega ega bolgan kishilar sanalishadi. Kopchilik ulardan adolat va himoya, madad va yordam kutishadi, turmushda ulardan namuna olib yashashga intilishadi. Bas, shunday ekan, ular nafaqat barcha insoniy fazilatlari bilan, balki nutqiy muomala odobi bilan ham boshqalardan ajralib turishi lozim. Yurist degan sharafli nom shu manoda bu kasbdagi kishilarga alohida masuliyat yuklaydi. «Huquqni muhofaza qilish idoralarida axloq jamiyatda qonunchilik va adolatni ornatish uchungina emas, balki ularning oz kasblaridagi qadr-qimmat, halollik va poklikni mustahkamlash uchun ham zarurdir»63.
Birgina tergovchilik faoliyati bilan bogliq bolgan muomala jarayonini olib koraylik. Tergovchilik faoliyati ota murakkab va masuliyatli hisoblanadi. Tergov harakatlarini olib borish jarayonida tergovchining voqyea sodir bolgan joyni kozdan kechirish, tintuv qilish, jinoyatda gumon qilinayotgan kishilarni soroq qilish, yuzlashtirish, turli eksperimentlar otkazish, sud ekspertizalarini tayinlash kabi vazifalarni amalga oshirishiga togri keladi va bunda turli toifadagi, vazifadagi va qarashdagi kishilar bilan muloqotda bolishga majbur boladi.
Uning oz mutaxassisligi va yuridik ish yuritish qoidalari nuqtai nazaridan amalga oshirishi lozim bolgan vazifalariga axloqiy meyorlarga tayanib ish korishga komaklashadi. Halollik, xolislik, prinsipiallik, hushyorlik kabilar yurist axloqining yuksak alomatlari sanalar ekan, u tergovchiga ham bevosita tegishlidir. Ayblanuvchi va guvohlar bilan tergov jarayonini olib borayotganida muloqotda biron lahza bolsa ham odob qoidalarini unutishi mumkin emas. Albatta, tergov hamma vaqt ham silliq kechaveradigan jarayon emas. Chunki ayblov kursisida turli toifa va qarashdagi, axloqi oziga yarasha bolgan kishilar otirgan bolishi mumkin. Ammo har qanday holat va vaziyat ham tergovchining qonun va axloqqa zid bolgan yoldan borishiga, ayblanuvchining shaxsiyatiga tegadigan gaplarni qilishiga haqqi yoq. Suhbatdoshining ishonchiga sazovor bolish, uni hurmat qilayotganini sezdirish va ozaro samimiyatni vujudga keltirish tergovchining juda katta yutugi sanaladi64.
Mavzuga yakun yasab, yana takidlaymizki, yuristlik kasbi nohiyatda masuliyatli, ayni paytda sharaflidir. Unga munosib bolish esa nafaqat oz mutaxassisligi doirasida mukammal bilimga ega bolishni, ayni paytda, yuridik tilni ham yaxshi bilishni taqozo qiladi. Chunki har qanday bilimni yozma yoki ogzaki shaklda bolishidan qatiy nazar, faqatgina til vositalari orqali kozda tutilgan darajada ifoda etish mumkin boladi. Shunday ekan, til bilimi bilan jiddiy shugullanish, oz ona tilining ifoda sirlarini yaxshi bilish bolajak yuristga faqat muvaffaqiyat keltiradi, xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |