Tayanch soz va iboralar: manaviyat, madaniyat, muloqot, anana, odat, taomil, muomala mazmuni va shakli, muomalaning yosh, jins, mavqye, vaziyat, holat, ijtimoiy muhit, vaqt singari omillarga bogliqligi, muloqot qoidalari va etikasi, muloqot korinishlari, suhbat jarayoni, muloqotning hududiy farqlanishi, shahar va qishloq madaniyati, tinglash madaniyati, sozlovchi faoliyatidagi bosqichlar, subyektiv baho shakllari, qadriyatlar, urf-odatlar, ogzaki, dialogik, monologik, qisqalik, toliqsizlik, inversiya, ekstralingvistik omillar, noverbal vositalar, monologik nutq, huquqiy vaziyat, psixologik vaziyat, muomala odobi, nutq qoliplari, tergovchi, ayblanuvchi, guvoh, jabrlanuvchi, suhbatdagi ozaro qarama-qarshilik, hamkorlik, kelishuv, muloqotni faollashtirishning maxsus vositalari, qopollik, tazyiq, qorqitish, kasb-hunarga oid sozlar, professionalizmlar, argo.
Ozbek xalqi oz manaviyati va madaniyati mavjud bolgan turkiy xalqlarning biri sifatida tildan foydalanishda ham qadimiy ananalari, odat va konikmalariga ega. Zero, ana shu anaana va odatlar har bir xalqning ozligini korsata oladigan belgilar sanaladi. Ona tilimizning bu ijtimoiy jihatlari tadqiqotchilarimizning ham etiborini tortgan56. Ammo keyingi on yillikda ushbu mavzuga bagishlangan ikkita yirik tadqiqot S.Mominov va Sh.Iskandarovalarning monografik ishlari maydonga keldiki, biz mazkur mavzuni yoritishda bevosita ana shu kuzatishlar natijalariga asoslanamiz57.
Malumki, inson faoliyati uning jamiyat mahsuli sifatida mavjudligi sanalib, ana shu faoliyat jarayonida u malum harakatlarni amalga oshiradi hamda jamiyat azolari bilan til muomalasida muloqotda, fikr almashishda boladi. Ammo bu muomala tildan foydalanuvchilarning madaniyati darajasiga kotarilgunga qadar uzoq davrni bosib otishi tabiiy. Ozbek nutqi ham bugungi taraqqiyot bosqichiga yetgunga qadar ana shunday vaqt sinovidan otgan.
Ozbek tilshunosligi ilmida nutq madaniyati masalalari birmuncha durust organilib, ozining nazariy asosiga qoyilgan bir paytda ozbekcha muomalaning yol-yoriqlarini, usullarini organish ham amaliy jihatdan muhim bolib hisoblanadi. Chunki ozining boy tarixi va otmishi, havas qilsa va namuna olsa arzigulik manaviy-madaniy merosga ega bolgan ozbek xalqining muloqot ananalari nafaqat mazmunan, balki shaklan ham rang-barangdir. Sharq manaviyatining tarkibiy qismi bolgan bu muloqot ozbeklar bilan yonma-yon yashab kelayotgan boshqa xalqlar madaniyati bilan uygun, ayni paytda, oziga xosdir. Kishilarning yoshiga qarab hurmat bildirish va shunga yarasha muomalada bolish, suhbat jarayonidagi samimiyatga, suhbatdoshga yon berishga harakat qilish, yoshlarning qariyalarga, ayollarning erlariga yoki erlarning ayollariga, farzandlarning ota-onalariga, obroli kishilarga, rahbarlarga bolgan izzat-hurmatning, mezbonning mehmonga bolgan ehtiromining avvalo muloqot jarayonida aks etishi ana shu oziga xosliklar sanaladi.
Inson nutqi goyatda murakkab jarayon hisoblanib, uni faqat tilshunoslik doirasida organish amalda mumkin emas. Boshqacha aytganda, birgina tilshunoslik fani uni mukammal organishga ojizlik qiladi. Fan taraqqiyotining hozirgi bosqichida shakllangan sosiolingvistika, etnolingvistika, psixolingvistika, madaniyatshunoslik singari fanlarning hamkorligigina bu muammolarni ijobiy hal qilish imkonini beradi.
Shunday qilib, muloqot inson faoliyatidagi eng murakkab jarayon sanalib, bu jarayonning amalga oshishida malum qonun-qoidalar mavjud.
Bu jarayonda sozlovchi va tinglovchi suhbatdoshlar zaruriy azo sifatida ishtirok etishadi. Muloqotga tasir etuvchi omillar tasir birliklari mavjud boladi. S.Mominov suhbatdoshlarning millatini, jinsini, yoshini, ijtimoiy belgilarini, ularning ozaro yaqinlik darajasini, muloqot vaqtini, vaziyatni, holatni, ijtimoiy muhitni ana shu birliklar sifatida qaraydi58.
Olimning fikricha, muloqot xulqi muammosini milliy xarakter millat aholisining oziga xos urf-odatlari, qadriyat va ananalarini hisobga olmasdan turib organish mutlaqo mumkin emas. Chunki muloqot xulqi milliy xarakterning uzviy bir qismi bolib, ular bir-biri bilan chambarchas bogliqdir. Demak muloqotning ham til, ham tildan tashqaridagi omillari mavjud bolib, ular ozaro birlashgandagina kutilgan nutq shakllanishi mumkin.
Shuning uchun ham dastlab muloqotning ana shu omillari haqida tushunchaga ega bolish maqsadga muvofiq boladi.
Bu ikki omil nutqiy jarayonda chambarchas boglangan bolib, biri ikkinchisini taqozo qiladi va bir-birisiz yashay olmaydi. Vaziyatga bogliq holda inson muomalasining korinishlari shu qadar kop boladiki, bir vaziyat va holatda amalga oshirilgan suhbat boshqa bir orinda hyech qachon takrorlanmaydi. Ular salomlashish, xayrlashish, tabriklash singari vaziyatlardagina umumiylikni tashkil qilishi va nutqiy odat degan mano ostiga birlashishi mumkin.
Masalaning mohiyatini yanada yaxshiroq va tezroq anglash uchun dastlab tildan tashqarida bolgan omillar haqida mulohaza yuritish maqsadga muvofiq boladi.
Psixologik nuqtai nazardan olib qaraganda muloqotda shaklning ahamiyati nihoyatda sezilib turadi. Suhbatdoshlar ozaro tanish-notanishligidan qatiy nazar, odatda bir-birlariga samimiyat bildirishga, iltifotli, sermulozamat bolishga, izzat-ikrom, hurmat korsatishga, manzirat qilishga, bir-birlarining kayfiyatiga, kongliga qarab gapirishga harakat qiladilar. Muloqot jarayonida kozda tutilgan maqsaddan kelib chiqib, bazan roy beradigan noqulay vaziyatni yumshatishga harakat qiladilar. Bir-birlariga gapirib olishga imkon beradilar. Bunday vaqtda orada jimlik, sukunat hukmron bolishi, suhbatda uzilishlar roy berishi mumkin. Lekin muloyimlik bilan uni bartaraf etish yollari ham axtariladi. Bunday paytlarda suhbatdoshlarning yoshi, jinsi, saviyasi albatta sezilib turadi. Suhbat jarayonida, yuqorida takidlaganimizdek, undan kozda tutilgan maqsaddan kelib chiqib yoki suhbatdoshlarga mutlaqo bogliq bolmagan holda buning aksi roy berishi ham mumkin.
Muloqot jarayoniga yuqorida sanab otilganlardan boshqa tasir etuvchi tashqi omillar ham kuzatiladi. Suhbat jarayonida aralashmayotgan, ammo suhbatdoshlar uchun hurmatli bolgan kishining tasiri bunga misol bola oladi. Suhbatdosh ustozga, sevimli yoki jamiyatda obrosi, hurmati bor kishiga, arboblar va amaldorlarga yaqin, hatto qarindosh bolishi ham mumkin. Bu narsa ham malum manoda tashqaridan suhbatdoshlar nutqini «boshqarib boradi», uning davom etishi va yakuniga tasir korsatadi.
Muloqotning hududiy farqlanishini ham etibordan chetda qoldira olmaymiz. Kop yillik kuzatishlarimizdan ham, badiiy adabiyot namunalaridan ham malumki, qishloq odamlarining nutqi birmuncha sodda, zamonaviy nutq madaniyati talablariga hamma vaqt ham toliq javob beravermaydigan, shevachilik qusurlaridan butunlay qutulib keta olmagan nutq sifatida namoyon boladi. Ayni paytda, bu nutq konglimizga qanchalik maqul bolgan-bolmaganligidan qatiy nazar, uning togri, samimiy bolishini ham takidlaymiz. Buning aksicha, necha ming yillar davomida madaniyat va marifat markazi sanalib kelingan shahar muomala madaniyatida boshqacha manzarani kuzatamiz. Shaharning tub aholisi yoki unda uzoq yillar davomida yashayotgan kishilarning, ziyolilarning muomalasidagi sertavozelik, xushmuomalalik, vaziyatga, jamoaga, suhbatdoshning kayfiyatiga qarab muomalada bolish singari tahsinga sazovor holatlarni alohida qayd etish mumkin. Ayni paytda, bu muloqotning samimiylik yoki aksincha, suniylik, soxtalik darajasini baholash tinglovchi suhbatdoshlarning aqlu zakovatiga havola etiladi.
Nutq vaziyatiga qadar suhbatdoshlar suhbat mavzusidan yoki unga aloqador ayrim faktlardan xabardor bolgan bolishlari mumkin va bu narsa ularni malum darajada muloqot jarayoniga tayyorlaydi. Ammo kutilgan natijalarni berish-bermasligini shu nutqiy vaziyatning ozi belgilaydi.
Muloqot jarayonining muhim qismini murojaatlar tashkil qiladi. Murojaat esa tanish kishilarga ham, notanishlarga ham bolishi mumkin. Bu vaziyat esa alohida til elementlarini tanlashni taqozo etadi. Masalan, notanish kishilarga murojaat qilinganda ishlatilishi odat tusiga kirgan sozlarni olaylik: yigit, ogayni, aka, uka, amaki, toga, jiyan, ota, buva, xola, buvi, momo, opa, singlim, qizim, bolam kabi. Bu sozlarga murojaat qiluvchining xohish-irodasi yoki kayfiyatiga qarab jon subyektiv baho shakli qoshilishi mumkin. Bundan tashqari bu murojaat sozlarining dialektal korinishlari ham mavjud bolib, ularning barchasi birgalikda qollanishda malum hududiy-vazifaviy chegaralanishlarni keltirib chiqaradi. Masalan, kasb-hunarga oid usta sozini ishlatish faol. Lavozim yoki vazifani ifoda etadigan rais buva, qozi buva, xojayin, domla, muallim, doktor / duxtir, shofer / shopir singari sozlar ham murojaatlarda turgunlik kasb etgan. Agar ularga o, ey, hov, hoy kabi undovlar qoshilib ishlatilsa, murojaat mazmuni ozgaradi. Garchi chaqiriq masofa nuqtai nazaridan murojaat qiluvchidan nisbatan uzoqroqdagi kishiga qaratilayotganday bolsa ham, bunday murojaatda malum manoda eshituvchiga nisbatan hurmat darajasi pasayadi.
Tanishlarga qaratilgan murojaatlar ham farqlanadi. Yoshi ulug, lavozim jihatdan yuqoridagi, yaqin va hurmatli kishiga nisbatan qilinadigan murojaatlar tanishu, ammo sozlovchi uchun unchalik ahamiyatli bolmagan kishiga nisbatan qilinadigan murojaatdan boshqacha boladi. Birinchi guruhdagi kishilarga nisbatan dada, dadash, azizim, onam, lobarim, dilbarim, erkam, pari, bek, gul, poshsho, botir, gozal, malak, boyvuchcha, boyvachcha, valinemat, shirin, oppoq, dondiq, nuridiyda, jon, qanot, chiroq, guncha, xon, xonim, poshsha, oy, shunqor, lochin, qaldirgoch, qozi, bota, toy, qulun, arslon sozlari hamda cha (qizcha, ukacha, ogilcha, bolacha); -chak/-choq/-chiq (toychoq, qozichoq, kelinchak), -kay (bolakay); -gina/-kina/-qina (qizgina, bolagina); -loq (qizaloq, botaloq); -xon (Matlubaxon, Diloromxon), -jon (bolajon, ukajon, opajon, singiljon), -boy (Hamidboy, Hikmatboy), -bek (Javlonbek, Habibbek), -qul (Shodmonqul, Shodiqul), -toy (Nurislomtoy, erkatoy, kenjatoy), -oy (Oysuluv, Sanamoy, Tolganoy, oyimqiz), -beka/-begim (Qutlibeka, Nodirabegim), -poshsha (Oyposhsha, kelinposhsha), -bibi (Xurshidabibi, Shohidabibi), -pari, -bonu (Shahnozabonu, Dilnozabonu, Komilabonu, Shahzodabonu), -niso (Guliniso, Xayriniso), -gul (Gulsanam, Bodomgul) affiksoidlari bilan murojaat qilinadi59.
Muloqot jarayonida soz va iboralarning malum qolipda takrorlanaverishi kishilarda odat va konikmalarni keltirib chiqaradi. Har bir muomala jarayonining oz qoida va odatlari shakllanib, u umumxalq, umummilliy xarakter kasb etadi. Muloqotda unga rioya qilish taomilga kiradi. Aksincha undan chiqish bu odatlarga itoat qilmaslik deb qabul qilinadi.
Inson muloqot jarayonida salomlashish, tanishish, xayrlashish, biron narsani iltimos qilish, tabriklash, minnatdorchilik bildirish singari koplab nutqiy vaziyatlarga duch keladi va ularning har birining oziga xos muomala odatlari mavjud boladi. Bu odatlar umuminsoniy, umummilliy urf-odat va taomillar, madaniyat va qadriyatlar doirasida boladi. Masalan salomlashish odati: assalomu alaykum vaalaykum assalom, hormang bor boling, xush kelibsiz xushvaqt boling, yaxshimisiz xudoga shukur; xayrlashish odati: men boray, bolmasa otirsangiz bolardi / choy ichib ketsangiz bolardi, xayr omon boling, yaxshi qoling yaxshi boring, yana kelinglar sizlar ham boringlar; iltimos qilish odati: iltimos, agar mumkin bolsa, agar sizga malol kelmasa, bemalol bolsa, sizdan bir narsa soramoqchi edim, mobodo sizga ogirlik qilmasa, imkoniyatingiz bolsa, nima desam ekan
sorash sal noqulay bolib turibdi kabi.
Ozbek nutqiy odati tadqiqotchisi Sh.Iskandarova uning vazifa doirasini belgilab, suhbatdoshlar ortasida aloqa ornatish, ularning bir-birlariga iltifot korsatishga harakat qilishi, suhbatni boshqarib borish, murojaat qilish, xitob, tasir etish singari omillarni qayd qiladi60.
Bundan tashqari olima nutqiy odatlar insonlar ortasidagi chegaralanuvni ham alohida qayd qiladi. Masalan: keksalar bilan keksalar, keksalar bila yoshlar, tengdosh keksalar, tengdosh yoshlar, ayollar bilan ayollar , erkaklar bilan erkaklar, ayollar bilan erkaklar ortasidagi muloqotlar va hokazo. Ularning har birida oziga xos odatlar shakllangan. Birgina ayollar ortasidagi muloqot jarayonida qollanilishi odat tusiga kirgan ayrim soz va iboralarni eslab otaylik: dugonajon, ovsinjon, egachi, aylanay, orgilay, girgitton, qoqindiq, asalim, shirinim, toychogim va boshqalar. Bular barcha ayollar uchun umumiy bolgan til birliklari - ayol, buvi, ona, turmush ortogi, dugona, farzand, opa, singil, amma, xola va notanish kishi bolishi mumkin. Bunday holatlarda ularning har birining boshqa bir ayol bilan muloqot odati yana oziga xos tarzda shakllangan boladi.
Dialogik va monologik nutqlar insonning muloqot shakllari hisoblanadi. Inson nutqi korinishlari sifatida dialogik nutq ham, monologik nutq ham nutqning shakllanishidagi umumiy qoidalarga hamda insonlar ortasida amalda bolgan muomala etikasi va tamoyillariga boysunadi. Ayni paytda, ularning har biri shakllanishdagi til xususiyatlari va tildan tashqarida bolgan omillarga munosabati bilan bir-biridan farqlanadi. Ikki kishi ortasidagi har qanday suhbatni dialog sifatida etirof etish mumkin. Ammo bu nutqning oziga xos xususiyatlari ana shu ikki kishi ortasida yuzaga kelgan suhbat jarayonida ochiladi. Shunday ekan, yuqorida takidlanganidek, bu yerda ham suhbatning maqsad va mavzusi, suhbatdoshlarning ozaro munosabati, yoshi, jinsi, dunyoqarashi, bilimi, jamiyatda egallagan orni va mavqyei dialogik nutqning mazmunini belgilaydi.
Avval bu nutqning til jihatlariga etibor beraylik. Tohir Malikning «Shaytanat» romanidan ikkita parcha keltiramiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |