1-мавзу: Movarounnahr va Xurosonda mustaqil davlatlarning tashkil topishi. Tohiriylar va Somoniylar davlati. Reja



Download 201,15 Kb.
bet7/23
Sana13.06.2022
Hajmi201,15 Kb.
#665695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
O‘zbekiston tarixi

Foydalanilgan manba va adabiyotlar:
1. Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи: (Энг қадимги даврдан Россия босқинига қадар). - T.: Шарқ, 2000.
2. Buyuk siymolar. Allomalar. - Toshkent: Meros. 3ta kitob. 1995, 1996, 1998.
3. O’zbekiston tarixi va madaniyati. - T.,1992.
4. Матниёзов М. Олламов Я. Хоразм давлатчилиги тарихи. – Урганч, 2009.
5. Shamsiddinov R. Karimov Sh. Vatan tarixi. T., 1997.
Turonzamin ulus va elatlari istiqomat qilgan hududning arablar istilosi va asoratidan xalos etilishi, o’z mustaqillik maqomiga ega bo’lishi yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga ijobiy ta'sir etdi. Somoniylar, Qorahoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazshohlar sulolalari hukmronlik qilgan IX-XII asrlarda Movarounnahr sarhadlarida yashagan, ulus-elatlar o’rtasida nisbatan osoyishtalik, totuvlik, yaqinlik va hamjihatlik vujudga keldiki, buning orqasida o’lkada moddiy ishlab chiqarish, madaniy rivojlanish jarayoni ancha tezlashdi, shaharlar hayoti yuksaldi, savdo-sotiq, hunarmandchilik o’sdi, aholi farovonligi ko’tarila bordi.
Movarounnahr shaharlarining jug’rofiy nuqtai nazardan Buyuk ipak yo’lining eng muhim tutash nuqtalarida joylashganligi, shu bois bu yerda ishlab chiqarilgan, yetishtirilgan har turli ziroatchilik, chorvachilik, hunarmandchilik mahsulotlari, zargarlik, zeb-ziynat mollarining ayirbosh qilib turilganligi orqasida o’lkaning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti jiddiy yuksalishga yuz tutdi. Buyuk ipak yo’liga tutash aholi manzilgohlarida obod va ko’rkam shaharlar vujudga keldi. Jumladan, birgina Xorazm vohasida X asr boshlarida unda 10 ga yaqin shaharlar mavjud bo’lsa, XI asr o’rtalariga kelib bunday shaharlar soni 40 taga yetdi.
Somoniylar hukmronlik qilgan IX-XI asrlarda ishlab chiqarish tarmoqlari to’xtovsiz kengayib borgan, ko’plab irrigatsiya inshootlari, sug’orish kanallari, suv ayirg’ichlar qurilishi natijasida dehqonchilik madaniyati ancha o’sadi. Somoniylar poytaxti Buxoroga ko’chishi har tomondan olimu donishmandlar, sayyoqu tijoratchilar, me'moru hunarmandlar oqib kela boshlagan. Tarixchi Abu Mansur As-Saolibiyning (961-1038) iborasi bilan aytganda Buxoro Somoniylar davridan boshlab, "shon-shuhrat makoni, saltanat, ka'basi va zamonasining ilg’or kishilari jamlangan, yer yuzi adiblarining yulduzlari porlagan hamda o’z davrining fozillari yog’ilgan (joy) edi".
Mahalliy hukmdorlar amri, farmoni bilan shaharda ko’plab noyob tarixiy obidalar, ilmiy-madaniy maskanlar, kutubxonalar, madrasayu masjidlar, xonaqayu mavzoleylar barpo etildi.
IX-XII asrlarda Movarounnahrda moddiy madaniyat o’ziga xos uslub va shakllarda to’xtovsiz rivoj topib bordi. Xalq ichidan chiqqan mahalliy ustalar, me'morlar, naqqoshlar, kulollar, zargarlar, miskarlar tomonidan yurt dovrug’ini olamga tanitgan ajoyib me'morchilik obidalari, san'at na’munalari bunyod topdi. Bular jumlasiga Buxoroda qad rostlagan mashhur Ismoil Somoniy maqbarasi (X asr), Samarqand yaqinidagi Tim qishlog’idagi Arab ota maqbarasi (977-978 y.), XI asrda Marvda barpo etilgan Sulton Sanjar maqbarasi, O’zgandagi Qoraxoniylar maqbarasi, G’azna yaqinida marmar koshinlardan tiklangan G’aznaviylarning mahobatli yozgi saroyi (1112 y.), Buxorodagi Minorai Kalon maqbarasi (1127 y.) singari noyob arxitektura inshootlarini nisbat berish mumkin. O’sha zamonlarda xalqaro karvon yo’li o’tadigan cho’lli, sahroli hududlarda mahalliy hukmdorlar farmoyishi, sa'y-harakatlari bilan bunyod etilgan, muhim qulayliklarga ega ko’rkam, obod rabotlar, sardobalar, karvonsaroylar va shu singari maskanlar ham ulug’ ajdodlarimiz ijodkorligi va bunyodkorligini o’zida mujassam etadi.
Bu davrlarda barpo etilgan muhtasham madrasayu xonaqohlar, ilm-urfon maskanlarida yurtning qancha-qanchalab iqtidorli farzandlari olimlar, mudarrislar, ulamolar rahnamoligida diniy va dunyoviy bilimlarni qunt bilan o’rganganlar va asta-sekin fan cho’qqilari sari ko’tarilib borganlar.
Somoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar sulolalariga mansub ma'rifatparvar hukmdorlarning ilm-fan va madaniyatga doimiy rag’bat berishlari orqasida ko’plab istedod sohiblarining salohiyati, ijodi o’sib, yuksalib borgan. O’sha davr hukmdorlari tashabbusi bilan bunyod etilgan va faoliyat ko’rsatgan kutubhonalarda son-sanoqsiz noyob, qimmatbaho kitoblar, qo’lyozmalar to’planganki, bulardan hozirgi avlod kishilari ham bahramand bo’lmoqdalar.
O’rta Osiyo xalqlari ma'naviy madaniyatining o’sishida islom madaniyatining ahamiyati katta bo’ldi. Islom faqat dingina emas, balki yangi ma'naviy yo’nalish sifatida butun madaniy jarayonga, barcha musulmon mamlakatlari orasida ijtimoiy-madaniy, ma'rifiy aloqalarning kuchayishiga ham sezilarli ta'sir ko’rsatdi. Bu davrda ma'naviyatda hur fikrlik, har qanday bilim, ilm-fanga hurmat, diniy olimlar erkinligi ustunlik qildi. Diniy va dunyoviy ilmlar uzviy bog’liq holda rivoj topib bordi. Qadimgi Yunon, Hind va boshqa yurtlar an'analaridan ham keng ijobiy foydalanildi.
X asrning ikinchi yarmi va XI asr boshlarida Xorazmda vujudga kelib keng faoliyat ko’rsatgan mashhur Ma'mun akademiyasi ilm-fan ravnaqiga ijobiy ta'sir etdi. Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Mansur ibn Iroq singari ilm peshvolari ham dastlab shu fan maskanida ulg’ayib, kamolot bosqichiga ko’tarilganlar.
Xullas, IX-XII asrlarda Movarounnahr hududlarining iqtisodiy va madaniy yuksalishi, uning Buyuk Ipak yo’li orqali xorijiy ellar bilan aloqalarda bo’lishi, ilmu urfon sarchashmalariga keng yo’l ochilishi-bularning hammasi, shubhasiz, jonajon o’lkamiz hayotida shunday qulay shart-sharoitlarni, omillarni vujudga keltirdiki, buning natijasida bu mintaqadan o’z yorqin ijodi, ulkan ilmiy salohiyati bilan jahon sivilizatsiyasi xazinasiga salmoqli hissa qo’shgan ko’plab zabardast olimu donishmandlar, allomalar, mumtoz adabiyot daholari yetishib chiqdi va olamga dovruq taratdi.

Download 201,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish