1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja: Moliyaning mohiyati va zarurati. Moliyaning funksiyalari


Qimmatli qog‘ozlar bozorining turlari va ularning turkumlanishi



Download 376,92 Kb.
bet23/127
Sana04.02.2022
Hajmi376,92 Kb.
#431420
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   127
Bog'liq
Moliya qismi ma\'ruza matni

1. Qimmatli qog‘ozlar bozorining turlari va ularning turkumlanishi

Qimmatli qog‘ozlar bozori savdo kapitalining rivojlangan davrida paydo bo‘lganligi va ko‘pchilik g‘arb mamlakatlarida u xo’jalik mexanizmining eng barqaror va yo’lga quyilgan qismlaridan biri hisoblanishi haqidagi ma’lumotlarni oldingi ma’ruzalarda aytib o‘tgan edik. Xuddi shunday, O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bozorini paydo bo‘lishi, davlat korxonalarini xususiylashtirish va aksiyadorlik korxonalariga aylantirish jarayoni bilan bog‘liq.


Qimmatli qog‘ozlar bozori tashkiliy jarayon nuqtai nazaridan:
- birlamchi bozorlarga
shaklan esa:
- ikkilamchi bozorlarga
- birjaviy bozorlarga
- nobirjaviy bozorlarga bo‘linadi.
Endi shu bozorlarni har birini alohida ko‘rib chiqamiz.
Qimmatli qog‘ozlarning birlamchi bozori – bu qimmatli qog‘ozlar emissiyasini va birlamchi joylashtirilishini amalga oshirish, ya’ni qimmatli qog‘ozlarni emitent yoki uning vakili tomonidan dastlabki sarmoyadorga sotish bozoridir.
Emitent tomonidan qimmatli qog‘ozlarni takror chiqarilishi (masalan, ustav fondini oshirish maqsadida) yoki ikkilamchi emissiyasi ham birlamchi bozor doirasiga kiradi.
Birlamchi bozorning eng muhim tavsifi, emitentlar tomonidan axborotni oshkor etilishidir. Bunda emitent haqida to‘liq ma’lumot beriladigan emissiya prospektini yoki qimmatli qog‘ozlarni muomilaga chiqarish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilishdan tortib, to fond bozori sohasida nazorat vazifalarini amalga oshiruvchi maxsus davlat idoralariga taqdim etiladigan qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish haqidagi hisobotgacha oshkor etiladi. Qimmatli qog‘ozlarning birlamchi sotilishi ommaviy axborot vositalarida emitent to‘g‘risida ma’lumotni e’lon qilgan holda qimmatli qog‘ozlarni xarid qilishni ochiq taklif etish shaklida (istalgan imkoniyatli sarmoyador uchun) hamda yopiq, obuna shaklida faqat tegishli davlat boshqaruv idorasiga ma’lum qilgan qoida qimmatli qog‘ozlarni shaxslarning cheklangan doirasi o‘rtasida joylashtirish yo’li bilan amalga oshirilishi mumkin.
Qimmatli qog‘ozlarning ikkilamchi bozori – bu ilgari chiqarilgan va hech bo‘lmaganda bir marta xarid qilingan qimmatli qog‘ozlar oldi – sotdisi (muomalasi) amalga oshiriladigan bozoridir.
Uning funksiyasi qimmatli qog‘ozlarning oldi – sotdisini tezkorlik bilan ta’minlashdir. Bunda sotuvchi va xaridorni uchrashtirish, bo’sh kapitalni iqtisodiyotni eng unumli sohasiga zudlik bilan safarbar qilish, tomonlarning o’zaro manfaatlarini ta’minlash ikkilamchi bozorning asosiy vazifasi bo‘lib hisoblanadi.
Ikkilamchi bozorning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri likvidlik hisoblanadi.
Yuqori likvidlikka ega, ya’ni qisqa vaqt ichida juda katta miqdordagi qimmatli qog‘ozlarni, ularning kursini sezilarsiz o‘zgarishi sharoitida kam xarajat bilan oldi – sotdiga jalb qila olishdir, yoki boshqacha qilib aytganda, bozorning likvidligi – bu ma’lum vaqt oralig‘ida bozor narxlarining kam miqdorda o‘zgarib to‘rgan holda qimmatli qog‘ozlarning katta qismini yuqori suratda aylanishini ta’minlash imkoniyatidir.
Birlamchi va ikkilamchi bozorlar o‘rtasidagi uzaro munosabat iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishiga, fond bozorining shakllanishiga, uning «yoshiga», shuningdek, muomilada bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar har xil turlarining tarkibiga bog‘liq.
Masalan, iqtisodiyot nisbatan barqaror bo‘lgan, qimmatli qog‘ozlar bozorining tarixi esa, bir necha yuz yillarni qamrab olgan rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda qimmatli qog‘ozlarning deyarli barcha turlari bo’yicha ikkilamchi savdo ustun turadi. Birlamchi bozordagi qimmatli qog‘ozlar aylanmasi ushbu mamlakatda ikkilamchi bozor aylanmasining 5-10 foizini tashkil etadi holos. Odatda ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlar fond birjalarida qimmatli qog‘ozlarning birlamchi joylashtirilishi amalga oshirilmaydi, shuning uchun u yerlarda uzoq muomila muddatiga ega bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar baholanadi.
Ommaviy xususiylashtirish bilan kuzatiladigan bozor munosabatlarini vujudga keltirish jarayonini kechirayotgan va endigina o’zini fond bozorlarini barpo etayotgan mamlakatlar uchun islohotlarning dastlabki bosqichlarida qimmatli qog‘ozlarning birlamchi bozori ustun turadi.
O‘zbekistonda ham 90-yillarning o‘rtalarida birlamchi bozorning ustuvorligi sezilarli, lekin keyincha bu nisbat o’zgara bordi. 1995 yilda Respublikada bank va tijorat veksellarning ikkilamchi bozori. 1996 yildan boshlab esa, Davlat qisqa muddatli obligatsiyalarining (DQMO) ikkilamchi bozori, kuchli taraqqiy eta boshladi va ularning salmog‘i birmuncha o’sishi kuzatildi.
a) Qimmatli qog‘ozlar bozorining uyushgan va uyushmagan turlari.
Qimmatli qog‘ozlarning uyushgan bozori – qimmatli qog‘ozlarning muomalada bo‘lishi, unda qimmatli qog‘ozlar operatsiyalari ushbu bitimlar ishtirokchilari uchun qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchisi tomonidan belgilangan tadbirlar va shartlar bilan tartibga solinadi. Qimmatli qog‘ozlarning uyushmagan bozori bu qimmatli qog‘ozlarning muomalada bo‘lishi, unda qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar savdo tashkilotchilarining ushbu bitim predmeti va uning ishtirokchilariga nisbatan qo‘ygan talablarga rioya etilmagan holda amalga oshiriladi. Bu shunday bozorki, unda bitimlar tuzish, qimmatli qog‘ozlar ishtirokchilarga quyiladigan talablarning qoidalari belgilanmagan, savdolar sotuvchi va xaridorlarning shaxsiy aloqasi orqali ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi. Mazkur bozorda tuzilgan bitimlar haqidagi axborot tizimi mavjud emas. Bundan tashqari, bitimlar ishtirokchilari qandaydir muhofaza va sug‘urta mexanizmlaridan foydalanilmagan holda amalga oshiriladi. Bitimlar maxsus ro’yxatga oluvchilar tomonidan qonun bilan belgilangan umumiy tartibda rasmiylashtiriladi. Ushbu bozor «ko‘cha», yoki «tartibsiz» bozor deb nomlanishga qaramay, u mutlaqo chalkash tartibsiz bozor emas, agar tovlamachilik hollari aniqlansa tartibga soluvchi davlat idorasi tergov ishini olib boradi. Bunday bozorda sifatli qimmatli qog‘ozlar kam, ular bo’yicha yo dividendlar olish, yoki barcha qo’yilgan mablag‘larni yo‘qotish mumkin bo‘lgan daromadli qimmatli qog‘ozlar ham, shuningdek, emitentlari murakkab moliyaviy ahvolda qolgan, yoki bankrotlik yoqasida bo‘lgan, yaroqsiz deb nomlanuvchi aksiyalar ham sotilishi mumkin. O’zbekiston Respublikasida uyushmagan bozorda yangi barpo etilgan, shuningdek, xususiylashtirilgan korxonalarning birlamchi va ikkilamchi emissiyalari aksiyalari, bank hamda tijorat veksellari sotiladi va xarid qilinadi.
XIFlar aksiyalarining bevosita XIFlarning o’zlari tomonidan amalga oshirilgan yoki “Xalq banki” bo‘limlari orqali birlamchi sotilishi bunday bozorlarga misol bo‘la oladi.
b) Qimmatli qog‘ozlarning birja va birjadan tashqari bozorlari.
Qimmatli qog‘ozlarning birja bozori bu qimmatli qog‘ozlar bilan fond birjasi doirasida uyushgan tarzda savdo qilish sohasidir.
Fond birjasi (bu haqda biz keyingi ma’ruzalarimizda to‘liq ma’lumot beramiz) qimmatli qog‘ozlar bilan fond birjasi doirasida savdo qilish uchun shart-sharoitlarni ta’minlovchi alohida muassasa bo‘lib, unda savdo faqat qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari broker – vositachilar, maklerlar – dallollar, dilerlar – savdogarlar tomonidan maxsus qoidalar bo‘yicha olib boriladi.
Fond birjasida eng yaxshi qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilinadi.
Bular «Toshkent» Respublika fond birjasi va uning viloyatlardagi 13 ta bo‘linmasi orqali amalga oshiriladi.
Ularda, korporativ qimmatli qog‘ozlar, davlat qisqa muddatli obligatsiyalari savdosi tashkil etilgan.
O‘zbekistondagi aksiyalar bozorining o‘ziga xos xususiyati shundaki, uning katta qismini davlat korxonalarining xususiylashtirish natijasida barpo etilgan aksiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qog‘ozlarini birlamchi sotish bo‘yicha tuzilgan bitimlar tashkil etadi.
Qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari bozori – bu fond birjasidan tashqarida qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilish sohasidir.
Unda fond birjasida sotuvga qo‘yilmagan qimmatli qog‘ozlarning erkin savdosi dilerlar tomonidan maxsus telekommunikatsiya tarmoqlari (telefon, telefaks, kompyuter vositalari) yordamida amalga oshiriladi. Bu savdo vositachilarga fond birjalari tomonidan o‘rnatilgan yuqori stavkali komission yig‘imlardan qochishga sharoit yaratadi.
Birjadan tashqari uyushgan bozorlar AQSH va Evropa mamlakatlarida yaxshi rivojlangan, O‘zbekistonda bunday savdo 1998 yil 1 iyundan boshlab «Elsis-Savdo» birjadan tashqari elektron tizimi orqali amalga oshrilib kelinmoqda. 2005 yildan boshlab Banklararo savdo tizimi (MTS) ham birjadan tashqari bozorda faoliyat yuritmoqda.
Qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalarni to‘la qamrab oluvchi birjadan tashqari bozorni ikki turga bo‘lish mumkin.
1. Stixiyali bozorlar;
2. Dilerlar bozori.
Stixiyali bozorda oldi – sotdi xaridor bilan sotuvchilarning shaxsiy aloqasi orqali palama – partish tarzda yuzaga keladi. Unda oldi–sotdining tartib-qoidalariga, qimmatli qog‘ozlar va ishtirokchilariga nisbatan hech qanday talab qo‘yilmaydi. Savdo sotiq ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.
Dilerlar bozorida sotuvchilar sotuvga tushadigan qimmatli qog‘ozlarning narxini ochiqdan – ochiq e’lon qiladilar. Shu sababli xaridor bilan sotuvchi o‘rtasida to‘g‘ridan – to‘g‘ri ochiq raqobat yuz bermaydi.
O‘z navbatida dilerlar bozorida qimmatli qog‘ozlarni taklif qilishning quyidagi xillari asosida ham tashkil qilish mumkin:
- cheklangan (masalan, naqd pulga sotish uchun bir nechta muayyan joyni belgilash);
- taqsimlangan (investorlar, qimmatli qog‘ozlar, to‘lov turlari bo‘yicha bozor joylaridan tarqalgan tarmoqlar tashkil etish);
- uzaytirilgan (masalan, tijorat yoki jamg‘arma banklarning filial tarmog‘ida qimmatli qog‘ozlarning turli xillarini har doim taklif qilish tashkil etiladi).
V) Kim oshdi savdosi asosida tashkil etiladigan qimmatli qog‘ozlar bozori.
Qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilish texnologiyalarining barcha turlarini ikkita katta guruhga birlashtirish mumkin.
Birinchi: Kim oshdi savdosi bo‘yicha savdo – sotiq, bunga oddiy kim oshdi savdosi kiradi.
Ikkinchi: Gollandcha kim oshdi savdosi va qo‘shaloq kim oshdi savdosi.
Oddiy kim oshdi savdosi, bunda faqat xaridorlar musobaqalashadi. Sotuvchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatlashmaydi. Savdolar boshlanishidan oldin xarid qilish uchun va sotish uchun buyurtmalar yig‘iladi va buyurtmalar ro‘yxati (kopirovka varag‘i) to‘ldiriladi. Savdolar takliflar ro‘yxatining ochiqcha ketma-ketlik bilan e’lon qilinishi orqali amalga oshiriladi. Har bir aniq taklif bo‘yicha yangi narxlarning belgilanishi yo‘li bilan xaridorlarning bahslashuvi ochiq kechadi.
Boshlang‘ich narxni odatda sotuvchi belgilaydi. So‘nggi narx bu xaridorlar tomonidan da’vogarlar raqobatlasha olmaydigan darajadagi ochiqcha taklif etilgan bahodir. Oddiy kim oshdi savdosi sobiq SSSRning barcha birjalarida eng ko‘p tarqalgan usuli edi.
1991 yildan boshlab O‘zbekistonda ham bu ommabop usul keng tarqaldi. «Toshkent» RFBda kompyuterdan foydalanilgan holda bu usul qo‘llaniladi. Bu usul savdo o‘tkazuvchilarning barcha ishtirokchilari uchun aniq va tushunarlidir.
Gollandcha kim oshdi savdosi.
Savdolarni o‘tkazishni bu usulida xaridorlarni buyurtmalari oldindan jamlanadi, undan keyin buyurtmalar emitent tomonidan yoki uning manfaatlari uchun xizmat qiluvchi vositachi tomonidan sirtdan ko‘rib chiqiladi. Yagona rasmiy narx belgilanadi. O‘zbekistonda bunday usul DQMO ning birlamchi joylashtirilishi bo‘yicha kim oshdi savdolarni o‘tkazishda qo‘llaniladi.
Bu usulda kim oshdi savdolarini o‘tkazish mexanizmi quyidagicha:
- Respublika fond birjasi tomonidan xaridorlar buyurtmalarining yig‘ilishi;
- buyurtmalar ro‘yxatini tuzish va uni Moliya vazirligiga taqdim etish;
- Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan xaridorlarning sirtqi bahslashuvi va narxning pastki chegarasini belgilash;
- buyurtmalarni qondirish.
G) Qimmatli qog‘ozlarning mintaqaviy, milliy va halqaro bozorlari
Katta hududlarga ega bo‘lgan mamlakatlarda odatda, qimmatli qog‘ozlarning mintaqaviy yoki lokal bozorlari shakllanadi. Masalan, O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilinishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va 12 viloyatdan iborat bo‘lgan ma’muriy – hududiy tizimlardan iborat.
Bunda har bir davlatning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinadi.
Qimmatli qog‘ozlarning halqaro bozori bu jahon miqiyosida qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilish sohasidir. Bunda qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilish natijasida kapital bir mamlakatdan ikkinchisiga oqib o‘tadi.



Download 376,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish