1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja: Moliyaning mohiyati va zarurati. Moliyaning funksiyalari


Aksiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan hosilaviy qimmatli qog‘ozlar



Download 376,92 Kb.
bet25/127
Sana04.02.2022
Hajmi376,92 Kb.
#431420
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   127
Bog'liq
Moliya qismi ma\'ruza matni

3. Aksiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan hosilaviy qimmatli qog‘ozlar

Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar bu birlamchi qimmatli qog‘oz (aksiya)larning shu bozorda amal qilishi natijasida hosil bo‘lgan ikkilamchi qimmatli qog‘ozlardir. Masalan: qiymat qonuni tovar xo‘jaligining hosilasidir. Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar o‘z egasiga birlamchi qog‘ozlarni sotib olish va sotish huquqini beradi. Ularning qiymati boshqa qog‘ozlar orqali gavdalanadi.


Qimmatli qog‘ozlar hosilalarini chiqarish va muomalasi qoidalarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qoshidagi qimmatli qog‘ozlar va fond birjalari bo‘yicha Davlat komissiyalari belgilaydi.
Hosilaviy qimmatli qog‘ozlarning quyidagi turlari mavjud:

  • opsion;

  • fyuchers;

  • depozit tilxatlari;

  • varrant;

  • privatizatsiya cheklari;

  • privatizatsiya kuponlari va h.k.

Bular bilan operatsiyalar nafaqat birlamchi bozorda, shu bilan birga ikkilamchi bozor (birjalar)da hamda «ko‘cha» (chayqov) bozorida ham bajarilaveradi. Ammo bu operatsiyalarning asosiy qismi fond birjalari oraqli o‘tadi.
Opsion bu muayyan qimmatli qog‘ozni kelishilgan baho va muddatda sotib olish yoki sotish huquqini beruvchi ikki tomonlama shartnoma. U egasiga kontrakt (bitim) da kelishilgan bahoda belgilangan muddatda qimmatli qog‘ozlarni yoki tovarlarni sotib olish huquqini beradi. Opsion sotuvchi uchun sotish, xaridor uchun sotib olish huquqini beradi.
Masalan, aksiyalarni oldi-sotdisida opsion ikki investor ishtirokida tuziladi: biri opsionni yozadi va ikkinchisiga o‘tkazadi (beradi); ikkinchisi bu opsionni sotib oladi va belgilangan muddat ichida va narxda aksiyalarni sotib olish (sotib olishga opsion) yoki unga sotish huquqini oladi (sotishga opsion).
Shuni bilingki, aksiyalarni sotib olish huquqiga ega bo‘lishingiz bilan siz bu aksiyalarni sotib olishga majbursiz degani emas. Agar opsionda ko‘rsatilgan muddat ichida aksiyalarning narxi oshmagan bo‘lsa yoki pasayib ketgan bo‘lsa, opsion egasi o‘z huquqidan foydalanmaydi. Demak, bu misolimiz shartiga binoan 300 so’m yo‘qotadi.
Faraz qilaylik, aksiyaning narxi kam miqdorda, aytaylik 102 so’mga oshgan bo‘lsin. Bunday vaziyatda opsion egasi qanday ish tutishi lozim? Birinchi navbatda u aksiyaning narxi qachon oshganligiga e’tibor bermog‘i lozim. Agar aksiyaning narxi uch oylik, muddatning boshida (102 so’mga) oshgan bo‘lsa, unda opsion egasi shoshilmasdan payt poylab turishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Agar uch oylik muddatning oxirida oshgan bo‘lsa, unda opsiondagi aksiyalarni sotib yuborishi lozim, ya’ni opsionga muvofiq aksiyalarni 100 so’mdan sotib olib, 102 so’mdan sotib yuborish kerak. Bu holda opsion egasining ko‘rgan zarari 100 so’mni tashkil etadi (bu so’mmaga qo‘shimcha yana vositachiga to‘lanadigan xizmat haqi ham kiriishi mumkin).
Aksiyaning narxi kutilganidek (103 so’mdan) baland bo‘lgan hollarda opsion o‘z egasiga daromad keltiradi. Masalan, aksiyaning narxi 108 so’m bo‘lsa, opsion egasining 100 dona aksiyadan olgan daromadi 500 so’m (800-300)ni tashkil qiladi.
Shunday qilib, opsion egasi aksiyaning bozordagi kursga qarab g’olib bo’lishi yoki yutqazishi mumkin.
Opsion odatda korporatsiya rahbarlarining rag‘batlantirish maqsadida keng qo‘llaniladi. Bunda korporatsiya rahbarlari ixtiyoriga oldindan o‘rnatilgan kurs bo‘yicha aksiyalar ajratib qo‘yiladi. O‘rnatilgan kurs bilan aksiyani sotish bahosi o‘rtasidagi farq korporatsiya rahabarlarining opsion evaziga oladigan daromadi jami daromadlarining uchidan bir qismini tashkil qiladi.
Opsionning asosan quyidagi uch turi mavjud:
Sotib olish uchun opsion (opsion Call) - kelajakda aktivlar kursining oshishidan himoya qilish maqsadida xaridorning aktivlarini (valyuta, qimmatli qog‘ozlar, tovarlar va h.k.larni) sotib olish huquqini (ammo, majburiyatini emas) beruvchi shartnomadir.
Sotish uchun opsion (opsion put) – aktvilarning kursini pasayishidan himoya qilish uchun sotuvchiga o‘z aktivlarini sotish imkonini (ammo majburiyatini emas) beruvchi shartnomadir.
Qo‘sh opsion (opsion tellage) – xaridorga aktivlarni bazis narxda sotib olish yoki sotish imkonini beradi. Ammo, baravariga sotish va xarid qilish mumkin emas. Qo‘sh (stollaj) opsion sotishga va sotib olishga opsion singari baravariga bir xil muddat ichida va turli xil narxda sotib olinish holatida vujudga keladi.
Har bir opsionda muddati ko‘rsatilgan bo‘ladi. Opsionning amal qilish sanasi va davri belgilangan muddatdan chiqib ketgan bo‘lsa, u holda mazkur opsion qabul qilinmaydi.
Opsionlarning ameriqancha va evropacha usullari mavjud. Evropacha usulda opsion faqat belgilangan muddatda (kunda) ishlatilishi mumkin. Amerakacha usulida esa opsion unda belgilangan muddat ichida, istalgan vaqtda ishlatilishi mumkin.
Opsionning oldi – sotdi jarayoni kontrakt (bitim) tuzish orqali amalga oshiriladi. Yakka kontrakt to‘liq lotga tuziladi. LOT – bu sotuvga qo‘yilgan bir xil turdagi qimmatli qog‘ozlar yoki boshqa aktivlar partiyasi. Bir necha lotlar to‘plami string deyiladi.
Kontrakt egasi (ya’ni, sotib oluvchi, xaridor) sotuvchiga (ya’ni, kontraktni yozib beruvchiga) komission haq to‘laydi. Bu haq mukofot deyiladi. Mukofot – kontraktning opsion bahosi. Opsionni xarid qiluvchining xavf-xatari (tavakkalchiligi) shu mukofot miqdori bilan chegaralangan. Opsion sotuvchining xavf-xatari esa o‘sha mukofot miqdoriga kamayadi.
Fyuchers – bu qimmatli qog‘ozlarni yoki tovarlarni kelishilgan muddatda, shartnoma tuzilgan kunda o‘rnatilgan narxda kelgusida (ma’lum bir sanada) sotish yoki sotib olish majburiyligi to‘g‘risida shartnoma (qa’tiy majburiyat)dir. Opsionda farqi shundaki, fyuchers qimmatli qog‘ozlarni sotish yoki sotib olish huquqini beruvchi shartnoma emas, balki qa’tiy majburiyatdir.
Fyuchersning o‘ziga xos xususiyati shundaki, kontrakt tuzish chog‘ida sotuvchi qo‘lida hech qanday qimmatli qog‘oz yoki moliyaviy instrumentlar bo‘lmaydi. Bu erda kontrakt shartlari qa’tiy belgilangan baho bilan oldi – sotdi bajariladigan kun bahosi o‘rtasidagi farqga asoslangan bo‘ladi.
Fyuchers shartnomasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish amali bilan tugamasdan, balki qimmatli qog‘ozga aylanib unda belgilangan harakat muddati ichida bir necha marotaba qayta sotilishi mumkin. Shartnoma egasi tovarning o‘zgaruvchan bahosini oldindan topishi yoki topaolmasligi mumkin, foydadan boy berishi yoki daromad olishi mumkin.
Fyuchers shartnomalari tovar birjalarida vujudga kelgan. Fyuchers amallarining soddaligi va ishonchliligi ularni 1972 yilda Chikago tovar birjasida keng qo‘llanilishiga asosiy omil bo‘lib xizmat qildi. Shu yil moliyaviy aktivlarning fyuchers savdolari boshlandi. Bunda tadbirkorlar valyutani, qarz majburiyatlarini va boshqa qimmatli qog‘ozlarning birjaviy kurslarini (narxlarini) haddan tashqari tez o‘zgarishidan o‘zlarini himoya qilish imkoniga ega bo‘ldilar.
Depozit bu kredit muassasalariga saqlash uchun topshiriladigan qimmatli qog‘ozlar (aksiya, obligatsiyalar)dir.
Depozit tilxatlari bu chet el emitentlarining qimmatli qog‘ozlarini milliy valyutada denomillashtirilgan ekvivalentini o‘zida aks ettiruvchi qimmatli qog‘ozlardir. Ular mavjud fond bozorlariga integratsiya maqsadida chiqariladi. hozirgi vaqtda har bir mamlakatda o‘zining depozit tilxatlari (DT) mavjud. Masalan:
AQSHdagi DT;
Evropa mamlakatlaridagi DT;
Osiyo mamlakatlaridagi DT;
Bu depozitlarni fond bozorlarida to‘g‘ridan – to‘g‘ri qo‘llab bo‘lmaydi. Chunki:
1. Bu davlatdagi fond bozoriga tegishli mavjud qonunlar boshqa davlatlarning shunga o‘xshash qonunlarila farq qiladi.
2. Bir mamlakatda qimmatli qog‘ozlarni chiqarish andozalari (standartlari) boshqa mamlakatda qabul qilingan andozalarga to‘g‘ri kelmaydi.
3. Qimmatli qog‘ozlarni xarid narxiga qo‘shimcha bo‘lib kiradigan xarajatlar turli mamlakatlarda turlicha bo‘ladi:
* chet el va ichki fond bozoridagi brokerlarga vositachilik haqi;
* bank depozitlarining xizmat haqi (bozor bahosidan 1% miqdorida);
* sotib olingan qimmatli qog‘ozni yetkazib berilishi uchun investor tomonidan to‘lanadigan haq;
* 2 % miqdoridagi sug‘urta haqi;
* qimmatli qog‘ozlarni sotib olishdagi yoki sotishdagi valyutalar konvertatsiyasi uchun ketadigan xarajatlar;
* konversiya uchun investor tomonidan to‘lanadigan foizlar;
* investor uchun valyutani almashtirish kursining o‘zgarishidagi xavf-xatar darajasi.
Mavjud xilma-xillikni bartaraf etish va fond bozorlarida erkin muomalani ta’minlash maqsadida depozit tilxatlari qo‘llaniladi.
Hozirgi vaqtda depozit tilxatlari ichida keng tarqalgan AQSH fond bozoridagi dpozit tilxatlari bo‘lib, ular chet el emitentlarining qimmatli qog‘ozlarini AQSH dollarida denomillashtirilgan ekvivalenti sifatida AQSHning birjaviy va nobirjaviy bozorlarida muomalada yuradi. Bugungi kunda AQSHdagi depozit tilxatlarini sotib olgan investorlarning 80 foizini institutsional investorlar tashkil qiladi.
Depozit tilxatlari bilan bog‘liq faoliyat turlarini maxsus bank va investitsiya muassasalari amalga oshiradilar. Ular (diler, broker, transfer-agent, depozitariy, maslahatchi, anderrayter, trast va boshqalar sifatida) investor va emitentlarning jahon fond bozorlarida ishtirokini ta’minlaydi. Bu muassasalar o‘z daromadlari va mijozlari manfaatlari yo‘lida fond va valyuta bozorlarida aktiv faoliyat yuritadilar.
Varrant bu egasiga muayyan vaqt uchun yoki muddatsiz shart bilan shartnomada ko‘rsatilgan narxda qimmatli qog‘ozni sotib olish huquqini beruvchi guvohnoma (sertifikat)dir. U amaldagi kapitalni iqtisodiyotga safarbar qilish uchun emas, ko‘proq ularni qayta taqsimlashda keng qo‘llaniladi.
Ayrim hollarda varrant qimmatli qog‘ozlarni sotib olishni rag‘batlantirish maqsadida ular bilan birgalikda beriladi. Varrant omborxonalar tovarlarni saqlash uchun qabul qilinganligini tasdiqlovchi guvohnoma vazifasini ham bajaradi. U muayyan tovarni sotishga yoki kafilikka olinganligini tasdiqlovchi hujjat rolini o‘ynashi mumkin.
Varrant nomi yozilgan va nomi yozilmagan (taqdim etuvchiga tegishli) ko‘rinishlarida bo‘ladi. U qimmatli qog‘oz bozorlarida huddi aksiyaga o‘xshab muomalada bo‘ladi.
Privatizatsiya – bu davlat mulkini, iqtisodiyotdagi davlat sektorini xususiylashtirishni bildiradi. Privatizatsiya davlat mulki monopoliyasini tugatish, erkin sohibkorlik tashabbusiga yo‘l ochish, bozor iqtisoliyotini rag‘batlantirish maqsadida amlaga oshirladi.
Privatizatsiya cheki bu qimmatli qog‘ozlarning maxsus bir turi bo‘lib, uni aksionerlik jamiyatlari emas, balki faqat davlat muomalaga chiqaradi. Ular o‘z egasiga davlat tasarrufidan chiqarilgan (masalan, aksionerlik jamiyati ko‘rinishida xususiylashtirilgan) korxonalarning maxsus auksioner (kim oshdi savdosi) oraqli sotuvga qo‘yilgan aksiyalariga almashtirib olish huquqini beradi. Shu asosda privatizatsiya cheklari fuqarolarni mulk egasiga aylanishini ta’minlaydi.
So‘nggi yillarda ko‘chmas mulk bozori keng rivojlanib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida xilma-xil xosilaviy qimmatli qog‘ozlarning paydo bo‘lishiga olib kelmoqda. Shulardan eng oddiysi mulkiy varaqa hisoblanadi. Bu varaqani hohlagan fuqaro yoki xo‘jalik yurituvchi sub’ekt uy-joy sotib olish maqsadida (har biri 0,1 m2 ning qiymatiga teng bo‘lgan) bitta yoki bir nechta varaqani sotib olishi mumkin. Mulkiy varaqaning soni sotib olishi lozim bo‘lgan uy-joydagi xonalar soniga va uning to‘lash imkoniyatiga bog‘liq.
Mulkiy varaqa fuqarolar qo‘lidagi pulning qadrsizlanishi saqlab qoladi. Uy – joyning valyutadagi bahosi har doim oshib borgan va bundan keyin ham oshib boradi. Proporsional ravishda mulkiy varaqa bahosi ham oshib boradi. Bundan tashqari, mulkiy varaqa 100 foizlik likvidlikka ega. Istalgan paytda uning egasi joriy kurs bilan sotib olgan tashkilotiga qaytadan sotishi mumkin.
Konosament – bu yukni tashishga qabul qilinganligi va tashuvchining yukni oluvchiga yetkazish majburiyatini tasdiqlovchi hujjat, hosilaviy qimmatli qog‘oz. Bu dengizda yuk tashish shartlarini aks ettiruvchi transport hujjatidir. Konosament yukni qay tartibda tashishidan qa’tiy nazar, uning barcha xili uchun berilaveradi.
Qimmatli qog‘oz bo‘lganligi sababli konosamentda yuk to‘g‘risida barcha rekvizitlar bo‘lishi shart. Aks holda u rasmiy hujjat, qimmatli qog‘oz bo‘la olmaydi. Konosament bir necha nusxada yoziladi. Konosament quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • Nomi yozilgan konsament, ya’ni uni oluvchining ismi-sharifi yoziladi.

  • Orderli konosament. Yukni jo‘natuvchi yoki yukni qabul qiluvchi yoki bankning buyrug‘iga binoan yuk shu hujjat asosida qaytarib beriladi.

  • Nomi yozilmagan (taqdim etuvchiga tegishli) konosament. Yuk borib tushgan portdan yukni olish huquqini beradi. Faqat mazkur hujjat qo‘lida bo‘lsa bas.

Xedjirlash bu fyuchers, opsion, varrant kelishuvlarida (asosiy qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdisi bilan bir vaqtning o‘zida bo‘lganligi sababli) narx va foyda xavf-xatarini sug‘urta qilish shakllaridan biridir. Xedjirlash sotuvchi (xaridor) shartnomani tuzish bilan ayni bir vaqtda o‘z savdosiga teng keladigan, aytaylik, fyuchers shartnomalarini xarid qiladi (yoki sotadi).
Xedjirlash:

  • tomonlar ko‘radigan ehtimoldagi ziyonini kamaytirish imkonini beradi;

  • tovar narxi o‘zgarishi bilan ko‘riladigan zarar fyuchers bo‘yicha olinadigan yutuq bilan belgilanadi;

Bank, birja, tijorat amaliyotida valyuta sug‘urta qilishning turli usullari ham xedjirlash deb yuritiladi.



Download 376,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish