1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja: Moliyaning mohiyati va zarurati. Moliyaning funksiyalari


Uy xo’jaliklari moliyasining davlat moliya tizimida tutgan o



Download 376,92 Kb.
bet119/127
Sana04.02.2022
Hajmi376,92 Kb.
#431420
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   127
Bog'liq
Moliya qismi ma\'ruza matni

2. Uy xojaliklari moliyasining davlat moliya tizimida tutgan orni va uning moliyaviy ahamiyati

Zamonaviy adabiyotlarda oilaga turlicha ta’rif beriladi. Oila – bu uy joy sharoiti umumiy va bir qator tovarlar xizmatlarni birgalikda iste’mol etish pul daromadlari va moddiy mablag’larni birlashtirgan kishilar guruhi tushiniladi. Oila evalyutsion tarzda rivojlanadi, uning tarkibi o’zgaradi, undagi qadriyatlar yangilanadi, urf odatlar, uning funksiyalarida ham siljishlar yuz berishi namoyon bo’ladi. Baribir, oila iste’molni yakunlovchi vazifasini bajaraveradi. Binobarin, oila o’tkinchi emas, u doimiy, biroq evalyutsion shaklda rivojlanish salohiyatiga ega. Oila xo’jaligining iqtisodiyot sektorida muhim o’rin tutishi, uning davlat bilan aralashivi, bu esa hozirgi kunda davlatning qay darajada rivojlangan yoki rivojlanmaganligini oilalarning iqtisodiy ahvolidan bilib olish qiyin emas. Shuning uchun oilani o’rganish, oilani boshqarish, oila xo’jaligi rejalarini tuzish, oilani iqtisodiy ahvolining yaxshilanishi davlatga katta ta’sir ko’rsatadi.


Oila moliyasi – bu bizga maosh yoki daromadning boshqa manbalari (meros, renta daromadi, lotareya yutug’i investisiya daromadi) va biz xarajat qiladigan va xarajat qilmaydigan, investisiya qiladigan ko’rinishda keladigan puldir.
Iqtisodiyotning ijtimoiyligi birinchi navbatda oilada ifoda etilganligi sababli, oilaning moliyaviy resursi qanchalik ko’p bo’lsa shunchalik u to’q va faravon yashaydi. Xalqi faravon yashaydigan mamlakatgina gullab – yashnashi, xalqi nochor mamlakat esa xarob bo’lishi tarixiy ma’lumotlarda aniq ko’rinib turadi. Barcha ijtimoiy muammolar oilalarda jamlanadi, yig’iladi va ularni hal etishda oila moliyasi faol qatnashadi, chunki oilaning moliyaviy salohiyatining qanchalik kuchli yoki kuchsizligi aytilgan muammolarning shu yerning o’zida qanchalik tez yoki sekin bajarilishida o’z aksini topadi.
Oila moliyasini o’rganish, uni tatqiq etish birinchi bo’lib g’arb mamlakatlarida boshlangan. Oila iqtisodiyotiuning moliyasini fundamental tatqiq etishga bir necha g’arb olimlari o’z hissalarini qo’shgan bo’lib, ular N.Pigu, L.Atkinson va D.Stiglislar o’z asarlarida oila hatti – harakatlari, motivasiyasi, moliya – kredit tizimidagi o’rni oila moliyasi tahlilining metodologiyasi ilk bor g’arb olimlari asarlarida ishlab chiqilgan.
Davlat va uy xo’jaliklari o’rtasidagi moliyaviy munosabatlar ham to’g’ridan-to’g’ri (bevosita) va qaytarma (yana orqaga qaytariluvchi) aloqalar asosida quriladi (vujudga keladi) va ular byudjet hamda nobyudjet fondlarni shakllantirish va ulardan foydalanishdagi munosabatlarni ifodalaydi. Uy xo’jaliklarining daromadlari va mol-mulklari soliqqa tortilish obyekti sifatida maydonga chiqadi. Demak, byudjet tizimi daromadlar bazasining tuzilmaviy elementi hisoblanadi. Bir vaqtning o’zida soliqlar, pensiya tizimi transfertlar orqali davlat moliyaviy oqimlarni uy xo’jaliklarining turli guruhlari o’rtasida qayta taqsimlaydi. Uy xo’jaliklari va davlat o’rtasidagi moliyaviy munosabatlarni amalga oshirish jarayonida milliy daromadning ikkilamchi qayta taqsimlanishi sodir bo’ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat uy xo’jaliklariga tegishli bo’lgan daromadning taqsimlanish jarayoniga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir qilish instrumentlariga ega emas. Moliyaviy munosabatlarning bu sohasi davlat tomonidan eng kam darajada reglamentasiya qilinadi. Buning sababi shundaki, uy xo’jaliklari pul fondlarini shakllantirishning zarurligi, usuli va maqsadi to’g’risida, ularni sarflashning o’lchami va vaqti xususida qarorlar qabul qilishda mustaqildir. Shu bilan birgalikda davlat uy xo’jaliklariga tegishli bo’lgan daromad va yakuniy (oxirgi) iste’molning o’lchamiga (ko’lamiga) ta’sir qilishga qodir. Bu narsa, jumladan, quyidagilar orqali amalga oshirilishi mumkin:

  • soliqli tartibga solish (tartiblash);

  • mehnat haqini to’lash stavkalarini o’rnatish (belgilash);

  • birinchi darajali zaruriy mahsulotlar baholarini tartibga solish (tartiblash);

  • imtiyozlar tizimi;

  • sog’liqni saqlash va maorifni byudjetdan moliyalashtirish orqali ta’minotni rivojlantirish;

  • va boshqalar.

Uy xo’jaliklarining o’zlari o’rtasidagi (uy xo’jaliklararo) moliyaviy munosabatlar uy xo’jaliklari sektorining ichida moliyaviy resurslarning harakatlanishi jarayonida vujudga keladigan munosabatlar sifatida qaraladi. Bu yerda ushbu jarayon hamma vaqt ham oydinlashmagan va kuchsiz tartibga solinuvchi hisoblanadi. Moliyaning bu sohasiga, jumladan, quyidagilarni kiritish mumkin:

  • fermer xo’jaliklarining hamkorlikdagi maqsadli fondlari;

  • iste’mol kooperatsiyasiga xizmat ko’rsatuvchi fondlar;

  • uy xo’jaliklari o’rtasidagi norasmiy kredit munosabatlari;

  • uy xo’jaliklari sektori doirasida (chegarasida) hamkorlikdagi pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish xususidagi boshqa munosabatlar.

Uy xo’jaliklarining moliyaviy institutlar bilan o’zaro aloqalari moliyaviy munosabatlarning alohida guruhini ifodalaydi. Ularning kredit muassasalari bilan munosabatlari uy xo’jaligi byudjeti defitsitini to’ldirish (iste’mol krediti vositasida, yordamida), bo’sh turgan pul mablag’larini bank hisob varaqalarida joylashtirish yoki ularni saqlash va jamg’arish maqsadida boshqa moliyaviy aktivlarga qo’yish orqali namoyon bo’ladi. Uy xo’jaliklarining sug’urta kompaniyalari bilan bo’ladigan munosabatlari esa turli ko’rinishdagi sug’urta fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida gavdalanadi.
Moliyaning mohiyati uning funksiyalari orqali namoyon bo’lganligi uchun uy xo’jaliklari moliyasining mohiyati ham uning funksiyalari yordamida ifodalanadi. Uy xo’jaliklari moliyasining funksiyalari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:

  • taqsimlash;

  • takror ishlab chiqarish;

  • nazorat;

  • tartibga solish (tartiblash);

  • rag’batlantirish;

Uy xo’jaliklari moliyasining bu funksiyalari o’zaro bog’langan va bir-birini doimiy ravishda to’ldirib turadi. Bir vaqtning o’zida, ma’lum ma’noda va darajada ular o’zlarining namoyon bo’lishiga qarab moliyaning umumiy funksiyalaridan biroz farqlanishi ham mumkin.
Uy xo’jaliklari darajasida daromadlarni shakllantirish bo’yicha moliyaviy qarorlar quyidagilarga bog’liq bo’ladi:

  • mol-mulk va undan foydalanish (buyumlashgan yoki pul shaklida) imkoniyatining mavjudligiga;

  • uy xo’jaligi ishtirokchilari ish vaqti fondining taqsimlanishiga – uy xo’jaligi a’zolari ishlovchilarining soni, ularning ish joylari, ish vaqti rejimi va h.k.;

  • uy xo’jaligi a’zolarining tashabbuskorligiga, faolligiga va inson kapitalidan foydalanishga;

  • uy xo’jaligi faoliyat ko’rsatadigan tashqi muhitga.

Daromadlarni shakllantirish omillari va baholarning darajasi bu yerda cheklanmalar (cheklanishlar) sifatida amal qiladi, ya’ni iste’mol tanlanmasining yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan variantlari majmuini belgilab (aniqlab) beradi. Ana shu nuqtai-nazardan uy xo’jaliklarining iste’mol fondi minimal va ratsional iste’mol byudjetlari yoki yanada detallashtirilgan tarzda quyidagicha klassifikasiya qilinishi mumkin:

  • hayotiy minimum byudjeti;

  • minimal iste’mol byudjeti;

  • optimal iste’mol byudjeti.


Download 376,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish