1-Mavzu. Model va modellashtirish tushunchasi



Download 105 Kb.
bet3/6
Sana23.07.2022
Hajmi105 Kb.
#843755
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu

Biologik model turli tirik ob’ektlar va ularning qismlari-molekula, hujayra, organizm va shu kabilarga xos biologik tuzilish, funktsiya va jarayonlarni modellashda qo‘llaniladi.
Axborotlarni ifodalovchi vositalar majmuini ma’lumotlar modeli deb ataladi.
Albatta, turli odamlar tashqi dunyoni turlicha talqin qiladilar va ular haqida turlicha bilimga ega bo‘ladilar. Shuning uchun ham haqiqiy dunyo va undagi hodisalarni anglashda turlicha modellardan foydalanadilar. Modellashtirish yoki modellashning rasmiy muoammolarini o‘rganadigan va tadqiq etadigan yaxlit nazariya mavjud.
Hozirgi kunda kompyuterda modellashtirish texnologiyasi mavjud bo‘lib, uning maqsadi atrofimizni o‘rab turgan tabiat, unda ro‘y beradigan hodisa, voqealarni va jamiyatdagi o‘zgarishlarni anglash, tushinib yetish jarayonini zamonaviy usullar vositasida tezlashtirishdir.
Kompyuterda modellashtirish texnologiyasining umumiy ko‘rinishi quyidagi rasmda ko‘rsatilgan.


Yuqoridagi jadvalni yanada tushunarli bo‘lishi uchun quyidagicha tasvirlash mumkin.




3. EHMda masalalarni yechishning asosiy bosqichlari:
1.Masalani qo'yish va uning matematik modelini ishlab chiqish.
2.Sonli yechimini topish usulini tanlash.
3.Berilganlar strukturasi va algoritmni ishlab chiqish.
4.Algoritm EHM tushunadigan dasturlash tiliga o'tkazish.
5.Masalani EHM uchun tayyorlash va dasturni kiritish.
6.Dasturni ishga tushurish va tekshirish.
7.EHM yordamida masalani yechish, natijalarni qayd qilish va qayta ishlash.

Biz EHMda masalalarni yechishning ana shu asosiy bosqichlariga to'xtalib o'tamiz.


EHM bilan bevosita ishlashdan oldin qanday bosqichlarni bajarish kerakligi ko'rib chiqiladi. Istalgan hayotiy yoki matematik, fizik va hokazo masala shartlarini ifoda qilish dastlabki ma'lumotlar va fikrlarni tasvirlashdan boshlanadi va ular qat'iy ta'riflangan matematik yoki fizik va hokazo tushunchalar tilida bayon qilinadi. So'ngra esa, yechishning maqsadi, ya'ni masalani yechish natijasida ayni nimani yoki nimalarni zarurligi ko'rsatiladi.
Masala shartining aniq ifodasi masalaning matematik (fizik va hokazo) qo'yilishi deb ham ataladi va istalgan masalani yechish eng avval uning qo'yilishidan boshlanadi.
Masalaning qo'yilishida boshlang'ich ma'lumotlar yoki argumentlar hamda qiymatlari aniqlanishi kerak bo'lgan kattaliklar, ya'ni natijalar ajratiladi.
Amaliy masalalarni hal etishda ob'yektlar-tabiat hodisalari, fizik yoki ishlab chiqarish jarayonlari, maxsulot ishlab chiqarish jarayonlari, maxsulot ishlab chiqarish rejalari va shu kabilar bilan ish ko'rishiga to'g'ri keladi. Ana shunday masalalarni qo'yish uchun avval tekshirilayotgan ob'yektni matematik atamalarda tavsiflash, ya'ni iloji bo'lsa uning matematik modelini qurish kerak, bu ifoda esa masalani yechishga keltirish imkonini beradi.
Matematik model tirik sistemalar tuzilishi, o'zaro aloqalari va funksiya qonuniyatlarining matematik va mantiqiy-matematik tavsifidan iborat bo'lib, tajriba ma'lumotlariga ko'ra yoki mantiqiy asosda tuziladi, so'ng tajriba yo'li bilan tekshirib ko'riladi. Modelni haqiqiy ob'yektga moslik darajasi amaliyotda tajriba orqali tekshiriladi. Tajriba qurilgan modelni baholash va lozim bo'lgan holda uni aniqlashtirish imkonini beradi. Yana shuni ta'kidlash lozimki, har doim ham qo'yilgan masalaning matematik modelini yaratib bo'lmaydi.
Masalan, shaxmat taxtasining kataklaridan bir katakka qayta yurmaslik sharti bilan, ot bilan yurib o'tishning matematik modelining oshkor ko'rinishi mavjud emas, shuning uchun ham bu masalani yechishda keyingi bosqichga to'g'ridan-to'g'ri o'tishga to'g'ri keladi.
Masalaning matematik modeli yaratilgandan so'ng, uni yechish usuli izlana boshlanadi. Ayrim hollarda masalaning qo'yilishidan keyin to'g'ridan-to'g'ri, masalaning yechish usuliga ham o'tish kerak bo'ladi. Bunday masalalar oshkor ko'rinishdagi matematik model bilan ifodalanmasligi mumkin. Bunga yuqoridagi misolni keltirishimiz mumkin. Masala uchun yechish usuli nima yoki qanday bo'lishi mumkin. Shaxmatdan xabardor har bir kishiga ma'lumki, shaxmat taxtasining ixtiyoriy katagida turgan otni yuqoridagi shart asosida har doim ham yurish mumkin emas. Hamma kataklardan o'tishning yagona usuli mavjud va u quyidagidan iborat bo'ladi:
Faraz qilaylik, ot shaxmat taxtasining ixtiyoriy bir katagida turibdi. Umuman olganda bu katakdan boshqa 8ta kattakka yurish mumkin. Yurilishi mumkin bo'lgan bu kataklarning har biridan ham yana nechadir kataklarga yurish mumkin. Mana shu mumkin bo'lgan yurishlarning eng kamini tanlash kerak, agar ular bir qancha bo'lsa, ixtiyoriy bittasini tanlash mumkin. Demak, otni shunday bir katakka yurish kerak ekanki, bu katakdan yurilishi mumkin bo'lgan kataklar soni eng kam bo'lsin. Faqat va faqat shu usul bilan qo'yilgan masalani hal qilish mumkin. Agar masalani yechish uchun tanlangan sonli usul standart bibliyotikali (bibliotechnoy) dastur qismi ko'rinishda amalga oshirilsa, u holda algoritm dastlabki berilganlarni yozilishi va kiritilishi bo'yicha oddiy holda keltiriladi, standart qism dasturlarni chaqirish va natijalarni ekranga yoki bosmaga chiqarish mumkin. Agar masalani algoritmni ishlab chiqarish murakkab bo'lsa, u holda barcha muammolarni birdan hal qilishga harakat qilish kerak emas.

Download 105 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish