1-mavzu. Mikrobiologiya fani, o’rganish obe’ektlari, vazifasi hamda bo’limlariga tavsif



Download 14,68 Kb.
Sana22.01.2022
Hajmi14,68 Kb.
#400215
Bog'liq
Oraliq nazorat (1)


1-mavzu. Mikrobiologiya fani, o’rganish obe’ektlari, vazifasi hamda bo’limlariga tavsif.

Fanning predmeti, o’rganish ob’ektlari, mikroorganizmlarni o’rganishning ahamiyati, fanning boshqa fanlar bilan aloqadorligi, bo’limlari hamda vazifalariga tavsif.


2-mavzu. Mikrobiologiyaning paydo bo’lishi va rivojlanishi

Antoni van Levenguk tomonidan mikroorganizmlarni kashf qilinishi. Mikrobiologiyaning shakllanishida L.Paster, R.Kox, M.Beyerink, S.N.Vinogradskiy, V.L.Omelyanskiy, N.A. Krasilnikov, A.Flemming va boshqalar ishlarining ahamiyati.

Hozirgi zamon mikrobiologiyasi rivojlanishining ustivor yo’nalishlari. Mikrobiologiyaning O’zbekiston Respublikasida rivojlanishi.
3-mavzu. Mikrobiologiya tadqiqotlarining asosiy usullari.

Toza kulturalar va ularning olinishi. Mikroorganizmlar preparatlarini tayyorlash texnikasi. Oddiy va differentsial bo’yash. Gram usulida bo’yash va uning mikroorganizmlar klassifikatsiyasidagi ahamiyati. Mikroorganizmlarni mikroskop yordamida o’rganish metodlari. Zamonaviy mikroskoplar: yorug’ va qorong’i maydonli, faza — kontrast, lyuministsent va elektron mikroskoplar. Biologik mikroskoplar imkoniyatlarining kimyoviy tavsifi. Fiksirlangan, bo’yalgan va tirik preparatlar tayyorlash. Boyitilgan va toza kul’turalar haqida ma’lumotlar, ularni mikroorganizmlarni sistematikasi va fiziologo-biokimeviy xususiyatlarini o’rganishdagi ahamiyati.


4-mavzu. Mikroorganizmlar morfologik turlariga tavsif.

Mikroorganizmlar morfologiyasi va hujayra o’lchami . Mikroorganizmlar hujayra tuzilishi. Eukariot va prokariat mikroorganizmlar. Bakteriya hujayrasining shakllari. Mikroorganizmlar turli guruhlarining tafsifi.


5-mavzu. Mikroorganizmlarning hujayra tuzilishi, kimyoviy tarkibi.

Prokariot hujayralar tuzilishi. Bakteriya hujayrasining struktura asoslari. Hujayra devori, tuzilishi, tavsifi va kimyoviy tarkibi, sitoplazmatik membrana, uning ba’zi xususiyatlari va kimyoviy tarkibi. Sitoplazmatik membrana funksiyasining xilma-xilligi. Mezosomalar. Sitoplazma. Bakteriya hujayrasining qo’shilmalari, kimyoviy tarkibi va axamiyati.

Bakteriya endosporalari, spora hosil bo’lish jarayoni va sporaning vegetativ hujayradan asosiy farqlari. Kapsula va shilliq qavat. Kimyoviy tarkibi va funktsiyalari. Bakteriyalarning harakati, xivchinlari. Joylanishi, tashkil topishi, kimyoviy tarkibi. Fimbriy va pililar va ularning funktsiyalari.
6-mavzu. Mikroorganizmlarning klassifikatsiyasi

Mikroorganizmlar olami, umumiy belgilari va turli tumanligi. Prokariot va eukariot mikroorganizmlar, ularning o’xshashligi va farqlari. Mikroorganizmlar klassifikatsiyasi va printsiplari. Prokariotlar- mikrobiologiyani asosiy ob’ektidir. Prokariotlar olamining to’rt bo’limi vakillariga qisqacha tavsif. Gram musbat va gram manfiy bakteriyalar, mikoplazma va arxebakteriyalar.


7-mavzu. Mikroorganizmlarni o’sishi va ko’payishi

Prokariotlarning ko’payish usullari. Mikroorganizmlarning o’sishi. Bakteriya hujayrasining generatsiya muddatlari. Statsionar sharoitda toza kul’turalar populyatsiyasining o’sish qonuniyatlari. o’sish egri chizig’i, ayrim fazalarining tavsifi. Mikroorganizmlarining uzluksiz ko’paytirilgandagi o’sishi. Uzluksiz ko’paytirishning mikroorganizmlar xususiyatlarini tadqiq qilishdagi axamiyati va amaliyotda ishlatilishi.


8-mavzu. Mikroorganizmlarning oziqlanishi

Mikroorganizmlarning ozuqa moddalariga bo’lgan extiyoji va moddalarning hujayraga kirishi. Prokariot hujayralarining kimyoviy tarkibi. Hujayra tarkibidagi suvning hujayra hayotidagi ahamiyati. Hujayraning muxim polimer birikmalari, asosiy bioelementlari. Uglerod manbalari, uglerodli oziqlanish tiplari: fotoavtotrof, fotoorganoavtotrof, xemolitotrof, xemoorganogeterotrof va hokozolar. Geterotroflar tomonidan karbonat angidridning assimilyatsiyasi. Mikroorganizmlar o’zlashtiradigan azotli va mineral birikmalar. Molekulyar xolatdagi azotning o’zlashtirilishi. Bakteriyalarning fosfor bilan oziqlanishi. Oltinguturt manbalari. Sul’foreduktsiya turlari. Bakteriyalarning magniy, kaliy, temir, kaltsiyga bo’lgan extiyoji va ularning hujayra xayoti va modda almashinuvidagi roli. O’sish moddalarga bo’lgan extiyoji. Prototroflar va auksotroflar. Antimikrob moddalar va antimetabolitlar. Ozuqa muxitlari. Bakteriyalar hujayrasiga moddalarning o’tish mexanizmi.



9-mavzu. Mikroorganizmlar metabolizmi

Mikroorganizmlarda modda almashinuvi. Katobolitik va anobolitik jarayonlar haqida tushuncha va ularning bog’liqligi. Aerob nafas olish. Bijg’ish va uning turlari. Anaerob nafas olish. Geksozaning mikroorganizmlar tomonidan parchalanishi



10-mavzu. Mikroorganizmlar genetikasi

Mikroorganizmlar genetikasi haqida umumiy tushuncha. Mikroorganizmlarda irsiyat va o’zgaruvchanlik tushunchasi. Mikroorganizmlar genotipi va fenotipi, irsiy o’zgaruvchanlik. Mikroorganizmlar olamida mutatsiyalar. Bakteriyalardagi transformatsiya va transduksiya.
Download 14,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish