1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi



Download 292,88 Kb.
bet23/88
Sana03.03.2022
Hajmi292,88 Kb.
#480097
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   88
Bog'liq
1 mavzu Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik xo’jalik guruxlarga

Yong’oq. Mevasining mag’zi juda mazali va to’yimli, tarkibida 60-70 % moy, 11-20 % oqsil, 20 % gacha uglevodlar va vitaminlar bor. Xom yong’oq tarkibida na’mataknikiga qaraganda 3-5 barobar ortiq S vitamini bo’ladi.
Yong’oq dunyodagi barcha mamlakatlarda, jumladan Markaziy Osiyo davlatlarida, asosan Qirg’iziston va Tojikistonning janubiy hududlarida keng tarqalgan bo’lib, katta maydonlarni egallaydi. O’zbekistonning Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanidagi tabiiy yong’oqzorlar ayniqsa qimmatlidir.
Yong’oq daraxtining bo’yi 25-30 metrgacha, diametri 1,5-2 m ga yetadi, shox-shabbasi sharsimon yoki qubbasimon, kam shoxlaydi, ildiz tizimi baquvvat – 4 m chuqurlikkacha kirib boradi, atrofga qarab esa 10-15 m taraladi.
Yong’oq bir uyli, lekin guli ayrim jinsli daraxtdir. Erkak kuchalalari o’tgan yilgi novdalar uchida, urg’ochilari esa shu yili chiqqan novdalar uchida yakka-yakka yoki guruh bo’lib joylashadi. Yong’oq barg yozmasdan oldin – martning oxiri-aprelning boshlarida gullaydi, ba’zan erkak va urg’ochi gullar bir vaqtda gullamaydi, shuning uchun yong’oqzorlarda changlovchi navlarni o’tqazish tavsiya etiladi. Yong’oq shamol yordamida changlanadi, o’suv davri 165-210 kun, tog’li hududlarda bundan qisqaroq davom etadi.
Yong’oq daraxti 8-10, payvand qilinganlari esa 5-6 yildan boshlab hosilga kiradi, lekin o’tqazilgandan keyin 2 - yildayoq hosil beradigan navlari ham bor.
Yong’oq 25-30 yoshga kirganda serhosil bo’ladi, har bir tupidan 100-150 kg, ba’zilaridan 300-500 kg gacha hosil olinadi. Mevasi avgust oxiridan oktyabr boshlarigacha pishadi.
Bodom. Amygdalus L. turkumining 50 ta turi bor, shulardan bittasi shirin bodom va eng ahamiyatlisi hisoblanadi. U asosan shirin mag’zi uchun o’stiriladi. Shirin bodom mag’zida 40-70 % moy, 20-25 % oqsil, 6 % shakar, 3 % ga yaqin yelim, 2,5 % gacha amigdalin bo’ladi.
Bodom O’zbekistonning barcha hududlarida, asosan Farg’ona vodiysida, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida, Toshkent viloyatining Bo’stonliq tumanida keng tarqalgan.
Bodom daraxtining bo’yi 6-10 m gacha yetadi, shox-shabbasi piramida shaklida yoki tarvaqaylagan bo’ladi, ildiz tizimi baquvvat 6 m gacha chuqurlikkacha taralib o’sadi. Yovvoyi holda ba’zan buta shaklida o’sadi. Bodomning mayda shoxchalari tikanli bo’ladi. Guli yirik, pushti rangda, ko’pincha juft-juft bo’lib joylashadi, barg chiqarmasdan oldin gullaydi. Bodom eng erta, boshqa mevali daraxtlardan ilgari – fevral va martning boshlarida gullaydi, shuning uchun tekisliklarda bahorgi sovuqlar uni zararlaydi.
Bodom mevasi avgust- sentyabrda pishadi, to’kilmay tupida turadi. Ekilgandan keyin 3-4 yili hosilga kiradi, 12-15 yoshgacha serhosil bo’ladi, 40 yilgacha yaxshi hosil beradi, 60-100 yilgacha umr ko’radi. Har tupidan 60-80 kilogrammgacha hosil olinadi. Bodom yorug’sevar, issiqqa chidamli va qurg’oqchilikka juda chidamli bo’ladi. 20-25 0 gacha sovuqqa chidaydi.
Pista (Pistacia L.) turkumiga 20 ga yaqin tur kiradi. Pista bo’yi 5-6 m ga yetadigan daraxt yoki buta bo’lib, shox-shabbasi tarvaqaylab o’sadi, tanasining diametri 25-80 sm ga yetadi, ildiz tizimi baquvvat bo’lib 6-8 m gacha chuqurlikka kirib boradi. Lalmi yerlarda pista 10-12, sug’oriladigan yerlarda 7-8 yilda hosilga kiradi. Pistaning mag’zi shirin, tarkibida 63 % gacha moy, 22 % gacha oqsil, 12-13 % gacha shakar bo’ladi. Mevasi sentyabrda pishadi. Madaniy holda o’sadigan bir tup bodom daraxtidan 40-80 kg gacha hosil olinadi. Qurg’oqchilikka chidamli, yorug’sevar bo’lib, yozda 42 0 gacha issiqqa, qishda esa 33 0 sovuqqa chidaydi. Pistaning madaniy navlari sovuqqa kam chidamli.
Pista juda uzoq, ayrim turlari hatto 300 yilgacha yashaydi. Urug’dan, parxish va payvand qilish yo’li bilan ko’paytiriladi.

Download 292,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish