1-мавзу: «Мещнат социологияси» фанининг ма=сади, вазифалари ва ижтимоий–и=тисодий фанлар билан узвий бо\ли=лиги


Interv’yu  usulining  xususiyatlari



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/177
Sana27.03.2021
Hajmi1,58 Mb.
#62111
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   177
Bog'liq
mehnat va mehnat munosabatlari sotsiologiyasi

Interv’yu  usulining  xususiyatlari.  Interv’yu  muayyan  reja  asosida  o`tkaziluvchi 
suhbat bo`lib, bu respondent bilan sotsiolog o`rtasidagi bevosita aloqadir. O`rtadagi suhbat 
qog`ozga  yoki  magnit  tasmasiga  qayd  etib  boriladi  (V.A.Yadov).  Interv’yu  usulini 
qo`llanish  doirasi  g`oyatda  keng  bo`lib,  u  sotsiologiya,  psixologiya,  jurnalistika, 
etnografiya,  statistika,  pedagogika  va  boshqa  fanlarda  interv’yu  ikki  asosiy  maqsada 
qo`llaniladi:  a)voqea  va  faktlar,  shaxslarga  oid  kerakli  informatsiyaga  ega  bo`lish  uchun; 
b)tadqiq  etiluvchi  ob`ektga  muayyan  ta`sir  o`tkazish  uchun  o`tkazish  tajribasiga  ko`ra, 
interv’yuni  erkin,  standart  va  yarim  standart  ko`rinishlarga  ajratib  o`rganish  mumkin. 
erkin  interv’yu  ilgaridan  tayyorlangan  savollar  kelib  chiquvchi  savollar  asosida  qurilib, 
muayyan  dastur  yo`nalishida  bir  necha  soat  davometishi  mumkin.  Formal  yoki  standart 
interv’yu  janr  xususiyatidan  kelib  chiqqan  holda,  qisqa  muddatli  va  uzoq  muddatli 
interv’yularga bo`linadi. Uzoq muddatli interv’yuda sotsiolog suhbatdosh ichki dunyosi, 
o`y-fikrlari,  Dunyoqarashiga  oid  axborotlarni  butun  to`laligicha  ilg`ab  olish,  atroflicha 
ma`lumonga  ega  bo`lish  maqsadini  ilgari  suradi.  Qisqa  muddatli  interv’yuda  esa  aniq  va 
muayyan  mavzu  yuzasidan  suhbat  vositasida  ma`lumot  olishni  ko`zda  tutadi.  Yarim 
standart interv’yu janri, o`z  navbatida, bir necha ko`rinishlarga bo`linadi. Ularni  guruhiy 
panel’ (qayta-qayta  interv’yu o`tkazish  usuli), klinik va  fokuslashtirilgan  xillarga ajratish 
mumkin.  Panel’  xildagi  interv’yuda  ayni  bir  xil  kishilar  ma`lum  vaqt  o`tgandan  so`ng, 
dastlabki  interv’yuda  ko`tarilgan  mavzu  yuzasidan  yana  suhbatga  jalb  etiladi.  Bunday 
usuldagi  interv’yularning o`ziga  xosligi shundan  iboratki, dastlab shakllangan  ijtimoiy  va 
shaxsiy  fikrlarning  hayotiyligi  darajasi  tekshirib  ko`riladi.  Klinik  interv’yu  ega  sotsiolog 
tadqiqotlarning dastlabki bosqichida sotsiolog uchun ilmiy muammo predmet iva ob`ektini 
aniqlab  olish  uchun  judamuhimdir.  Mo`ljalli  interv’yu  respondent  bilan  yuzma-yuz  va 
telefon orqali amalga  oshiriladi. Mazkur  usuldagi kamchiliklar sifatida  uni  faqat telefonii 
bor  kishilar  o`rtasida  o`tkazish,  reprezentativlik  ta`minlanmasligi  holatlarini  qayd  etib 
o`tish kerak.  
 
Ta`kidlash joizki, interv’yu olishda sotsiolog quyidagi o`ziga xos qiyinchiliklarga ha 
duch kelishi mumkin:  
-har bir respondent bilan suhbat o`tkazishda muayyan ruhiy yaqinlik izlash lozim;  
-muayyan mablag` va vaqt yo`qotish hollari mavjudligini hisobga olish kerak;  
-interv’yu beruvchi shaxslarni suhbatga tayyorlash taraddudini ko`rish lozim; 
-ba`zida  interv’yu  oluvchi  kishi  shaxsini  maxfiy  tutib  qolish  muammolarini  hal  eta 
bilish kerak. 
Yana  shuni  diqqit  markazida  saqlash  lozimki,  sotsiolog  tadqiqot  boshida  interv’yu 
beruvchi  kishi  shaxsiga  to`la  va  atroflicha  baho  berishi,  hamda  nima  sababdan  ayni  shu 
kishiga  murojaat  qilinayotligini  izohlashi  kerak.  Interv’yu  beruvchi  shaxslarni  tanlashda 
quyidagi  talablarga  rioya  qilinsa,  foydadan  xoli  bo`lmaydi:  1.Tadqiqot  mazmunini 
to`ldiruvchi  shaxs  boy  hayotiy  tajribaga,  muayyan  ijtimoiy-ma`naviy  printsiplarga  ega 
bo`lishi  lozim.  2.Suhbatga  jalb  eitiluvchi  shaxs  aqliy  va  ma`naviy  barkamol  bo`lishi 
maqsadga  muvofiq,  negaki ko`pincha suhbat chog`ida  nafaqat, tadqiqot  mavzuidan, balki 
tanlangan tadqiqot predmetidan tashqarii umumiy  masalalarni ham ko`tara bilish hollarga 


 
197 
duch  kelib  turiladi.  3.Interv’yu  oluvchi  shaxs  gapga  chechan,  suhbatga  jalb  eta  biluvchi 
kishi  bo`lishi,  lozim  bo`lganda  zaruriy  masalalarga  suhbat  mavzuini  bura  bilashi  kerak. 
4.Interv’yu  oluvchi  kishi  intizomli,  halol  bo`lishi,  ko`rsatmada  belgilangan  hamma 
talablarni  og`ishmay  amalga  oshirishi  lozim.  5.  Interv’yu  oluvchi  tadqiqot  predmeti  va 
maqsadini  chuqur  o`zlashtirgan  bo`lishi,  suhbatlashish  malakasiga  ega  bo`lishi  joiz.  6.U 
albatti,  sog`lom  va  chidamli  bo`lishi  ham  kerak,  negaki  suhbat  ba`zan  4-5  soatga  ham 
cho`zilib ketishi mumkin.  
Interv’yu  savollarini  tayyorlash  muhim  sotsiologik  bosqich  hisoblanadi.  Savollar, 
asosan,  uch  qismidan  iborat  bo`ladi:  kirish,  asosiy  qism  va  xulosa.  Interv’yuning  kirish 
savollarida  ko`pincha  o`tkazilayotgan  tadqiqot  xususida  jamoatchilik  fikri,  mavjud 
shakllangan  va  shakllanayotgan  ijtimoiy  ahvol  bayon  etilib,  mazkur  masalalarga  doir 
suhbatdosh  fikrini  o`rganish  mazmuni  aks  etadi.  Asosiy  qismda  o`rtaga  qo`yilgan 
masalaning  o`zak  qismi  aks  etgan  savollar  o`rin  oladi.  Xulosada  esa  asosiy  bo`lmagan, 
ammo bosh mavzuni to`ldirishga xizmat qiluvchi savollarni qo`yish mumkin.  
Interv’yu  o`tkaziladigan  joy  va  vaqt  masalalarini  ham  e`tibordan  chetda  qoldirib 
bo`lmaydi. Odamda, interv’yu ish joyidan olinadi, ba`zan yashash va dam olish joylarida 
ham  interv’yu  o`tkazish  mumkin.  Interv’yu  ish  joyida  olinadigan  bo`lsa,  tushgacha 
bo`lgan muddat maqsadga muvofiqdir.  

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish