1-мавзу: «Мещнат социологияси» фанининг ма=сади, вазифалари ва ижтимоий–и=тисодий фанлар билан узвий бо\ли=лиги


partiyaviylik, oilaviy ahvol xususidagi masalalar kiritilishi mumkin



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/177
Sana27.03.2021
Hajmi1,58 Mb.
#62111
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   177
Bog'liq
mehnat va mehnat munosabatlari sotsiologiyasi


partiyaviylik, oilaviy ahvol xususidagi masalalar kiritilishi mumkin.  
Keyingi  bosqichda  respondent  bilan  aloqa  o`rnatish  bilan  bog`liq  savollar  o`rin 
oladi.  Aloqa  o`rnatish  savollari  tadqiqot  maqsadi  va  vazifalaridan  kelib  chiqadi.  Ayni 
chog`da,  bunday  savollar  me`yordan  ortiq  bo`lib  ketmasligi  kerak,  chunki  bunday 
savollarning  haddan  oshib  ketishi  anketaning  asosiy  savollariga  mas`uliyat  bilan 
yondashilishi  darajasini  pasaytirishi  mumkin.  Keyingi  bosqichda  anketaning  asosiy 
savollari batafsil va mantiqiy bog`liqda berilishi lozim. Asosiy savollar o`z mazmuni bilan 
muhim  axborotni  qo`lga  kiritish  imkonini  beradi.  Anketadagi  asosiy  savollar  tadqiqot 
dasturida  ko`zda  tutilgan  maqsad  va  vazifalarga  to`la  javob  berishi  lozim.  Anketaning 
so`nggi  bosqichida  yakunlovchi  savollar  o`rin  olishi  kerak.  Bunday  savollar  asosiy 
bosqichda  ilgari  surilgan  hamma  savollarga  xulosa  yasashi,  respondentlarni  ruhiy-
intellektual hayajon vaziyatidan chiqarishga xizmat qilishga lozim.  
Hozirgi sharoitda konkret sotsiologik tadqiqotlar anketa usulining uch ko`rinishidan 
unumli  foydalanib  kelmoqda.  Ular  qo`lma-qo`l  tarqatish  asosidagi,  pochta  va  matbuot 
orqali  anketa  o`tkazish  shakllarini  o`z  ichiga  oladi.  Tarqatish  yo`li  bilan  o`tkazilayotgan 
anketa  sotsiolog  tomonidan  respondent  qo`liga  bevosita  topshiriladi  va  uning  o`zidan 
qabul  qilib  olinadi.  Bu  usul  hozirgi  vaqtda  keng  tarqalgan  bo`lib,  olinuvchi  javoblarning 
nisbatan  haqqoniyligi  va  ob`yektivligi  bilan  ajralib  turadi.  Pochta  orqali  o`tkaziladigan 
anketalar avvaldan tanlangan familiyalar yoki muassasalar ro`yxati asosida tarqatiladi. Bu 
usuldagi  kamchilik  shundan  iboratki  ko`pgina  anketalar  qaytarib  yuborilmaydi.  Sotsiolog 
ko`proq anketa bilan birgalikda maxsus iltimosnoma ham qo`shib jo`natishi ma`quldir.  
Matbuot  orqali  o`tkaziladigan  anketalar  gazetalarning  so`nggi  sahifalarida  e`lon 
qilinadi  va  bunda  gazetadagi  savollar  yozilgan  qismini  yirtib  olib,  redaktsiyaga  qaytarib 
yuborish iltimos qilinadi. Tajribadan ma`lumki, gazeta orqali o`tkaziladigan anketalarning 
atagi 5% respondentlar tomonidan qaytariladi.  
Umuman  olganda,  anketa  usulining  quyidagi  qulayliklari  mavjud:  a)respondentlar 
javob berish chog`ida o`z nuqtai nazarlarini ma`lum darajada asoslashga harakat qiladilar; 
b)anketa usuli orqali juda ko`p kihilarni tadqiqot ob`ektiga jalb etish mumkin; v) anketalar 
vositasida jamoatchilik fikri yo`nalishlarini o`z vaqtida payqab olish mumkin.  
Anketa  savollari  ochiq,  yarim  ochiq  va  yopiq  variantlardan  iborat  bo`ladi.  Ochiq 
savollar  respondent  uchun  keng  tafakkur  qilish,  qo`yilgan  masalalar  yuzasidan  atroflicha 
mushohada  yuritish  asosida  ish  tutish  imkonini  beradi.  Ayni  chog`da  ochiq  savollar 
respondent  uchun  muayyan  qiyinchiliklar  ham  tug`dirishi,  javob  berish  diapazonini 
toraytirib qo`yishi ham mumkin. 
Sotsiologik  tajribalardan  ma`lumki,  ayrim  hollarda  respondentlar  ochiq  savollarga 
javob yozmasdan, shundayligicha qoldirishlari ham mumkin. Ochiq savollarga misol qilib 
quyidagilarni  keltirish  mumkin:  «Sizning  mazmunli  dam  olishingizni  tashkil  etish  uchun 
qanday  shart-sharoitlar  mavjud?»,  «Mehnatkashlarning  ommaviy  dam  olishlarini  tashkil 
etish  uchun  klub  muassasalarini  qanday  jihozlash  kerak?»  yarim  ochiq  savollar  esa 
mumkin  bo`lgan  muqobil  javoblar  bilan  bir  vaqtda,  respondent  tomonidan  ifodalanuvchi 
bir  qator  vaziyatlarni  o`zida  aks  ettiradi.  Yuqoridagilardan  farq  qilib,  yopiq  savollar 
muayyan  mazmundagi  savolga  to`la  muqobil  javoblar  berilgan  bo`lib,  respondent  bu 
savollar  ichidan  o`ziga  ma`qulinigina  tanlab  oladi.  Ushbu  savollar  respondent  uchun  eng 


 
195 
qulay  usul  hisoblanadi.  Anketa  savollarida  respondent  berilayotgan  muqobil  javoblardan 
bittasi emas, bir nechtasini qayd etish imkoniga ham ega bo`lishi lozim, Bunday savollarni 
ilmiy adabiyotlarda menyu-savollar, deb atashadi.  
Anketa  usuli  qator  qulaylikliklarga  ega  bo`lishiga  qaramasdan,  u  o`ziga  xos 
kamchiliklarga  ham  egaki,  ular  xususiga  quyida  fikr  yuritamiz:  a)anketa  savollari  ba`zan 
noaniq  va  tushunarsiz  yoziladi,  natijada  javoblar  noto`g`ri  yoki  noob`yektiv  bo`lishi 
mumkin;  b)  ko`pgina  savollar  bir-biriga  o`xshash  bo`lishi  mumkin,  bu  esa  respondent 
tomonidan savollarga e`tiborsiz yondashishga olib keladi; v) ayrim savollar o`ta murakkab 
tuzilishi  mumkin,  bu  holat  respondent  fikrini  cholg`itib,  berilgan  savol  javobsiz  qolishga 
yoki  muqobil  javoblarning  oxirida  qo`yiluvchi  «javob  berishga  qiynalaman»,  degan  satr 
ostini  chizishga  olib  keladi;  g)  anketani  o`tkazish  zaruratini  to`g`ri  tushuntirmaslik 
ko`pgina respondentlarning anketa savollariga umuman yoki qisman javob berishdan bosh 
tortishlariga  olib  kelish  mumkin;  d)  anketa  o`tkazish  jarayonini  to`g`ri  tashkil  etmaslik 
natijasida ko`pchilik bo`lib anketa to`ldirilayotgan paytda savollar mazmuni atrofida bahs-
munozara  boshlanib  ketishi    yoki  bir-biridan  javoblarni  ko`chirib  yozish  hollari  bo`lishi 
mumkin.  
Ta`kidlash  joizki,  anketadagi  asosiy  savollardan  keyin  kontrol’-nazorat  savollari 
berilishi  maqsadga  muvofiqdir.  Bunday  yondashuv  respondentlarning  ob`yektiv  javob 
berishga xizmat qiladi. Masalan, «siz klubdagi to`garaklar faoliyatida ishtirok etasizmi?», 
degan savoldan so`ng, albatta, «ishtirok etayotgan to`garagingiz sizni qaysi jihatlari bilan 
o`ziga  jalb  etadi?»,  degan  savolni  berish  lozim.  Bunday  qilish  to`garak  ishida  ishtirok 
etimaydigan  respondentni  birinchi  savolga  tasdiqlovchi  «ha»  degan  javob  berishdan 
tiyilib,  to`g`ri  javob  berishga  undaydi.  Birinchi  savolga  to`g`ri  yondashgan  respondent 
uchun esa ikkinchi savolga kelgach, fikrini erkin rivojlantirish imkonini yaratadi.  
Ayni  vaqtda,  sotsiolog  respondent  shaxsini  hurmatlab  o`nga  yondoshuvi  kata 
ahamiyatga  ega.  Savollar  boshida  «marhamat  qilib  ayting-chi»,  «Sizning  fikringizcha», 
«Agar  mumkin  bo`lsa»,  «sizdan  shuni  iltimos  qilamizki»  kabi  hurmat  ma`nosidagi 
boshlamalarqo`yilishi  lozim.  Savollar  keskin  va  qo`pol  tuzilmas-ligi,  respondentni 
bezdirib  qo`ymasligi  kerak.  Masalan,  «O`zingizdagi  kamchiliklarni  sanang?»,  deb  savol 
qo`yish o`rniga «siz o`zingizdagi qaysi kamchiliklarni yo`qotishni xohlaysiz?», deb tuzish 
maqsadga muvofiqdir.  
Anketani bevosita o`tkazish jarayoni muhim bosqich bo`lib, sotsiolog bu ishga o`ta 
jiddiylik  bilan  kirishishi  lozim.  Bu  jarayon  so`rash  protsedurasi  deb  atalib,  quyidagi 
talablarga  rioya qilishga  undaydi: a) sotsiolog anketa o`tkaziladigan joyga o`z  vaqtida  va 
o`zi  kelgan  joy  ma`muriy  rahbariyati  va  jamoa  tashkiloti  vakili  bilan  birgalikda  kelishi 
lozim; anketani to`ldirish chog`ida taklif etilganlarning  deyarli  hammasi  hozir bo`lishlari, 
bir-birlaridan muayyan masafada joylashishlari (bir-birlaridan ko`chirmasliklari va xalaqit 
bermasliklari  uchun)  lozim;  v)  sotsiolog  yig`ilganlarga  o`tkazilayotgan  tadqiqot  maqsadi, 
mazmuni va ahamiyati xususida so`zlab beradi. Anketani qanday qilib to`ldirish kerakligi, 
tadqiqot  natijalari  qanday  maqsadlarda  foydalanishi,  tushunarli  bo`lmagan  savollar 
yuzasidan  faqat  sotsiologning  o`ziga  murojaat  qilish  kerakligi,  anketa  savollari  bo`yicha 
bir-birlari  bilan  savol-javob  qilmaslik  lozimligini  shoshilmasdan  tushuntirib  beradi; 
g)tajriba shuni ko`rsatadika, yig`ilganlarda  ko`pincha ruchka, qog`ozlar bo`lmay qolmay 
qolish hollarda ham uchrab turadi. Shu sababdan, sotsiolog o`zi bilan yozuv qurollari olib 
kelsa,  zarar  bo`lmaydi;  d)anketalarni  tarqatish  oldidan  sotsiolog  anketa  to`ldirmaydigan 
kishilarning xonadan chiqib ketishini so`rashi kerak.  
 
Anketalarni  yig`ib  olish  vaqtida  sotsiolog  har  bir  anketani  tekshirib  olishi 
to`ldirilmagan  savollar  bo`lsa,  respondentga  murojaat  qilib,  sabablarini  aniqlashi, 


 
196 
tushunarli  bo`lmagan  savollar  bo`lsa,  izohlab  berishi  va  hamma  savollarga  to`liq  javob 
olishga  xarakat  qilishi  kerak.  Ba`zi  hollarda  anketa  to`ldiruvchi  ongli  ravishda  ba`zi 
savollarga  javob  berishdan  bosh  tortadi,  bunday  hollarda  sotsiolog  anketadagi  shunday 
savollar  ro`parasiga  respondent  javob  berishdan  bosh  tortdi,  deb  yozib  qo`yishi  kerak. 
Ba`zan  respondent  ayrim  savollar  yuzasidan  batafsil  javob  berish  fikrini  bildirib  qoladi. 
Bunday  hollarda  tadqiqotchi  alohida  qog`oz  tarqatib,  respondent  mulohazalarini  yozdirib 
olishi lozim yoki o`zi uning tilidan hamma fikrlarni qayd etib olishi kerak.  
 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish