1-мавзу: «Мещнат социологияси» фанининг ма=сади, вазифалари ва ижтимоий–и=тисодий фанлар билан узвий бо\ли=лиги



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/177
Sana27.03.2021
Hajmi1,58 Mb.
#62111
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   177
Bog'liq
mehnat va mehnat munosabatlari sotsiologiyasi

Mehnat  shartnomasini  ish  beruvchining  tashabbusi  bilan  bekor  qilish.  Mehnat 
shartnomasini  ish  beruvchining  tashabbusi  bilan  bekor  qilish  qat’iy  belgilangan  tartibga 
rioya qilishni talab etadi. MKning 100-moddasiga muvofiq, quyidagi sabablardan birining 
mavjudligi  mehnat  shartnomasini  bekor  qilishning  asosli  ekanligini  bildiradi: 
1)texnologiyadagi,  ishlab  chiqarish  va  mehnatni  tashkil  etishdagi  o’zgarishlar,  xodimlar 
soni (shtati)yoki ish xususiyatining o’zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi 
yohud  korxonaning  tugatilganligi;  2)xodimning  malakasi  yetarli  bo’lmaganligi  yoki 
sog’lig’i  holatiga  ko’ra,  bajarayotgan  ishiga  noloyiq  bo’lib  qolishi;  3)  xodimning  o’z 
mehnat  vazifalarini  muntazam  ravishda  buzganligi;  4)xodimning  o’z  mehnat  vazifalarini 
bir  marta  qo’pol  ravishda  buzganligi;  5)o’rindoshlik  asosida  ishlamaydigan  boshqa 
xodimning  ishga  qabul qilinishi  munosabati  bilan,  shuningdek,  mehnat shartlariga  ko’ra, 
o’rindoshlik  ishi  cheklanishi  sababli  o’rindoshlar  bilan  mehnat  shartnomasining  bekor 
qilinishi;  6)mulkdorning  almashishi  sababli  korxona  rahbari  bilan  tuzilgan  mehnat 
shartnomasining bekor qilinishi. Yangi Mehnat Kodeksida mustahkamlangan xodim bilan 
tuzilgan  mehnat  shartnomasi  bekor  qilinishi  to’g’risida  xodimni  oldindan  ogohlantirish 
mehnat  shartnomasini  ish  beruvchining  tashabbusi  bilan  bekor  qilishda  muhim  kafolat 
hisoblanadi. Bunday oldindan ogohlantirishning asosiy maqsadi mehnat shartnomasi bekor 
qilinishidan oldin xodimga ma’qul ish izlash imkonini berishdan iborat ekanligidan kelib 
chiqib  MKning  102-moddasi  mehnat  shartnomasini  ish  beruvchining  tashabbusi  bilan 


 
62 
bekor  qilish  haqida  ogohlantirish  muddati  davomida,  mehnat  munosabatlari  xodimning 
aybli  xatti-harakat  sodir  etganligi  munosabati  bilan  bekor  qilish  to’g’risidagi 
ogohlantirishlarni  istisno etganda,  xodimga boshqa  ish qidirish  uchun,  ish  haqi saqlangan 
holda,  haftada  kamida  bir  kun  ishga  chiqmaslik  huquqqini  beradi.  Mehnat  shartnomasini 
ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishning barcha hollarida, aybli harakatlar bilan 
bog’liq  hollaridan  tashqari,  xodimga  kamida  o’rtacha  oylik  ish  haqi  miqdoridan  ishdan 
bo’shatish nafaqasi to’lanishi kerak. 
Tomonlarning kelishuvi bilan mehnat shartnomasini to’xtatish. MK 97-moddasi 1-
bandiga ko’ra, tomonlarning  mehnat shartnomasini to’xtatish to’g’risidagi  istagi  masalan, 
xodimning tegishli arizasi va unga yaqin ya’ni arizaga ish beruvchi imzosi (rezolyutsiyasi) 
shaklida  bo’lishi  mumkin.  Xodimning  o’z  ixtiyori  bilan  mehnat  shartnomasini  to’xtatish 
to’g’risidagi  arizasidan  farqli  ravishda  (ma’lumki,  bu  arizadan  muddao-xodim  mehnat 
shartnomasini  to’xtatish  haqida  ish  beruvchini  xabardor  qiladi  va  bu  o’rinda  xodimning 
niyatiga rad javobi bo’lishi mumkin emas), tomonlar kelishuvi bilan mehnat shartnomasini 
to’xtatish  to’g’risidagi  xodim  arizasida  mazkur  asosga  ko’ra,  mehnat  munosabatlarini 
to’xtatish  imkoniyati  haqidagi  masalaning  ish  beruvchi  tomonidan  ko’rib  chiqilishi 
xususidagi  xodimning  iltimosi  bayon  etiladi.  Bu  holda  ish  beruvchi  xodim  bilan  mehnat 
shartnomasini  to’xtatishga  rozilik  berishi  yoki  uning  iltimosini  qondirmasligi  mumkin. 
Tomonlarning  roziligi  bilan  mehnat  shartnomasini  to’xtatishga  ish  beruvchi  rad  javobi 
berganida,  bu  xodimni  o’z  ixtiyori  bilan  mehnat  munosabatlarini  to’xtatish  huquqini 
mahrum  etmaydi.  Tomonlar  kelishuvi  bilan  mehnat  munosabatlari  to’xtatilayotganida 
mehnat shartnomasini to’xtatishning aniq sanasi ham xodim bilan ish beruvchi o’rtasidagi 
kelishuvga binoan belgilab qo’yiladi. Mehnat shartnomasi tomonlarning kelishuviga ko’ra 
istalgan  vaqtda  to’xtatilishi  mumkin.  Demak,  tomonlar  mehnat  shartnomasini  to’xtatish 
to’g’risida bitimga kelsalar, bu holda shu asosga ko’ra, mehnat munosabatlar bu holda shu 
asosga ko’ra, mehnat munosabatlari xodim vaqtincha mehnatga layoqatsiz bo’lgan davrda, 
u  ta’tilda  (mehnat  ta’tilida,  o’quv  ta’tilida,  homiladorlik  va  ko’zi  yorish  ta’tilida,  yosh 
bolaga qarab  turish  uchun ta’tilda bo’lganida, ish  haqini olmasdan ta’tilga chiqqanida va 
shu  kabi  hollarda)  bo’lganida,  shuningdek,  xodim  ishda  bo’lmagan  boshqa  davrlarda, 
mehnat  munosabatlari  to’xtatilishi  mumkin.  Agar  ko’rib  chiqilayotgan  asosga  ko’ra, 
mehnat  shartnomasi  xodimning  kasalligi  davrida  to’xtalgan  bo’lsa,  bu  holda  xodimga 
tuzalishiga  qada  rvaqtincha  ishga,  layoqatsizligi  uchun  yoki  nogironlik  belgilanganiga 
qadar nafaqa to’lanadi.  
Muddatli mehnat shartnomasini bekor qilish. Muddatli mehnat shartnomasi muddati 
o’tishi  bilan  bekor  qilinishi  mumkin.  Ammo,  bundan  muddatli  shartnomani  faqat  shu 
sababga ko’ra, bekor qilish  mumkin ekanda,  degan  xulosani chiqarmaslik kerak. Mehnat 
kodeksida  noaniq  muddatga  tuzilgan  mehnat  shartnomasi  qanday  asoslarga  ko’ra 
to’xtatilsa,  xuddi  shunday  asoslarga  binoan,  muddatli  mehnat  shartnomasi  ham  bekor 
qilinishi nazarda tutilgan. Muddatli mehnat shartnomasi tomonlarning kelishuviga binoan, 
muddati  tugatishga  qadar  istalgan  vaqtda  bekor  qilinishi  mumkin.  Bundan  tashqari, 
xodimning  tashabbusi  bilan  muddati  tugamasidan  mehnat  munosabatlari  to’xtalishi 
mumkin.  Buning  uchun,  noaniq  muddatga  tuzilgan  mehnat  shartnomasini  to’xtatishda 
bo’lganidek, xodim ish beruvchini ikki hafta ilgari ogohlantirishi kerak. Ish beruvchining 
tashabbusi  bilan  ham  muddatli  mehnat  shartnomasi  muddatidan  ilgari  to’xtatilishi 
mumkin.  Ammo,  qonuniy asoslar  bo’lganidagina  ish  beruvchiga  shunday  huquq  beriladi 
(korxonaning  tarqatib  yuborilishi,  xodimlar  sonining  o’zgarishi,  xodimning  bajarayotgan 
ishga  nomunosibligi,  xodim  mehnat  burchlarini  buzishi  va  shu  kabilar).  Muayyan 
muddatga  yoki  muayyan  ishni  bajarish  vaqti  uchun  tuzilgan  mehnat  shartnomasini 


 
63 
to’xtatishning o’ziga xos xususiyati shundaki, muddati tugashi bilan har ikki tomon, garchi 
bir  tomon  istagiga  qarshi  bo’lsa-da,  mehnat  munosabatlarini  to’xtatishga  haqlidir. 
Shartnoma  muddatining  tugashi  belgilab  olinishi  uchun  turli  variantlardan  foydalanish 
mumkin.  Bular  orasida  eng  oddiysi  shartnoma  tugashining  aniq  sanasini  ko’rsatishdir. 
Masalan,  «1997  yilning  5  iyuliga  qadar».  Ikkinchi  variant  ham  murakkab  emas,  bunda 
xodim  ishga  muayyan  muddatga  qabul  qilinadi.  Masalan,  mehnat  shartnomasi  1996 
yilning 4 yanvarida uch yillik muddat bilan tuziladi. Demak, uning muddati uch yil o’tib, 
xuddi ana shu sanada, ya’ni 1999  yilning 4 yanvarida tugaydi.  Agar  mehnat shartnomasi 
asosiy  xodim  yo’qligida  tuzilgan  bo’lsa,  uning  muddatini  aniqlash  bir  qadar  murakkab 
bo’ladi, chunki ko’pincha uning aniq qaytish vaqtini belgilashning imkoni bo’lmaydi. SHu 
boisdan ham, quyidagilar MKning 105-moddasi uchinchi qismida yozib qo’yilganligi bejiz 
emas:  xodim  yo’qligida  (agar  uning  ish  joyi  va  lavozimi  saqlanib  qolayotgan  bo’lsa) 
mehnat  shartnomasi  mazkur  xodim  ishga  kelgan  kundan  boshlab  to’xtatiladi.  Mehnat 
shartnomasini  bekor  qilish  uchun  MK  105-moddasiga  ko’ra,  xodimlar  kasaba  uyushmasi 
qo’mitasining  yoki  boshqa  vakillik  organining  roziligi  talab  qilinmaydi.  Mehnat 
shartnomasini  beor  qilishda  nafaqa  to’lash  amaldagi qonunda  nazarda  tutilmagan.  Biroq, 
korxonaning  jamoa  shartnomasida  yoki  bevosita  mehnat  shartnomasida  shartnoma 
muddati  tugashi  munosabati  bilan  mehnat  shartnomasini  bekor  qilgan  xodimga  moddiy 
madad berishning turli yo’llari ko’zda tutilgan bo’lishi  mumkin. Mehnat kodeksi muddati 
tugalaganligi  sababli  muddatli  mehnat  shartnomasini  bekor  qilishda  homilador  ayollarga 
va  uch  yoshga  to’lmagan  bolasi  bor  ayollarga  qo’shimcha    kafolatlarni  ko’zda  tutadi. 
Muddati tugaganligi sababli homilador ayollar va uch yoshga to’lmagan bolasi bor ayollar 
bilan  mehnat  shartnomasini  bekor  qilish  ularni  albatta,  ishga  joylashtirish  davrida  bu 
ayollarning  ish  haqi  saqlab  qolinadi,  biroq  bu  mehnat  muddatli  mehnat  shartnomasi 
tugagan  kundan boshlab uch oydan oshmasligi kerak.  
Mehnat  shartnomasining  taraflar,  ietiyoriga  bog’liq  bo’lmagan  holatlar  bo’yicha 
bekor  qilinishi.  MK  106-moddasining  1-bandiga  ko’ra,  xodim  harbiy  yoki  muqobil 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish