O’ziga xos muomala. Bular muomalada ro’yobga chiqadigan his-tuyg’ular va kayfiyatlardir. SHaxs o’zining irodaviy yoki lavozim temperamenti bilan boshqalarni bosib qo’yishi mumkin, bu bilan moslashish lozim bo’lgan xislatlarni namoyish etadi. Ana shunday muomala shakliga ega bo’lgan kishilarni ko’pincha axloqiy xodimlar deishadi. O’ziga xos muomala shakllarining ikki va undan ortiq kishilarda mos kelmasligi mehnat tashkilotida nizoli vaziyatlar kelib chiqishga sabab bo’ladi. Bunday muomala shakllaridan biri spontan (o’z-o’zidan sodir bo’ladigan) muomala bo’lib, u favqulotda, g’ayritabiiy sharoitlarda kuchli his-tuyg’ular ta’sirida vujudga keladigan asoslanmagan muomaladir. Bunday muomala oqibatlari mehnat jarayoniga salbiy ta’sir ko’rsatib xodimlarda salbiy kayfiyatlarni kuchaytiradi, topshiriqlar va farmoyishlarni bajarishdan oshkora yoki yashirin voz kechishga sabab bo’ladi.
G’ayri tuzilmaviy muomala. Bu xodimning maqomli-rolli yo’l-yo’riqlardan, mehnat jarayonining me’yorlari va intizom doiralaridan chetga chiqishdir. Bunday muomalaning g’ayrihuquqiy, ma’muriy-boshqaruv shakllari mavjud bo’lib, ular huquq va vakolatlarni oshirib yuborish, vazifalarni to’g’ridan-to’g’ri bajarmaslik bilan bog’liqdir; disfunktsional muomala kasbiy jihatdan omilkor emaslik; alohida-maqsadli muomala, u o’ta xudbinlik xususiyatiga ega bo’lib, nuqul shaxsiy manfaatlarni amalga oshirishga qaratilgan; guruhiy xudbinlik, yasama muomala, soxta faollik; eski odatlar va an’analarning saqlanib qolishi bilan bog’liq bo’lgan guruhiy va alohiy muomala, ular ma’lum darajada tashabbus, ijodkorlik, novatorlikka to’sqinlik qiladi; assotsiativ odat va mayllarni amalga oshirish bilan bog’liq deviant (chetga chiquvchi) muomala.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Abdurahmonov Q., Bozorov N., Volgin N. va boshqalar «Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi». Toshkent: «O’qituvchi»-2001 yil, 353-363 betlar.
12-mavzuni mustahkamlash uchun test topshiriqlari.
1.Ijtimoiy muomala (xulq-atvor)ning turlari ko’rsatilgan to’g’ri javobni belgilang?
a)mehnat muomalasi
b)normativ muomala
v)ishlab chiqarish muomalasi
g)funktsional muomala
d)barcha javoblar to’g’ri.
2. .. . .. ..- bu ijtimoiy muhitning hosila tarkibiy qismi bo’lib, u harakat qiluvchi shaxslarning sub’yektiv ta’riflari va xatti-harkatlariga qo’shilib ketadi, shuningdek, inson faolligining sub’yektiv omili hisoblanadi.
a) iqtisodiy muomala
b)ijtimoiy muomala
v)tashkiliy muomala
g)devident muomala
d)demografik muomala.
3. .. .. .. –bu vaqt va makonda qat’iy qayd etilgan, ishlab chiqarish tashkilotiga birlashgan odamlar tomonidan amalga oshiraladigan operatsiyalar va funktsiyalarning maqsadga muvofiq qatoridir.
a)ijtimoiy muomala
b)mehnat muomalasi
v)mehnat faoliyati
g)iqtisodiy muomala
d)tashkiliy muomala.
4. .. .. .. –bu ishlab chiqarish tashkilotidagi inson omilining ro’yobga chiqish yo’nalishi va jadalligini ko’rsatuvchi yakka tartibdagi va guruhiy xatti-harkatlardir.
a)mehnat muomalasi
b)mehnat faoliyati
v)mehnat jarayoni
g)mehnat sharoiti
d)mehnat vositalari.
5.Marjinal tushunchasining Lug’aviy ma’nosi nimani bildiradi?
a)qo’shiluvchi
b)moslashuvchi
v)chetda turuvchi
g)o’zgaruvchi
d)takrorlanib turuvchi.
6.Marjinal tushunchasi qaysi tildan olingan?
a)sanskrit tilidan
b)ingliz tilidan
v)yunon tilidan
g)lotin tilidan
d)fors tilidan.
7.Mehnat muomalasini qanday asoslar bo’yicha tabaqalashtirish mumkin?
a)predmet–maqsadli yo’nalish bo’yicha
b)muayyan maqsadga erishishning makon-zamon istiqboli chuqurligi bo’yicha
v)mehnat muomalasi konteksti bo’yicha
g)aniq natijalarga erishish usullari va vositalari bo’yicha
d)barcha javoblar to’g’ri.
8.Mehnat muomalasi qanday omillar ta’sirida shakllanadi?
a)xodimlarning ijtimoiy va kasbiy tavsiflari.
b)ish sharoitlari, mehnatga haq to’lash
v)normalar va qadriyatlar
g)mehnat sabablari tizimi
d)barcha javoblar to’g’ri.
9.Muomalaning qanday turlari mavjud?
a)funktsional va iqtisodiy
b)tashkiliy va ma’muriy
v)stratifikatsiya va ko’nikish-moslashuv
g)tantanali va subordinatsion
d)barcha javoblar to’g’ri.
10.Iqtisodiy muomalaning qanday turlarini ifodalash mumkin?
a)eng ko’p mehnat sarflab, eng ko’p daromad olish
b)eng kam mehnat sarflash, evaziga kafolatlangan daromad olish
v)eng kam mehnat sarflash evaziga eng kam daromad olish
g) a va b javoblari to’g’ri
d)a, b va v javoblari to’g’ri.
11.Iqtisodiy muomalaga qanday omillar ta’sir ko’rsatadi?
a)texnikaviy va tashkiliy omillar
b)ijtimoiy-iqtisodiy va shaxsiy
v)ijtimoiy –psixologik omil
g)ijtimoiy-siyosiy omil
d)barcha javoblar to’g’ri.
12. .. .. .. –bu xodimning kasbiy, mehnat martabasi sohasidagi muomala bo’lib, xodim unda o’zining kasbiy yoki lavozim sohasida yuqori ko’tarilish yo’lini ongli ravishda tanlaydi va uni nisbatan uzoq muddat mobaynida amalga oshiradi.
a)tantanali va subordinatsion muomala
b)stratifikatsiya muomalasi
v)o’ziga xos muomala
g)g’ayri tuzilmaviy muomala
d)tashkiliy va ma’muriy.
13.Qaysi muomala turi xodimning yangi kasbiy maqomlar, vazifalar va texnologik muhit talabalariga moslashuvi jarayonida namoyon bo’ladi?
a)funktsional muomala iqtisodiy muomala
b)iqtisodiy muomala
v)ko’nikish-moslashuv muomalasi
g)o’ziga xos muomala
d)stratifikatsiya muomalasi.
14.O’ziga xos muomala shakliga ega bo’lgan kishilarni qanday xodimlar deyishadi?
a)axloqIy xodimlar
b)mas’uliyatli xodimlar
v)axloqsiz xodimlar
g)tashabbuskor xodimlar
d)shijoatli xodimlar.
15.O’ziga xos muomala shakllaridan biri keltirilgan to’g’ri javobni belgilang?
a)stixiyali
b)statsionar
v)soxta
g)spontan
d)stratifikatsion.
16.Stontan tushunchasining lug’aviy ma’nosi keltirilgan to’g’ri javobni belgilang?
a)o’z-o’zidan sodir bo’ladigan
b)o’z-o’zidan sodir bo’lmaydigan
v)mehnat sharoitiga moslashuv
g)mehnat jarayonlaridan qoniqish
d)mehnatdanbegonalashuv.
17. .. .. – bu xodimning maqomili–rolli yo’l-yo’riqlaridan, mehnat jarayonlarining me’yorlari va intizom doiralaridan chetga chiqishdir.
a)o’ziga xos muomala
b)g’ayri tuzilmaviy muomala
v)funktsional muomala
g)iqtisodiy muomala
d)ko’nikish-moslashuv muomalasi.
18.G’ayri tuzilmaviy muomalaning qanday shakllari mavjud?
a)g’ayrihuquqiy
b) ma’muriy-boshqaruv
v)tashkiliy
g)a va b javoblari to’g’ri
d)a, b va v javoblari to’g’ri.
19.Iqtisodiy muomalaning nechta turini ifodalash mumkin?
a)ikkita
b)uchta
v)to’rtta
g)beshta
d)oltita.
20.Ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishni yaxshilash iqtisodiy muomalaning qaysi omiliga taalluqli?
a)ijtimoiy-iqtisodiy omilga
b)ijtimoiy-psixologik omilga
v)ijtimoiy-siyosiy omilga
g)tashkiliy omilga
d)texnikaviy omilga.
21.Yangi texnika va texnologiyadan foydalanish iqtisodiy muomalaning qaysi omiliga tegishli?
a)shaxsiy omilga
b)tashkiliy omilga
v)texnikaviy omilga
g)ijtimoiy-siyosiy omilga
d)ijtimoiy-psixologik omilga.
22.Mehnat sharoiti, mazmuni, uni normalash va haq to’lash iqtisodiy muomalaning qaysi omiliga kiradi?
a)ijtimoiy-iqtisodiy omilga
b)ijtimoiy-psixologik omilga
v)ijtimoiy-siyosiy omilga
g)shaxsiy omilga
d)tashkiliy omilga.
23.Muomalaning nechta turi mavjud?
a)to’rtta
b)beshta
v)oltita
g)yettita
d)sakkizta.
24.Mehnat faoliyat va mehnat muomalasi ijtimoiy muomalasining .. .. .. hisoblanadi.
a)vositalari
b)omillari
v)usullari
g)turlari
d)ko’rinishlari.
25.Jamoadagi axloqiy-psixologik iqlim, mehnatdan qoniqish hosil qilish iqtisodiy muomalaning qaysi omiliga tegishli?
a)ijtimoiy-siyosiy omilga
b)ijtimoiy-psixologik
v)ijtimoiy-iqtisodiy omilga
g)tashkiliy omilga
d)texnikaviy omilga.
Do'stlaringiz bilan baham: |